Bank kafolatlari
Bank kafolati — bank (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning buyurtmasiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefisiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga beradigan yozma majburiyat (kafolat).
Bank xizmatlarining ushbu turi mijozning kontragentlar va boshqa banklar oldidagi majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaydi. Kafolatlarni berishda mijoz bilan shartnoma tuziladi, unda bank kafolatini berish tartibi, uning shartlari, to‘lov shartlari va tomonlarning o‘zaro majburiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi.
Ayrim hollarda ushbu shartnoma kredit shartnomasiga o‘xshab ta'minotni talab qiladi. Bank kafolatini olish uchun mijoz bankka kredit olish uchun o‘rnatilgan ro‘yxatga ko‘ra hujjatlarni taqdim etadi.
Kafolatlar va kafilliklar berish mijozlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ularda kafolatlar (kafilliklar) berishning asosiy shartlari, jumladan, vositachilik haqi summasi ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Kafolatlar berish hukumatlararo va xalqaro kelishuvlar bo‘yicha investisiya loyihalari bilan bog‘liq bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Kafolat olish uchun prinsipal quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Zarar ko‘rib ishlamayotgan bo‘lishi hamda nolikvid balansga ega bo‘lmasligi;
Muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo‘lmasligi;
oxirgi 3 yil natijalari bo‘yicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi;
ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi.
Kafolat xati olish uchun kerakli hujjatlar:
Import kontrakti bo‘yicha xorijiy valyutada akkreditiv operatsiyasi xizmatini ko‘rsatish
“Trastbank” XA banki Jizzax filialining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarini o’rganish
“Trastbank” XAB o‘z mijozlarining topshirig‘iga binoan hujjatli akkreditivlar shaklida hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshiradi. Bankning ishonchli hamkor sifatida obro‘ga egaligi tufayli uning akkreditivlari dunyoning barcha yetakchi banklari tomonidan qabul qilinmoqda, keng tarmoqli vakillik banklari va zamonaviy aloqa vositalari hujjatli operatsiyalarni qisqa muddat ichida amalga oshirish imkonini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |