4- mavzu: quritish qurilmalari reja: 1


Download 51.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana02.06.2024
Hajmi51.51 Kb.
#1835104
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-MA\'RUZA Quritish qurilmalari turlari, tuzilishi.

Pnevmatik quritkichlar. Donador (lekin qovushib qolmaydigan) va kristall 
materiallarni quritish uchun pnevmatik quritkichlar ishlatiladi. Quritish jarayoni 


uzunligi 25 m gacha bo’lgan vertikal quvurda olib boriladi. Materialning zarracha-
lari isitilgan havo (yoki tutunli gaz) oqimi bilan birga harakat qiladi. Bunda havo 
oqimining tezligi qattiq zarrachaning harakat tezligidan katta bo’ladi (10—30 m/s). 
Bunday quritkichlarda jarayon juda qisqa vaqt (1— 3 s) davom etadi, shu sababli 
material tarkibidagi erkin namlikning bir qismigina ajralib chiqadi. Pnevmatik 
quritkichda (31.7-rasm) material bunkerdan ta’minlagich orqali vertikal quvur-
quritkichga tushadi. Havo oqimi ventilyator yordamida kalorifer orqali vertikal 
quvurga yuboriladi. Quvurda havo oqimi material zarrachalarini o’zi bilan birga olib 
ketadi. Havo qurigan material bilan birga yig`uvchi amortizatorga kiradi, keyin 
siklonga o’tadi. Siklonda qurigan material havo oqimidan ajraladi, so’ngra to’kish 
moslamasi yordamida tashqariga chiqariladi. Ishlatilgan havo filtrda tozalangandan 
so’ng atmosferaga chiqariladi. Shunday qilib, quritish jarayoni pnevmotransport 
rejimida olib boriladi. 
 
 
 
31.7-rasm. Pnevmatik quritgich: 
1 — bunker; 2 — ta’minlagich; 3 — quvur; 4 — ventilyator; 5 — 
kalorifer; 6 — yig`uvchi amortizator; 7 — siklon; 8 — tushirish 
moslamasi; 9 — filtr. 
Pnevmatik quritkichlarda energiya sarfi ancha katta, bu sarf material 
zarrachasining o’lchami kichrayishi bilan kamayadi, biroq zarrachalarning o’lchami 
8-10 mm dan oshmasligi kerak. Katta o’lchamli zarrachalari bo’lgan materiallarni 
quritish hamda materialdan namlikni chiqarish uchun pnevmatik quritkichlarni 
boshqa turdagi quritkichlar bilan birga ishlatish zarur. Demak, tuzilishi oddiy va 
ixcham bo’lishidan qat’iy nazar pnevmatik quritkichlarni ishlatish chegaralangan. 
 
Nazorat savollari 


 
1. Quritish jarayonning xarakteristikasi, klassifikasiyasi.
2. Konvektiv kuritgichlarning moddiy va issiklik balansini xisoblash 
usullari.
3. Konvektiv quritgich konstruksiyalari va klassifikasiyasi. 
4. Kontaktli quritgichlarlarni tuzilishi ishlash prinsipi.
5. Sochib beruvchi quritkichlar afzalliklardan va kamchiliklari. 
6. Quritishning tezligi va davrlari 

Download 51.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling