Ўзбекистон республикаси олий таълим, фан ва инноватсиялар вазирлиги тошкент давлат иқтисодиёт университети


-rasm. 2022 yildavomidachet el valyutasini sotib olish uchun ijro etilgan buyurtmalar.5


Download 407.77 Kb.
bet11/14
Sana18.10.2023
Hajmi407.77 Kb.
#1708572
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
trastbank

4-rasm. 2022 yildavomidachet el valyutasini sotib olish uchun ijro etilgan buyurtmalar.5
“Trastbank” XAB tomonidan mijozlarga import kontrakti bo‘yicha xorijiy valyutada akkreditiv operatsiyasi xizmati O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” qonuni, Xalqaro to‘lovlar bo‘yicha xalqaro hujjatli operatsiyalarni o‘tkazish to‘g‘risida metodik maslahatlar (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2004-yil 25-martdagi 1332/560-son xati), Hujjatli akkreditivlar uchun yagona umumlashtirilgan qoida va taomillar (Xalqaro savdo palatasi nashri, Parij, 2007 yil, 600-son), O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida nizom (Adliya vazirligida 2020-yil 13- aprelda 3229-son bilan ro‘yxatga olingan) asosida amalga oshiriladi.
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan mijozlarga import kontrakti bo‘yicha xorijiy valyutada akkreditiv operatsiyasi xizmati mijozga bank-emitent tomonidan xorijiy valyutada ochilgan akkreditiv asosida mijozning benefisiardan import kontrakti doirasida sotib oladigan tovariga haq to‘lashda qo‘llaniladi.
Akkreditiv filialda asosiy yoki ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘I mavjud bo‘lgan va import kontraktiga filial tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan mijozga ochiladi.
Import kontrakti bo‘yicha xorijiy valyutada akkreditiv operatsiyasi xizmatini ko‘rsatish quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Mijoz import kontrakti shartlarini “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi” ga kiritgandan so‘ng, agar unda import kontrakti bo‘yicha akkreditivga ehtiyoj bo‘lsa, filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limiga import kontrakti bo‘yicha qisqacha ma'lumot qayd etib (benefisiar, benefisiar banki, tovar nomi, yetkazib berish muddati), akkreditiv qiymati, akkredittiv bo‘yicha yuk hujjatlari, akkreditivning amal qilish muddati ko‘rsatilgan Akkreditiv ochish to‘g‘risida arizani 3 nusxada tayyorlaydi;
2. Filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan akkreditiv ochish to‘g‘risida mijoz arizasining belgilangan namunaviy shakl va import kontrakti shartlariga muvofiq to‘ldirilganligi, import kontrakti shartlari mijoz tomonidan “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona electron axborot tizimi” ga to‘g‘ri va to‘liq kiritilganligini tekshirib akkreditiv ochish to‘g‘risidagi arizani 3 nusxada rasmiylashtiradi. Import kontrakti nusxasi, akkreditiv ochish to‘g‘risida mijoz arizasi va akkreditiv ochish to‘g‘risida filial arizasini Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentiga o‘rnatilgan tartibda yuboradi. Akkreditiv bo‘yicha filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limida ochilgan filial yig‘ma jildiga akkreditiv ochish to‘g‘risida mijoz arizasi, import kontrakti nusxasi, akkreditiv ochish to‘g‘risida filial arizasi, ochiladigan akkreditivga oid hujjatlar Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentiga yuborilganligi haqida xat nusxasini tikib qo‘yadi;
3. Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti mas'ul xodimi tomonidan akkreditiv ochish to‘g‘risida mijoz arizasi, import kontrakti nusxasi, akkreditiv ochish to‘g‘risida filial arizasi, ochiladigan akkreditivga oid hujjatlar Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentiga yuborilganligi haqida xat nusxasini o‘rnatilgan tartibda qabul qilib, akkreditiv ochish to‘g‘risida mijoz va filial arizalarini maxsus jurnalga qayd qiladi, SWIFT tizimiga akkreditiv shartlarini kiritadi va tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankka taqdim etadi, akkreditiv avizo qilinganligi to‘g‘risida SWIFT-xabarnomani tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankdan SWIFT tizimi orqali oladi, tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bank bilan kelishilgan akkreditiv shartlari va akkreditiv raqami qayd etilgan xabarnomani, shuningdek SWIFT-xabarnoma nusxasini filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limiga yuboradi, аkkreditiv bo‘yicha Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentida ochilgan Bosh bank yig‘ma jildiga akkreditiv ochish to‘g‘risida filial arizasi, akkreditiv ochish to‘g‘risida mijoz arizasi, import kontrakti nusxasi, akkreditiv avizo qilinganligi to‘g‘risida tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankdan olingan SWIFT-xabarnoma, filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limiga yuborilgan akkreditiv shartlari va akkreditiv raqami to‘g‘risida xabarnoma nusxasini tikib qo‘yadi;
4. Mijozga akkreditiv ochish uchun Filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti tomonidan yuborilgan SWIFT-xabarnoma nusxasi hamda akkreditiv shartlari va akkreditiv raqami to‘g‘risida xabarnomani o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, akkreditiv raqamini IABS dasturi orqali “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona electron axborot tizimi”ga kiritadi, 22602 “Akkreditiv bo‘yicha mijoz depoziti” va 90955 “Import bo‘yicha tasdiqlangan akkreditiv” (yoki 90960 “Import bo‘yicha tasdiqlanmagan akkreditiv”) hisobvaraqlarini ochish to‘g‘risida farmoyish loyihasini tayyorlaydi, uni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va filialning Buxgalteriya bo‘limiga beradi (farmoyish namunasi ilova keltirilgan), akkreditiv ochilganligi uchun vositachilik haqini Bank tariflariga muvofiq mijozdan undirish to‘g‘risida farmoyish loyihasini tayyorlaydi, uni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va filialning Buxgalteriya bo‘limiga beradi (farmoyish namunasi ilovada keltirilgan), hamda akkreditiv bo‘yicha filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limida ochilgan filial yig‘majildiga akkreditiv shartlari va akkreditiv raqami to‘g‘risida xabarnoma, SWIFT-xabarnoma nusxasi, akkreditiv hisobvarag‘I ochish to‘g‘risida farmoyish nusxasi, akkreditiv ochilganligi uchun vositachilik haqini mijozdan undirish to‘g‘risida farmoyish nusxasini tikib qo‘yadi;
5. Filialning Buxgalteriya bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan tegishli farmoyishlarni o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, mijozga 22602 “Mijozning akkreditiv bo‘yicha depoziti” hisobvarag‘ini ochadi va unga talab qilib olinguncha depozit (yoki konvertasiya) hisobvarag‘idan akkreditiv qiymatidagi mablag‘ni kiritadi:
Dt 20200 (valyuta kodi) “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit” yoki 22614 (valyuta kodi) “Mijozning valyuta bozorida konvertasiya qilingan mablag‘i”,
Kt 22602 (valyuta kodi) “Mijozning akkreditiv bo‘yicha depoziti”;
Mijozga 90955 “Import bo‘yicha tasdiqlangan akkreditiv” (yoki 90960 “Import bo‘yicha tasdiqlanmagan akkreditiv”) hisobvarag‘ini ochadi va akkreditiv hisobini yuritish uchun uning qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 90955 (valyuta kodi) “Import bo‘yicha tasdiqlangan akkreditiv” yoki 90960 (valyuta kodi) “Import bo‘yicha tasdiqlanmagan akkreditiv”,
Kt 96309 (valyuta kodi) “Importga oid akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Akkreditiv ochilganligi uchun vositachilik haqini mijozdan undiradi:
Dt 20200000 “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit”,
Kt 45225000 “Akkreditiv bo‘yicha vositachilik uchun olingan daromad”.
6. Akkreditivni ijro etish va yopish. Akkreditivni ijro etish uchun Benefisiar import kontrakti bo‘yicha tovarni mijozga yuklab jo‘natilishini ta'minlaydi, tovarning yuk hujjatlarini o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank orqali tasdiqlovchi (ijroetuvchi) bankka taqdim etadi. Akkreditiv ijrosi bo‘yicha Tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bank tovarning yuk hujjatlarini qabul qiladi, tovarning yuk hujjatlarini akkreditiv shartlari bilan solishtiradi, tovarning yuk hujjatlari bilan akkreditiv shartlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lmasa, benefisiar banki orqali benefisiarga to‘lovni amalga oshiradi, tovarning yuk hujjatlarini bank-emitentga taqdim etadi. Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti mas'ul xodimi xujjatlarda ko‘rsatilgan tovarning yuk hujjatlarini tasdiqlovchi (ijroetuvchi) bankdan o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, tovarning yuk hujjatlarini akkreditiv shartlari bilan solishtiradi, tovarning yuk hujjatlarini xat bilan filialga yuboradi (agar tovarning yuk hujjatlari bilan akkreditiv shartlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lsa, qaysi yuk xujjatlarida tafovut borligini yozma ravishda filialga ma'lum qiladi), akkreditivni avizo qilganligi uchun tasdiqlovchi (ijroetuvchi) bank tomonidan undirilgan vositachilik haqini xarajatda aks ettirish to‘g‘risida farmoyish loyihasini tayyorlaydi, uni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va Amaliyot boshqarmasining Buxgalteriya bo‘limiga beradi (farmoyish namunasi ilovada keltirilgan), akkreditivni avizo qilganligi uchun tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankka to‘lab berilgan vositachilik haqini mijozdan undirish to‘g‘risida filialga xabarnoma yuboradi, akkreditiv bo‘yicha Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentida ochilgan Bosh bank yig‘ma jildiga tovarning yuk hujjatlari tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankdan qabul qilibolinganligi to‘g‘risida hujjat, tovarning yuk hujjatlari filialga yuborilganligi haqida xat nusxasi, tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bank tomonidan undirilgan vositachilik haqini xarajatda aks ettirish to‘g‘risida farmoyish nusxasi, tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankka to‘labberilgan vositachilik haqini mijozdan undirish to‘g‘risida filialga yuborilgan xabarnoma nusxasini tikib qo‘yadi. Amaliyot boshqarmasining Buxgalteriya bo‘limi mas'ul xodimi taqdim etilgan farmoyishni o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bank tomonidan undiribolingan vositachilik haqini xarajatda aks ettirish uchun ushbu farmoyish asosida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiradi:

Dt 17101 (valyuta kodi) “Valyuta pozisiyasi hisobvaraqlari”,


Kt 10501 (valyuta kodi) “Boshqa bankdagi vakillik hisobvarag‘i – nostro”;
Dt 55195000 “Boshqa vositachilik va xizmat xarajatlari”,
Kt 17101000 “Valyuta pozisiyasi hisobvaraqlari”.
Filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan jo‘natilgan tovarning yuk hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, tovarning yuk hujjatlaridan, akkreditiv ijrosi hisobini yuritish maqsadida, nusxa oladi, tovar yuk hujjatlarining aslini xat bilan mijozga yuboradi. Tovarning yuk hujjatlari bilan akkreditiv shartlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lganda, mijozdan to‘lovni tafovut bilan amalga oshirishga roziligi yoki noroziligi to‘g‘risida yozma xabar oladi, akkreditivni avizoqilganligi uchun tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankka Amaliyot boshqarmasi tomonidan to‘lab berilgan vositachilik haqini mijozdan undirish to‘g‘risida farmoyish loyihasini tayyorlaydi, uni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va filialning Buxgalteriya bo‘limiga beradi hamda akkreditiv bo‘yichafilialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limida ochilgan filial yig‘majildiga tovarning yuk hujjatlari nusxasi, tovar yuk hujjatlarining asli mijozga yuborilganligi to‘g‘risida xat nusxasi, mijozdan to‘lovni tafovut bilan amalga oshirishga roziligi yoki noroziligi to‘g‘risida yozma xabar (tovarning yuk hujjatlari bilan akkreditiv shartlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lganda olinadi), akkreditivni avizoqilganligi uchun tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankka to‘lab berilgan vositachilik haqini mijozdan undirish to‘g‘risida farmoyish nusxasini tikib qo‘yadi.
Filialning Buxgalteriya bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan qayd etilgan farmoyishni o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, ushbu farmoyish asosida akkreditivni avizoqilganligi uchun tasdiqlovchi (ijro etuvchi) bankka Amaliyot boshqarmasi tomonidan to‘lab berilgan vositachilik haqi mijozdan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali undiriladi va Amaliyot boshqarmasiga qoplab beriladi:
Dt 20200000 “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit”,
Kt 29896000 “Boshqa majburiyatlar”;
Dt 29896000 “Boshqa majburiyatlar”,
Kt29896000 “Boshqa majburiyatlar”.



  1. Trastbank” XA banki Jizzax filialining plastik kartochkalar bo’yicha operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari bilan tanishish. Bank tomonidan plastik kartochkalar bo’yicha ko’rsatiladigan bank xizmatlarini o’rganish.

Akkreditiv yopilayotganda Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti mas'ul xodimi tomonidan mijozga 22602 “Mijozning akkreditiv bo‘yicha depoziti” va 90955 “Import bo‘yicha tasdiqlangan akkreditiv” (yoki 90960 “Import bo‘yicha tasdiqlanmagan akkreditiv”) hisobvaraqlarini yopish to‘g‘risida xabarnoma tayyorlaydi, uni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limiga yuboradi, akkreditiv bo‘yicha Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentida ochilgan Bosh bank yig‘majildiga xabarnoma nusxasini kiritadi. Filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan qayd etilgan xabarnomani o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, ushbu xabarnoma asosida mijozning 22602 “Mijozning akkreditiv bo‘yicha depoziti” va 90955 “Import bo‘yicha tasdiqlangan akkreditiv” (yoki 90960 “Import bo‘yicha tasdiqlanmagan akkreditiv”) hisobvaraqlarini yopish to‘g‘risida farmoyish loyihasini tayyorlaydi, uni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va filialning Buxgalteriya bo‘limiga beradi, hamda akkreditiv bo‘yicha filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limida ochilgan filial yig‘majildiga mijozning akkreditivga oid hisobvaraqlarini yopish to‘g‘risida Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti tomonidan jo‘natilgan xabarnoma, mijozning akkreditivga oid hisobvaraqlarini yopish to‘g‘risida farmoyish nusxasini tikib qo‘yadi. Filialning Buxgalteriya bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan qayd etilgan farmoyishni o‘rnatilgan tartibda qabul qiladi, ushbu farmoyish asosida mijozning akkreditivga oid hisobvaraqlarini yopish uchun quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiradi:
Dt 22602 (valyuta kodi) “Mijozning akkreditiv bo‘yicha depoziti”,
Kt 16103 (valyuta kodi) “Bosh bankdan/filialdan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘”;
Dt 96309 (valyuta kodi) “Importga oid akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq”,
Kt 90955 (valyuta kodi) “Import bo‘yicha tasdiqlangan akkreditiv”.
Bank tomonidan o‘tgan yillar davomida, mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil
17 dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan chora-tadbirlar doirasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan, shu jumladan:
2017 yilning 10 noyabrida “Trastbank” XAB va “Transkapitalbank” AJ o‘rtasida Bosh bitim imzolandi.
2017 yilning 10 noyabrida «Trastbank» XAB va «Promsvyaz'bank» AJ o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolangan.
2017 yilning 14 noyabrida «Trastbank» XAB va Rayffayzenbank Interneshnl (Avstriya) o‘rtasida O‘zaro Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
2017 yilning 16 noyabrida “Trastbank” XAB va "Commerzbank" (Germaniya) o‘rtasida O‘zaro kelishuv Memorandumini imzolagan.
2018 yilning 29 dekabr' kuni “Sertifikatlashtirish uyushmasining «Russian Register»» (Rossiya) xalqaro sertifikatlash organi auditorlari guruhining yakuniy yig‘ilishi natijalariga ko‘ra, “Trastbank xususiy aksiyadorlik bankiga Sifat Menedjmenti Boshqaruv Tizimi talablariga javob beradigan ISO 9001: 2015 sertifikati tantanali ravishda topshirilgan.
2018 yilning 12 noyabrida “Trastbank” XAB va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) o‘rtasida 4 mln. AQSh dollari miqdorida “Savdoni moliyalashtirish liniyasi”ni ajratish to‘g‘risidagi Bitim imzolangan.
2019 yilning 9 iyulida «Trastbank» XAB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) o‘rtasida moliyalashtirish liniyasini ajratish to‘g‘risidagi Bitimi imzolangan.
2020 yil 10 iyun' kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan.
2021 yilda “Trastbank” va Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG banki o‘rtasida 30 mln. Yevro miqdorida Bosh kredit kelishuvi imzolangan.
2021 yilning 11 avgust kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Rossiyaning Roseksimbankio‘rtasida qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli moliyaviy resurslar ajratishga doir Hadlangan kredit bitimi imzolangan.
2022 yilning 17 mart kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va ICS Financial Systems IT-kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
2022 yilning 24 mart kuni «Trastbank» XAB va «The Export-Import Bank of the Republic of China» (Eximbank (Тayvan) oʻrtasida oʻzbekistonlik tadbirkorlarga tayvanlik yetkazib beruvchilardan turli xil tovarlarni olib kirishda yordam qoʻlini choʻzish maqsadida «Qayta tiklanadigan kredit liniyasini taqdim etish toʻgʻrisida» bitim imzolandi. Eximbank tomonidan 2 000 000 AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi taqdim etildi.
2022-yil iyul oyida Trastbank mijozlari Turkiya va Qozog‘istondagi hamkorlari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni ushbu mamlakatlar milliy valyutasida amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldi. Bank tashqi savdo shartnomalari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertatsiya qilish hamda lira va tengeda to‘lov amaliyotini tadbiq etdi.Valyuta liniyasining kengayishi – bank mijozlarining chet el valyutasidagi amaliyotlarni yuqori tezlik hamda ishonchli tarzda bajarishini ta’minlashga zamin yaratadi.
2022-yil 4-avgust kuni Qozog'istonning Olmоta shahrida "Trastbank" XAB, "O'zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi" AJ va "Bank CenterCredit" AJ (Qozog'iston) o'rtasida uch tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Memorandum O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi UP-5568-sonli "Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni amaliy ijrosi doirasida Qozog'iston Respublikasi bilan savdo-sotiqni amalga oshiruvchi "UzEX" AJ mijozlarining hisob-kitob operatsiyalarini ta'minlash infratuzilmasini yaratish hamda xizmat ko'rsatish mexanizmini joriy etish maqsadida imzolandi.




  1. Download 407.77 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling