4- mavzu: quritish qurilmalari reja: 1
Download 51.51 Kb. Pdf ko'rish
|
4-MA\'RUZA Quritish qurilmalari turlari, tuzilishi.
4- MAVZU: QURITISH QURILMALARI REJA: 1. Quritkichlarning tuzilishi va asosiy ishchi uskunalari. 2. Barabanli, lentali, mavxum qaynash qatlamli, suyuq maxsulotni sochib beradigan, pnevmatik quritkichlarni ishlash prinsipi. 3. Quritgichlarni xisoblash tartiblari Sanoatda har xil quritkichlar ishlatiladi. Quritkichlar bir-biridan turli belgilari bilan farq qiladi. Nam materialga issiqlik berish usuliga ko’ra quritkichlar konvektiv, kontaktli va boshqa turdagi quritgichlarga bo’linadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug` ishlatilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosimning qiymatiga ko’ra atmosfera bosimidagi va vakuumli quritkichlar bo’ladi. Jarayonni tashkil qilish bo’yicha davriy va uzluksiz ishlaydigan quritkichlar mavjud. Konvektiv quritkichlarda material va qurituvchi agent bir-biriga nisbatan to’g`ri, qarama-qarshi yoki perpendikulyar harakat qilishi mumkin. Quritilishi lozim bo’lgan material donasimon, changga o’xshash, pastasimon yoki suyuq holda bo’ladi. Qurituvchi agentning bosimini hosil qilish uchun tabiiy yoki majburiy sirkulyatsiya ishlatiladi. Donasimon materiallar ishlatilganda qatlam zich, kengaytirilgan, mavhum qaynash, fontan hosil bo’lish kabi holatlarda bo’ladi. Qurituvchi agent bug`, issiq suv, olov bilan ishlaydigan kaloriferlarda yoki elektr toki yordamida isitiladi. Quritish jarayonining har xil variantlaridan keng foydalaniladi: ishlatilgan qurituvchi agentni quritkichdan chiqarib yuborish, undan takror foydalanish, uni quritish kameralari oralig`ida qizdirish va quritish kameralariga bo’lib berish, qurituvchi agentni quritish kamerasida qo’shimcha ravishda qizdirish, o’zgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish (issiq va sovuq havoni material qatlamiga ketma-ket almashtirib berish) va hokazo. Download 51.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling