Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги


-расм. Қизилмия еритмаси тасиридаги ҳайвонлар олинган


Download 2.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/146
Sana23.07.2023
Hajmi2.39 Mb.
#1661948
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146
Bog'liq
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)

 
1-расм. Қизилмия еритмаси тасиридаги ҳайвонлар олинган 
лейқоцетлар сони. 
Эслатма:
* – 1-группага нисбатан аниқ фарқ;
** – 2- группага нисбатан аниқ фарқ;
Хулоса: Биз тажрибамиз давомида сичқонларда иккиламчи 


76 
иммунтанқислик ҳолатни тўгри чақирганмиз ва сичқонларнинг иммун 
системаси кучсизланганлигини кузатдик ва қизилмия еритмасини 
юбордик шу қаторда тимолин биостимулятрдан ҳам фойдаландик. 
Сичқонлар қони таркибидаги лейкоцетлар сонидан ҳам кўришимиз 
мумкинки назорат сичқонларга қараганда ўсма ҳужайраси юборилган 
гуруҳдаги сичқонлар қонида лейкоцетлар сонингинг 1.5 мартага 
камайганини кузатдик ва қизилмия еритмасининг 0.01% ли еритмасида 
лейкоцетлар сони назорат сичқонларга яқинлиги аниқладик. 
 
TOKSIK MODDALARNING METGEMOGLOBINEMIYAGA OLIB 
KELISHI 
Kudeshova G.T., Murodova N.B. 
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus. 
Metgemoglobinemiya - qonda metgemoglobin (MetHb) miqdorining 
oshishi bilan tavsiflangan kam uchraydigan gematologik kasallik hisoblanib, 
MetHb umumiy gemoglobin miqdorining 1-2% dan ortiq boʻlgan holatni 
anglatadi [4; 6]. Toksik methemoglobinemiya ham ekzogen omillar (kimyoviy 
avariyalar, falokatlar) ham endogen (endotoksikoz) natijasida rivojlanishi 
mumkin. Ayrim toksik moddalar MetHb va sul’fatgemoglobin hosil boʻlishiga 
olib keladi. Bunday vaziyatda gemoglobin tarkibidagi ikki valentli temir uch 
valentli temirga aylanib, kislorod transportida ishtirok etolmaydi [1; 2; 3]. 
Eritrotsitlar toksik parchalanishining toksik allergik tomir ichidagi gemolizi 
boʻlib, unda toksik moddalar eritrocitlarning strukturasini oʻzgartirib, ularni 
organizm uchun antigen xususiyatli tanachalarga aylantiradi. Natijada 
antieritotsitlar tanachalar hosil boʻlib, oʻz eritrostitlarini parchalaydi. Koʻpincha 
toksik allergik gemoliz ayrim oʻsimlik va kimyoviy birikmalar, ilon va 
hashoratlar zahari taʻsirida paydo boʻladi. Bundan tashqari, koʻplab dorilar 
(nitrofuran seriyasidagi antibiotiklar, ampitsillin, gentamitsin, benzokain, 
lidokain va boshqalar) qoʻllanganda qonda MetHb darajasining oshishiga olib 
keladi [2; 6]. 
Ishning maqsadi toksik moddalarning qizil qon koʻrsatkichlariga 
ta’sirini oʻrganishdan iborat. Oʻtkir toksik metgemoglobinemiyani keltirib 
chiqarish uchun 30 kunlik kalamushlarga bir marotaba qorin boʻshligʻiga 80 
mg/kg fenilgidrazin gidroxlorid va 25 mg/kg qoʻrgʻoshin atsetatlar yuboridi. 
Qon koʻrsatkichlar preparatlar yuborilgandan keyin 24 soat oʻtishi bilan 
tekshirildi.
Qonda metgemoglobin (MetHb) miqdori N.V.Revnova usuli bilan 
aniqlandi [7]. 
Statistik maʻlumotlarni qayta ishlash Microsoft Office Excel dasturi 


77 
yordamida amalga oshirildi. 
Organizmda metgemoglobinemiyani kelib chiqqanligini koʻrsatuvchi 
belgilar – eritrotsitlar soni, gemoglobin miqdori toksik moddalarning bir 
marotabali in’eksiyasidan keyin qizil qonda kuzatilgan oʻzgarishlar keltirildi. 
Kuzatuvimizda fenilgidrazin gidroxlorid bir martoba inneksiya 
qilingandan soʻng eritrositlar soni 21,4% ga, qoʻrgʻoshin atsetatni hayvonlarga 
bir martoba inneksiya qilıngandan soʻng eritrositlar soni 16,9% ga statistik 
jihatdan 
nazoratga 
nisbatan 
oshdi. 
Fenilgidrazin 
gidroxloridli 
metgemoglobinemiyada gemoglobin miqdori 16,9% ga, qoʻrgʻoshin asetatlı 
metgemoglobinemiyada gemoglobin miqdori 18, 8% ga, fenilgidrazin 
gidroxlorid inneksiyasidan soʻng metgemoglobinning miqdori tajriba 
guruhindagi hayvonlarda nazorat guruhidagi hayvonlarga nisbatan 4,2 barobar, 
qoʻrgʻoshin asetatli metgemoglobinemiyada boʻlsa, metgemoglobinning 
miqdori nazorat guruhidagi hayvonlarga nisbatan 3,5 barobar ortadi. 
Shunday qilib, fenilgidrazin gidroxlorid va qoʻrgʻoshin atsetatlarda 
metgemoglobinemiyani keltirib chiqaradi. Bunday holatda eritrositlarning soni 
gemoglobin va metgemoglobinlarning miqdori nazoratga nisbatan statistik 
jihattan oshdi. 
Demak, toksikantlarni bir martotaba toksik dozada innekciya etilganda 
metgemoglobinning ortishi statistik jihatdan meʻyor kattaliklarining yuqori 
chegarasida kuzatildi va qizil qon koʻrsatkichlarining patologik tomonga 
siljishiga olib keldi. Fenilgidrazin gidroxlorid, qoʻrgʻoshin atsetatlarning 
ińekciyasi taʻsirida eritrotsitlar soni, gemoglobin hamda metgemoglobin 
miqdorining ortishi bilan yoritilgan oʻzgarishlar kimyoviy stressning taʻsirini 
susaytirishiga qaratilgan adaptatsion - kompensator reaktsiyasi hisoblanadi [5].

Download 2.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling