АLLOKSАN DIАBET SHАROITIDА JIGАR MITOXONDRIYASI
DISFUNKSIYASIGAGIPOLAETIN-8-GLYUKOZIDFLАVONOIDINING
TА’SIRI
Kurbanova N.B.
1
, Аsrarov M.I.
2
, Pozilov M.K.
1
1
O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent sh.
2
M. Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va
biokimyo institute
mamurjon2281@mail.ru
Аntidiabetik preparatlar oshqozon osti bezi β-hujayralaridan insulinning
sekretsiyasini stimullashi hamda insulin-sezuvchi to’qimalarning hujayra
membranalarini gormonni sezuvchanligini oshirishi bilan ta’sir qilishi mumkin.
Gipoglikemik
preparatlarning
diabet
sharoitida
jigar
mitoxondriyasi
funktsiyalariga taʼsiri yetarlicha oʼrganilmagan. Diabet sharoitida toʼqima va
hujayralarda boʼladigan buzilishlarni oʼsimliklardan ajratib olingan flavonoidlar
yordamida korrektsiyalash muhim ahamiyatga ega. Gipolaetin-8-glyukozid
flavonoidi kuchli antioksidant birikma boʼlib, diabet sharoitida kalamush jigari
mitoxondriyasi lipidlarining perekisli oksidlanish (LPO) intensivligiga taʼsiri
oʼrganilmagan.
Tadqiqotning maqsadiаlloksan diabet sharoitida gipolaetin-8-glyukozid
flavnoidining kalamush jigari mitoxondriyasi LPO jarayoniga taʼsirini rutin
flavnoidi bilan qiyosiy oʼrganishdan iborat.
Tadqiqot usullari. Tajribalar zotsiz erkak oq kalamushlarda olib borildi.
Tajriba hayvonlari IV guruhga ajratildi. Diabet modeli alloksan (150 mg/kg)
yordamida chaqirildi. Kalamushlarga alloksan inʼektsiya qilingandan keyin, 12
kun oʼtib, qonda glyukoza miqdori 11 mmol/l dan oshgandan soʼng, sutkasiga
bir marta II guruh hayvonlariga 0,2 ml 0,9% li NaCl eritmasidan, tajribaning III
guruhiga gipolaetin-8-glyukozid flavonoididan 10,0 mg/kg va IV guruhiga esa
rutin flavonoididan 20 mg/kg miqdorida 10 kun mobaynida ogʼiz orqali (per.
os) yuborildi. Mitoxondriya membranasida LPO jarayonini oʼrganish uchun
tajribalarda Fe
2+
/sitrat tizimidan foydalanildi va mitoxondriya bo’kishi
fotometrik usulda aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |