Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги


TALABA-YOSHLAR ORGANIZMINING ADAPTIV


Download 2.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/146
Sana23.07.2023
Hajmi2.39 Mb.
#1661948
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146
Bog'liq
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)

TALABA-YOSHLAR ORGANIZMINING ADAPTIV 
IMKONIYATLARINI O‘RGANISHGA DOIR 
Kurbanov Sh. K., Dustov K. T. 
Qarshi davlat universiteti, Qarshi. 
abdulaziz.qurbonov@qarshidu.uz
  
Ma’lumki, talaba yoshlar salomatligiga qator omillar ta’sir qilib, ular 
orasida nosog‘lom ovqatlanish va o‘quv yuklamalar hamda shularga bog‘liq 
turli stresslar alohida o‘rin tutadi. Aqliy va jismoniy yuklamalar adaptiv 
imkoniyatlari to‘liq shakllanmagan yoshlar organizmiga davomli stressor omil 
sifatida ta’sir qilishi mumkin (1, 2). 
Atrof-muhitning 
noqulay ta’sirlari ostida bo‘lgan organizmda 
gomestazning ta’minlanishi, birinchi navbatda, moddalar va energiya 
almashinuvi, qo‘zg‘aluvchanlik, periferik a’zolar faoliyatini boshqarishda 
yetakchi o‘rin tutadigan vegetativ nerv tizimining funksional imkoniyatlari bilan 
bog‘liq (3). 
Organizmga davomli stressor omillar boshqaruv tizimlarning funksional 
imkoniyatlariga ta’sir etishi va uning adaptatsion rezervlarini o‘zgartirishi tabiiy 
hol (4). 
Jismoniy yuklamalar adaptatsiya omili sifatida ekstremal holatlarda 
organizmning moslashuvchanligi oshishiga imkoniyat yaratadi, ya’ni sressga 
qarshi kuchini oshiradi. Shunga ko‘ra, talaba yoshlar organizmining adaptiv 
imkoniyatlarini o‘rganish ularning o‘quv faoliyati bilan bog‘liq yuklamalarga 
nisbatan bardoshliligini aniqlashga imkon beradi. 
Qarshi davlat universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarda sport bilan 
shug‘ullanadigan va shug‘ullanmaydigan talaba yoshlar organizmining 
funksional holati kardiorespirator tizim ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida 
baholandi. Bunda tashqi nafas ko‘rsatkichlari tinch holatda va jismoniy 
yuklamadan keyingi sharoitlarda (Garvard step-testi yordamida) tekshirildi. 
Olingan natijalar davomida muntazam jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullanadigan sportchi talabalarda nafas olish tizimining funksional 
ko‘rsatkichlari ular uchun belgilangan meyor darajasida saqlanganligi aniqlandi. 
Tekshiruvlar sport bilan shug‘ullanmaydigan talaba yoshlarda nafas olish 
tizimining funksional ko‘rsatkichlari qoniqarli darajadagi moslashuvchanlik 
holatida ekanligi ko‘rsatdi. Ularda boshqaruv tizimlarining funksional 
imkoniyati yetarli darajada saqlanib qolgan bo‘lsada, respirator tizimning rezerv 
imkoniyatlari birmuncha pasaygan. Bu holat ularning o‘quv faoliyatida noqulay 
omillar ta’siriga chidamliligini hamda jadal aqliy va jismoniy ish qilishi uchun 
organizmning zarur funksional imkoniyatlari yuzaga chiqarilishini ta’minlab 
bermasligi mumkin (1). 
O‘tkazilgan tadqiqotlar talabalar organizmining o‘quv yuklamalarga 


81 
moslashishini o‘rganishni keng ko‘lamda olib borish va natijalarni fiziologik 
jihatdan chuqurroq tahlil qilish dolzarb masala ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu 
sohadagi tekshirishlar ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq muayyan muammolarning hal 
qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 2.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling