Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таьлим вазирлиги ислом каримов номидаги тошкент давлат техника университети


 O‘zbekistonda quyosh energetikasi rivojlanishi


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/30
Sana13.05.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1456713
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
1.3 O‘zbekistonda quyosh energetikasi rivojlanishi 
 
 
O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish tarixi XX asrning 
70 – yillaridan boshlandi. O‘sha paytda “Geliotexnika” jurnali chiqa boshlagan va 
2000 darajadan ortiq xaroratga bardosh beruvchi materiallarni sinash uchun zarur 
quyosh pechini qurish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. 1929 – yilda tamaki 
ekstraktini Quyosh nuri yordamida bug‘lantirish amalga oshirilgan 
(A. I. Lastak), 1930 – yil Quyosh nurida isitiladigan tajribaviy issiqxonalar qurildi 
(L. N. Satikov), 1934 – yil Toshkentda geliotexnika laboratoriyasi, 1943 – yilda 
esa O‘zbekiston FA Fizika – texnika instituti tarkibida geliotexnika laboratoriyasi 
tashkil etildi. Unda Quyosh suv qurilmalari, meva quritkichlar, Quyosh pilla 
ivitgichlari va quritgichlari, oltingugurtning Quyosh suyultirish qurilmasi ishlab 


21
chiqildi va amaliyotga tatbiq qilindi. Toshkentda 1946 – yilda ko‘zgusining 
diametri 10 metrli paraboloid qurilma qurildi. Bu qurilma xonalarni isitish va 
havosini mo‘tadillashtirish, bug‘ hamda muz olish bilan bog‘liq tadqiqotlar 
o‘tkazishga imkon berdi (G‘. Y. Umarov). Buxoro shahrida gelio suv isitkichlar 
va gelio – oshxonalarni ko‘plab ishlab chiqaradigan birinchi gelioapparatlar 
zavodi qurildi (1978). 
1963 – yilda Geofizika bo‘limi tashkil etilib, unda Quyosh nuri energiyasini 
xo‘jalik ekinlari urug‘lariga ekishdan oldin zaharli kimyoviy moddalarni 
qo‘llamagan holda impulsli nur bilan ishlov beruvchi qurilmalar yaratildi. 
Katta Quyosh konsentratorlarining amaliy ahamiyatini e’tiborga olib 
akademik Azimov S.A. rahbarligida issiqlik quvvati 1000 kVt bo‘lgan “Katta 
Quyosh sandonini” (KQS) o‘z ichiga olgan ilmiy ishlab chiqarish majmuasi 
yaratildi. Majmuaning katta Quyosh sandoni Toshkent shahridan 45 km uzoqlikda, 
Parkent tumanida 1987 – yilda ishga tushirildi. Shunday qurilma shu vaqtga qadar 
faqat Odeyo (Fransiya) shahrida bor edi. Qurilmaning konsentratori yuqori va 
pastdan kesilgan hamda fokus masofasi 18 m bo‘lgan paraboloid bo‘lib, 54x42 m 
o‘lchamga ega. Geliostat maydoni (ko‘zgular joylashgan maydon) 62 ta bir xil 
o‘lchamdagi, qiya tekislikda ma’lum tartibda joylashgan geliostatlardan tashkil 
topgan. Maydonning vazifasi kun bo‘yi konsentratorni uning optik o‘qi 
yo‘nalishidagi quyosh nurlari bilan ta’minlab turishdan iborat. 1993 – yilda “Fizika 
– Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida materialshunoslik instituti 
tashkil etilgan. Hozirgi kunda institutda yirik olimlar Risqiyev T.T., Odilov G‘.T. va 
boshqalar boshchiligida qiyin eruvchi materiallar fizikasi sohasida keng ko‘lamda 
ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. 
O‘zbekistonda yiliga 320 kun quyosh charaqlab turadi. Davlatimizning 1 
– prezidentining 2013 yil 1 martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada 
rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatimizda qayta 
tiklanadigan energetikani rivojlantirish strategiyasi belgilab berilgan. [1] 
Xalqaro energetika amaliyotida muqobil manbalar sifatida gidro, quyosh, 
shamol, geotermal, yer issiqligi, biomassa energiyalari alohida e’tirof etiladi. Ular 


22
orasida eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri, shubhasiz, quyosh energiyasidan 
foydalanishdir. 2013 – yil 1 – martdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasining qator ilmiy muassasalari bazasida Xalqaro quyosh 
energiyasi instituti tashkil etildi. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish asosida quyosh 
energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar hamda 
innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish, ilg‘or va iqtisodiy jihatdan samarali 
quyosh texnologiyalari va geliouskunalar asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va 
ijtimoiy sohada quyosh energetikasi salohiyatini amaliy qo‘llashga doir takliflar 
ishlab chiqish ushbu institutning asosiy vazifalaridir. 
Navoiy erkin industrial – iqtisodiy zonasida fotoelektrik panellar ishlab 
chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish, kutilmoqda. Samarqand viloyatida 
quyosh fotoelektrik stansiyasini qurish ko‘zda tutilgan va quvvati 100 megavattni 
tashkil etadigan quyosh fotoelektrik stansiyasini barpo etish loyihasi tayyorlandi. 
Yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan yangi texnologiyalar asosida yana bir necha 
yirik quyosh elektr stansiyalarini qurish uchun maqbul bo‘lgan olti hududning 
quyosh radiatsiyasi quvvatlari taqsimotini belgilash ishlari amalga oshirilmoqda. 
Noyob ilmiy ob’ekt – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 
«Fizika – Quyosh» ilmiy – ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik 
institutining Katta quyosh pechini (1.8 – rasm) modernizatsiya qilish va Xalqaro 
quyosh energiyasi institutini laboratoriya – o‘lchov priborlari hamda boshqa 
uskunalar bilan ta’minlashga texnik ko‘maklashish loyihasini hayotga tatbiq etish 
ishlari ham olib borilmoqda. 
“Angren” maxsus industrial zonasi hududida “Shindong Enerkom” (Koreya 
Respublikasi) kompaniyasi ishtirokida texnik kremniy ishlab chiqaruvchi ikkinchi 
zavod qurilishi nihoyasiga etkazildi (1.9-rasm) va Namangan viloyatining Pop 
tumanida ishga tushirilgan ilk quyosh elektr stansiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda 
(1.10-rasm). 


23

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling