Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги
TALABA-YOSHLAR ORGANIZMINING ADAPTIV
Download 2.39 Mb. Pdf ko'rish
|
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)
TALABA-YOSHLAR ORGANIZMINING ADAPTIV
IMKONIYATLARINI O‘RGANISHGA DOIR Kurbanov Sh. K., Dustov K. T. Qarshi davlat universiteti, Qarshi. abdulaziz.qurbonov@qarshidu.uz Ma’lumki, talaba yoshlar salomatligiga qator omillar ta’sir qilib, ular orasida nosog‘lom ovqatlanish va o‘quv yuklamalar hamda shularga bog‘liq turli stresslar alohida o‘rin tutadi. Aqliy va jismoniy yuklamalar adaptiv imkoniyatlari to‘liq shakllanmagan yoshlar organizmiga davomli stressor omil sifatida ta’sir qilishi mumkin (1, 2). Atrof-muhitning noqulay ta’sirlari ostida bo‘lgan organizmda gomestazning ta’minlanishi, birinchi navbatda, moddalar va energiya almashinuvi, qo‘zg‘aluvchanlik, periferik a’zolar faoliyatini boshqarishda yetakchi o‘rin tutadigan vegetativ nerv tizimining funksional imkoniyatlari bilan bog‘liq (3). Organizmga davomli stressor omillar boshqaruv tizimlarning funksional imkoniyatlariga ta’sir etishi va uning adaptatsion rezervlarini o‘zgartirishi tabiiy hol (4). Jismoniy yuklamalar adaptatsiya omili sifatida ekstremal holatlarda organizmning moslashuvchanligi oshishiga imkoniyat yaratadi, ya’ni sressga qarshi kuchini oshiradi. Shunga ko‘ra, talaba yoshlar organizmining adaptiv imkoniyatlarini o‘rganish ularning o‘quv faoliyati bilan bog‘liq yuklamalarga nisbatan bardoshliligini aniqlashga imkon beradi. Qarshi davlat universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarda sport bilan shug‘ullanadigan va shug‘ullanmaydigan talaba yoshlar organizmining funksional holati kardiorespirator tizim ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida baholandi. Bunda tashqi nafas ko‘rsatkichlari tinch holatda va jismoniy yuklamadan keyingi sharoitlarda (Garvard step-testi yordamida) tekshirildi. Olingan natijalar davomida muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan sportchi talabalarda nafas olish tizimining funksional ko‘rsatkichlari ular uchun belgilangan meyor darajasida saqlanganligi aniqlandi. Tekshiruvlar sport bilan shug‘ullanmaydigan talaba yoshlarda nafas olish tizimining funksional ko‘rsatkichlari qoniqarli darajadagi moslashuvchanlik holatida ekanligi ko‘rsatdi. Ularda boshqaruv tizimlarining funksional imkoniyati yetarli darajada saqlanib qolgan bo‘lsada, respirator tizimning rezerv imkoniyatlari birmuncha pasaygan. Bu holat ularning o‘quv faoliyatida noqulay omillar ta’siriga chidamliligini hamda jadal aqliy va jismoniy ish qilishi uchun organizmning zarur funksional imkoniyatlari yuzaga chiqarilishini ta’minlab bermasligi mumkin (1). O‘tkazilgan tadqiqotlar talabalar organizmining o‘quv yuklamalarga 81 moslashishini o‘rganishni keng ko‘lamda olib borish va natijalarni fiziologik jihatdan chuqurroq tahlil qilish dolzarb masala ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu sohadagi tekshirishlar ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq muayyan muammolarning hal qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Download 2.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling