Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таьлим вазирлиги ислом каримов номидаги тошкент давлат техника университети
Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1 – rasm.
2.2 Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish
Yer atmosferasi o‘zining optik xususiyatlariga asosan selektiv yorug‘lik filtri bo‘lib, koinotdan kelayotgan quyosh nurlanishini o‘zgartiradi. Agar nurlanish oqimi atmosferadan o‘tib Yer sirtiga tik tushsa, u holda nurlanish bosib o‘tgan optik masofa bir atmosfera massasiga teng deb hisoblanadi va AM1 bilan belgilanadi. Qiya tushayotgan nurlarning optik masofasi uzunligini ularning AM1 optik masofa kattaligiga qiyoslab aniqlash mumkin. Agar nurlanish oqimi atmosfera ta’sirida o‘zgarmasa, uning optik atmosfera massasi nolga teng bo‘lib, u AM0 deb belgilanadi. 28 Ultrabinafsha nurlanish, koinotda yuqori intensivlikka ega bo‘lishiga 2.1 – rasm. Quyosh nurlanishi energiyasining spektral taqsimlanishi. To‘g‘ridan – to‘g‘ri tushayotgan Quyosh nurlanishi oqimining dengiz sathida qoq tush paytida ochiq havoda Yer sirtidagi energetik yoritilganligi 100mW sm 2 ga teng deb hisoblanadi [2]. Insolyatsiya deb, ma’lum geografik hududda Yer sirtiga tushayotgan Quyosh nurlanishining miqdoriga aytiladi. Insolyatsiya, Yer – Quyosh tizimida masofaning 29 mavsumiy tebranishlariga, geografik kenglikka, hududning muhitiga va atmosfera massasiga bog‘likdir. Insolyatsiyani odatda quyosh nurlanishining kunlik, oylik, yillik o‘rtacha miqdori bilan ko‘rsatiladi. Quyoshdan tushayotgan yorug‘lik yarimo‘tkazgichga tushganda uning xususiyatlarining o‘zgarishini kuzatamiz [3–4]. Bu yarimo‘tkazgichlar o‘zi qanday moddalar? Agar moddaning valent sohasi to‘laligicha egallanmagan bo‘lsa, ammo o‘tkazuvchanlik sohasigacha bo‘lgan energetik masofa nisbatan kichik (2 eV dan kamroq) bo‘lsa, bunday moddalar yarimo‘tkazgich deyiladi. Yarimo‘tkazgich xususiyatlari xususan elektr o‘tkazuvchanligi tashqi muhitga, ayniqsa haroratga bog‘liq bo‘ladi. Harorat (T) ning ortishi elektronlar miqdorining valent va o‘tkazuvchanlik soha orasida joylashgan man qilingan sohadan (E g ) o‘tib o‘tkazuvchanlik sohasiga o‘tishda tok tashuvchilarning eksponentsial ravishda ko‘payishiga va elektr o‘tkazuvchanlikning ( ) Aexp E g 2kT (1) tenglamaga asosan o‘zgarishiga olib keladi. Bu erda k – Boltsman doimiyligi, A – moddani xarakterlovchi o‘zgarmas kattalik [3-4]. Metallarning elektr o‘tkazuvchanligi erkin elektronlar konsentrattsiyasi o‘zgarmas bo‘lganligi tufayli elektronlar harakatchanligining haroratga bog‘liqligi bilan aniqlanadi va haroratning ortishi bilan asta – sekin kamayadi. Yuqoridagi tenglamani logariflab quyidagi holda ifoda etamiz. ln ln A E g 2kT (2) Bu tenglamani yarim logarifmik koordinatalarda grafik ravishda ko‘rsatish mumkin va hosil bo‘lgan to‘g‘ri chiziq va uning φ burchakli tangensi yarimo‘tkazgich materiallarning asosiy parametri bo‘lgan, man qilingan soha 30 kengligi bo‘lgan E g 2kT ni aniqlaydi. Ta’kidlash lozimki, qiya to‘g‘ri chiziq, ya’ni elektr o‘tkazuvchanlikning logarifmi 1 T dan o‘zgarishi faqat toza kirishmalardan holi, xususiy o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan materiallar uchungina shunday ko‘rinishga ega [3-4]. Kirishmali yarim o‘tkazgichlarda ln Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling