Asosiy ko‘rsatkichlar: 2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, “Trastbank” XAB jami aktivlari 6923,79 mlrd.so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1990,06 mlrd. so‘mga yoki 29,72 %ga oshgan, shu jumladan daromad keltiruvchi aktivlar 4313,21 mlrd. so‘mni yoki aktivlarning 64,5 %ni tashkil etdi.
1-rasm. Trastbankning 2019-2021 yillardagiasosiyko‘rsatkichlari1
2023 yil 1 yanvar holatiga Bankning jami majburiyatlari 5819,57mlrd. so‘mni tashkil etdi. Jami o’z shaxsiy kapitali esa 1104,22mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2023 yilning 1 yanvar holatiga Bankning aksiyadorlik kapitali 361,961 mlrd.so‘mni tashkil qildi.
2022 yilda Bank daromadining umumiy miqdori 725,721 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga (92,5 mlrd.so‘m) nisbatan 112,74%ga oshgan va Bank sof foydasi 433,576 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
mlrd. so‘mda
2-rasm. Trastbankning 2019-2021 yillarda olingan daromad va sof foyda ko‘rsatkichlari2
Kapital monandligi ko‘rsatkichlari: 2023 yilning 1 yanvar holatiga Bankning kapital monandligi ko‘rsatkichi 16,5%ni, birinchi darajali kapital monandligi ko‘rsatkichi 12,4 %ni (O‘zRMB tomonidan belgilangan me'yor 10%), birinchi darajali asosiy kapital monandligi ko‘rsatkichi 12,4 %ni (O‘zRMB tomonidan belgilangan me'yor 8%), leveraj ko‘rsatkichi 9,3%ni tashkil etdi.
Likvidlik ko‘rsatkichlari: Bank kapitalining yetarlilik me'yorlari barchasi bajarilib kelinmoqda, hamda 2022 yilning 1 yanvar holatiga likvidlik me'yorlari barcha talablarga javob bermoqda, xususan joriy likvidlik me'yori 53,2 %ni (O‘zRMB tomonidan belgilangan me'yor 30%), lahzali likvidlik me'yori 29,7 %ni (O‘zRMB tomonidan belgilangan me'yor 10%), likvidlikni qoplash me'yori 164,8% ni (O‘zRMB tomonidan belgilangan me'yor 100%) va sof barqaror moliyalashtirish me'yori 119,1 %ni (O‘zRMB tomonidan belgilangan me'yor 100%) tashkil etdi.
Bir qarz oluvchiga yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori: 2023 yilning 1 yanvar holatiga bir qarz oluvchiga yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori 23,1 %ni (O‘zRMB tomonidan belgilangan me'yor 25%), barcha yirik aktivlarning tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori 201,6 %ni (O‘zRMB tomonidan belgilangan me'yor 800%).
2023 yilning 1 yanvar holatiga bankning aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori 9,3 %ni (O‘zRMB tomonidan belgilangan me'yor 25%).
Do'stlaringiz bilan baham: |