Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги


BEDANALARNING BIOLOGIK XUSUSIYATI VA MAHSULDORLIK


Download 2.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/146
Sana23.07.2023
Hajmi2.39 Mb.
#1661948
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   146
Bog'liq
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)

 
BEDANALARNING BIOLOGIK XUSUSIYATI VA MAHSULDORLIK 
KO’RSATGICHLARI. 
Mamarizayeva N.Z. 
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti, Samarqand. 
mnznargiza02.07@gmail.com
 
Annotatsiya: Hozirgi kunda parrandachilik mahsulotlari turlarini 


90 
kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Parrandachilik sanoatida an’anaviy 
bo’lmagan parranda turlarining ulushi keskin ortdi.Bu borada bedanachilik 
yetakchi o’rinni egallagan. Bedanalar boshqa qishloq xo’jaligi qushlariga 
qaraganda o’ziga xos iqtisodiy va mahsuldorlik afzalliklariga ega- yuqori tana 
harorati, organizmda intensiv metabolizm, kichik hajm, erta tug’ilish, yuqori 
tuxum mahsuldorligi. 
Kalit so’zlar: parrandachilik,bedana tuxumi, parxezbop go’sht, 
vitaminlar, mikroelementlar. 
Parrandachilikda ancha istiqbolli va nisbatan yosh yo’nalish 
bedanachilikdir (G.Bogdanov, 1990; V. Agafonychev, 2011). Bedanalar deyarli 
yuqumli kasalliklardan aziyat chekmaydi. Germaniya, Yugaslaviya, Fransiya, 
Angliya, Italiya, Kanadada bedana mahsulotlari shunchalik qadrlanadiki u yerda 
o’z mahsulotlarini yetishtirish uchun maxsus fermer xo’jaliklari tashkil etilgan 
[1]. O’zbekistonda ham bedana mahsulotlariga talab ortib bormoqda va 
parrandaning ushbu turini yetishtirish bo’yicha fermer xo’jaliklari soni sezilarli 
darajada oshgan. Bedanalarning intinsiv o’sishi maydon birligidan ko’p 
miqdorda mahsulot olish imkonini beradi, bu esa tovuqlar bilan 
raqobatlashishga, shuningdek ulardan yuqori to’yimli, parxezbop go’sht va 
tuxum olishda foydalanish imkonini beradi. 
Insonning ovqatlanishida eng muhim ozuqa komponenti hayvonlarga oid 
bo‘lgan oqsil moddasi hisoblanadi. Bedana go‘shti va tuxumida nafaqat 
organizm uchun zarur bo‘lgan qimmatli oqsil moddasi, balki inson uchun 
foydali bo‘lgan muvozanatlashgan boshqa kerakli moddalar ham mavjud. 
Tarixda inson bedanani to‘liq qo‘lga o‘rgatishning uddasidan chiqa olmagan
shuning uchun bedanalar yarim yovvoyi hisoblanadi.Insonning to'g'ri 
ovqatlanishi uning salomatligi garovidir. Afsuski, barcha oziq-ovqatlar 
mahsulotlati ham tanamizni zarur ozuqa moddalari bilan ta'minlay olmaydi va 
biz bu yetishmovchilikni turli dori vositalari yordamida qoplashimiz mumkin. 
Bedana tuxumi organizm o’sib-rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ko’plab oziq 
moddalarni o’z ichiga oladi (1-jadval). Tarkibidagi vitaminlar va minerallar 
miqdoriga ko'ra tovuqnikidan kam emas, aksincha, 2-3 barobar ko'proq mis, 
ko'plab aminokislotalar, temir, kobalt, A, P, K, B guruhlari vitaminlari mavjud.
Bedana tuxumi kattalar va bolalarda uchraydigan turli kasalliklarini oldini 
olish va davolash uchun ishlatiladigan qimmatli oziq-ovqat mahsuloti. Ularda
antibakterial, antitumor va immunomodulyator xususiyatlari bor.[1]. 
Bedana yetishtirish juda foydali parrandachilik tarmog’idir, chunki bedana 
tuxumini ishlab chiqarish tovuq tuxumiga qaraganda arzonroqdir ( Bezuglaya, 
Ponomarev va boshqalar, 1988). Tuxum ishlab chiqarishdan tashqari, bedanalar 
yaxshi go’sht mahsuldorligiga ega. Bedana go’shti tarkibidagi inson uchun 
zarur bo’lgan konsentrlangan biologik oziq moddalar to’plami kiradi. Shu 


91 
sababli u shifobaxsh va parxezlik xususiyatiga ega. Bedana go’shti ishlab 
chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko’p jihatdan parrandalarni boqishning 
optimal davri bilan belgilanadi. Agar o’stirish va oziqlantirishning aniq 
texnologik jarayonlariga rioya qilinsa, bedana bir oydan keyin tuxum qo’yishni 
boshlaydi va har biri yiliga 280-300 dan ortiq tuxum beradi. Urg'ochi 
bedanalarning vazni o'rtacha 175 gr keladi va yiliga 2,5 kg tuxum massasini 
beradi. Bu o'z vaznidan 24 marta ko'p degani
[2].

Download 2.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling