65
nodir duragaylar olish hamda ular ustida chuqur
tadqiqotlar olib borish
hisoblanadi. Chunki hozirgacha yovvoyi va yarim yovvoyi turlardan amaliy
seleksiya jarayonlarida kam qoʻllanilgan. Bunga asosiy sabablar sifatida
ularning qiyin chatishishi, koʻpincha pushtsiz avlodlar hosil boʻlishi va morfo-
xoʻjalik belgilar boʻyicha ajralish jarayonining uzoq davom etishidir.
Turlararo
oddiy va murakkab duragaylash, xususan koʻrsatib oʻtilgan
muammolarni hal qilish yuzasidan “Gʻoʻzaning eksperimental poliploidiyasi va
filogeniyasi” laboratoriyasida uzoq yillardan beri ilmiy izlanishlar olib borilib,
turli genomli turlarni va turichi xilma-xilliklarini oʻzaro duragaylash asosida,
introgressiv shakllar, tizmalar va navlar olingan.
Ushbu izlanishlar esa
yuqoridagilarning uzluksiz davomi boʻlib, gʻoʻzaning
G.hirsutum va
G.barbadense turichi xilma-xilliklarini
G.mustelinum yovvoyi turi bilan
chatishtirilib olingan F
1
murakkab turlararo duragaylarda ayrim morfologik
belgilarning shakllanishi tahlil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: