Ўзбекистон республикаси олий таълим, фан ва инноватсиялар вазирлиги тошкент давлат иқтисодиёт университети
Download 407.77 Kb.
|
trastbank
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul muomalasi bo‘yicha
- Kredit tavakkalchiliklari bo‘yicha
Bankning reyting darajasi:O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshchiligida Respublika bank tizimini barqarorligini ta'minlash maqsadida halqaro mezonlar va standartlarga asoslangan banklar reyting ko‘rsatkichlarini baholash tizimi joriy etilgan.
2022 yilning dekabr oyida “Axbor reyting” milliy reyting agentligi tomonidan, "Trastbank" XAB bo‘yicha liderlik pozisiyasi mavqeini UzA + (barqaror) reytingi saqlab qolinganligini tasdiqladi, undan tashqari 2019 yilning 24 dekabrda “Fitch Ratings” xalqaro agentligi tomonidan B (barqaror) reyting darajasi qayta tasdiqlangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Markaziy banki qarorlarini bajarish, bankning 2021 yil faoliyati bo‘yicha yuqori reyting bahosini olish maqsadida “Fitch Ratings” xalqaro reyting kompaniyasi bilan o‘z ish faoliyatida hamkorlikni davom ettirmoqda. Pul muomalasi bo‘yicha:"Trastbank" XABda 2023 yil 1yanvar' holatiga bank kassalariga jami 3 194,8 mlrd.so‘m, shundan joriy yilning oktyabr oyida 451,1 mlrd. so‘m miqdorida naqd pul mablag‘lari jalb qilindi. Shu jumladan, bank va mijozlar o‘rtasida naqd pul tushumlarini mustaqil ravishda olib kelib topshirish uchun imzolangan shartnomalarga muvofiq, joriy yilning oktyabr' oyida mustaqil ravishda mijozlar mustaqil o‘zlari olib kelib topshirgan naqd pullar miqdori 175,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 30,1 mlrd so‘mga oshdi. “Trastbank” XA banki Jizzax filialida hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish usullari bilan tanishish. “Trastbank” XA banki Jizzax filialida 1- va 2- kartotekalarni hisobga olish va yuritish tartibini o’rganish. Yil boshiga bank filiallari tomonidan o‘rnatilgan bankomatlardan jami 557,8 mlrd.so‘m naqd pul yechilgan, shundan oktyabr' oyida ushbu harajatlar 67,4 mlrd.so‘mni tashkil qilgan. Kredit tavakkalchiliklari bo‘yicha: Bankning 2023 yil 1 yanvar holatiga kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 2 738,0 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Kreditlarning 53,7 foizi yoki 1469,2 mlrd. so‘mi ko‘chmas mulklar, 23,7 foizi yoki 649,6 mlrd. so‘mi uchinchi shaxslarning kafilliklari, 9,0 foizi yoki 247,2 mlrd. so‘mi sug‘urta polisi, 7,5 foizi yoki 204,1 mlrd. so‘mi transport vositalari, 0,8 foizi yoki 23,2 mlrd. so‘mi asbob-uskunalar va 5,3 foizi yoki 144,7 mlrd. so‘mi boshqa ta’minotlar asosida ajratilgan. Shuningdek, bank kredit portfelining 75,4 foizi xususiy xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga, 16,5 foizi jismoniy shaxslarga, 4,2 foizi xorijiy va qo‘shma korxonalarga, 1,9 foizi davlat tashkilotlariga va 2,0 foizi boshqa tashkilotlarga ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Kreditlarning 39,7 foizi yoki 1086,3 mlrd. so‘mi savdo va umumiy ovqatlanish, 17,5 foizi yoki 478,8 mlrd. so‘mi sanoat, 7,4 foizi yoki 203,5 mlrd. so‘mi qurilish, 1,5 foizi yoki 42,1 mlrd. so‘mi qishloq xo‘jaligi, 0,1 foizi yoki 3,1 mlrd. so‘mi transport va kommunikasiya, 0,5 foizi yoki 13,6 mlrd. so‘mi moddiy-texnik ta’minot hamda 33,3 foizi yoki 910,5 mlrd. so‘mi iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa sohalariga ajratilgan kreditlar tashkil qiladi. Kredit portfelining 79,8 foizini yoki 2 185,2 mlrd. so‘mini milliy valyutada ajratilgan kreditlar, 20,2 foizini yoki 552,9 mlrd. so‘mini esa xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarni tashkil etadi. Jumladan, milliy valyutada berilgan kreditlarning jismoniy shaxslar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkasi o‘rtacha 8,5 foizni, tijorat foiz stavkasi o‘rtacha 23,9 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 4,7 va 21,8 foizlarni tashkil qilgan hamda xorijiy valyutada kreditlar o‘rtacha 8,2 foiz miqdorida ajratilgan. Kredit portfelining 0,02 foizi yoki 0,5 mlrd. so‘mi shartnoma bo‘yicha muddati 2020 yilda tugagan muddati o‘tgan kreditlarni, 0,02 foizi yoki 9,4 mlrd. so‘mi 2021 yilda, 33,7 foizi yoki 921,5 mlrd. so‘mi 2022 yilda, 38,6 foizi yoki 1 057,1 mlrd. so‘mi 2023 yilda, 15,1 foizi yoki 412,3 mlrd. so‘mi 2024 yilda va 12,3 foizi yoki 337,1 mlrd. so‘mi 2025-2039 yillarda shartnoma muddati tugaydigan kreditlar tashkil qilgan. Bundan tashqari ajratilgan kreditlar bo‘yicha yaratilgan zahiralar ulushi sanoat sohasida 16,2% (2 191,6 mln. so‘m), qurilish sohasida 13,0% (1 757,7 mln. so‘m), savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 49,7%ni (6 718,7 mln. so‘m), qishloq xo‘jaligi 0,2% (21,2 mln. so‘m), transport va kommunikasiya 0,1% (10,0 mln. so‘m) va boshqa tarmoqlar 20,9% (2 820,4 mln. so‘m)ni tashil qiladi. Download 407.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling