Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги
-расм. Қизилмия еритмаси тасиридаги ҳайвонлар олинган
Download 2.39 Mb. Pdf ko'rish
|
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ** – 2- группага нисбатан аниқ фарқ; Хулоса
1-расм. Қизилмия еритмаси тасиридаги ҳайвонлар олинган лейқоцетлар сони. Эслатма: * – 1-группага нисбатан аниқ фарқ; ** – 2- группага нисбатан аниқ фарқ; Хулоса: Биз тажрибамиз давомида сичқонларда иккиламчи 76 иммунтанқислик ҳолатни тўгри чақирганмиз ва сичқонларнинг иммун системаси кучсизланганлигини кузатдик ва қизилмия еритмасини юбордик шу қаторда тимолин биостимулятрдан ҳам фойдаландик. Сичқонлар қони таркибидаги лейкоцетлар сонидан ҳам кўришимиз мумкинки назорат сичқонларга қараганда ўсма ҳужайраси юборилган гуруҳдаги сичқонлар қонида лейкоцетлар сонингинг 1.5 мартага камайганини кузатдик ва қизилмия еритмасининг 0.01% ли еритмасида лейкоцетлар сони назорат сичқонларга яқинлиги аниқладик. TOKSIK MODDALARNING METGEMOGLOBINEMIYAGA OLIB KELISHI Kudeshova G.T., Murodova N.B. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus. Metgemoglobinemiya - qonda metgemoglobin (MetHb) miqdorining oshishi bilan tavsiflangan kam uchraydigan gematologik kasallik hisoblanib, MetHb umumiy gemoglobin miqdorining 1-2% dan ortiq boʻlgan holatni anglatadi [4; 6]. Toksik methemoglobinemiya ham ekzogen omillar (kimyoviy avariyalar, falokatlar) ham endogen (endotoksikoz) natijasida rivojlanishi mumkin. Ayrim toksik moddalar MetHb va sul’fatgemoglobin hosil boʻlishiga olib keladi. Bunday vaziyatda gemoglobin tarkibidagi ikki valentli temir uch valentli temirga aylanib, kislorod transportida ishtirok etolmaydi [1; 2; 3]. Eritrotsitlar toksik parchalanishining toksik allergik tomir ichidagi gemolizi boʻlib, unda toksik moddalar eritrocitlarning strukturasini oʻzgartirib, ularni organizm uchun antigen xususiyatli tanachalarga aylantiradi. Natijada antieritotsitlar tanachalar hosil boʻlib, oʻz eritrostitlarini parchalaydi. Koʻpincha toksik allergik gemoliz ayrim oʻsimlik va kimyoviy birikmalar, ilon va hashoratlar zahari taʻsirida paydo boʻladi. Bundan tashqari, koʻplab dorilar (nitrofuran seriyasidagi antibiotiklar, ampitsillin, gentamitsin, benzokain, lidokain va boshqalar) qoʻllanganda qonda MetHb darajasining oshishiga olib keladi [2; 6]. Ishning maqsadi toksik moddalarning qizil qon koʻrsatkichlariga ta’sirini oʻrganishdan iborat. Oʻtkir toksik metgemoglobinemiyani keltirib chiqarish uchun 30 kunlik kalamushlarga bir marotaba qorin boʻshligʻiga 80 mg/kg fenilgidrazin gidroxlorid va 25 mg/kg qoʻrgʻoshin atsetatlar yuboridi. Qon koʻrsatkichlar preparatlar yuborilgandan keyin 24 soat oʻtishi bilan tekshirildi. Qonda metgemoglobin (MetHb) miqdori N.V.Revnova usuli bilan aniqlandi [7]. Statistik maʻlumotlarni qayta ishlash Microsoft Office Excel dasturi 77 yordamida amalga oshirildi. Organizmda metgemoglobinemiyani kelib chiqqanligini koʻrsatuvchi belgilar – eritrotsitlar soni, gemoglobin miqdori toksik moddalarning bir marotabali in’eksiyasidan keyin qizil qonda kuzatilgan oʻzgarishlar keltirildi. Kuzatuvimizda fenilgidrazin gidroxlorid bir martoba inneksiya qilingandan soʻng eritrositlar soni 21,4% ga, qoʻrgʻoshin atsetatni hayvonlarga bir martoba inneksiya qilıngandan soʻng eritrositlar soni 16,9% ga statistik jihatdan nazoratga nisbatan oshdi. Fenilgidrazin gidroxloridli metgemoglobinemiyada gemoglobin miqdori 16,9% ga, qoʻrgʻoshin asetatlı metgemoglobinemiyada gemoglobin miqdori 18, 8% ga, fenilgidrazin gidroxlorid inneksiyasidan soʻng metgemoglobinning miqdori tajriba guruhindagi hayvonlarda nazorat guruhidagi hayvonlarga nisbatan 4,2 barobar, qoʻrgʻoshin asetatli metgemoglobinemiyada boʻlsa, metgemoglobinning miqdori nazorat guruhidagi hayvonlarga nisbatan 3,5 barobar ortadi. Shunday qilib, fenilgidrazin gidroxlorid va qoʻrgʻoshin atsetatlarda metgemoglobinemiyani keltirib chiqaradi. Bunday holatda eritrositlarning soni gemoglobin va metgemoglobinlarning miqdori nazoratga nisbatan statistik jihattan oshdi. Demak, toksikantlarni bir martotaba toksik dozada innekciya etilganda metgemoglobinning ortishi statistik jihatdan meʻyor kattaliklarining yuqori chegarasida kuzatildi va qizil qon koʻrsatkichlarining patologik tomonga siljishiga olib keldi. Fenilgidrazin gidroxlorid, qoʻrgʻoshin atsetatlarning ińekciyasi taʻsirida eritrotsitlar soni, gemoglobin hamda metgemoglobin miqdorining ortishi bilan yoritilgan oʻzgarishlar kimyoviy stressning taʻsirini susaytirishiga qaratilgan adaptatsion - kompensator reaktsiyasi hisoblanadi [5]. Download 2.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling