4- mavzu: quritish qurilmalari reja: 1
Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar
Download 51.51 Kb. Pdf ko'rish
|
4-MA\'RUZA Quritish qurilmalari turlari, tuzilishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Mavhum qaynash qatlamli quritgich
Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar. Bunday quritkichlar oxirgi 20—
30 yil davomida eng ko’p qo’llanilmoqda. Jarayon mavhum qaynash qatlamida olib borilganda qattiq material zarrachalari va qurituvchi agent o’rtasida kontakt yuzasi ko’payadi, namlikning materialdan bug`lanib chiqish tezligi ortadi, quritish vaqti esa ancha qisqaradi. Hozirgi kunda kimyoviy texnologiyada mavhum qaynash qatlamli quritkichlar sochiluvchan donasimon materialdan tashqari, qovushib qolish xususiyatiga ega bo’lgan materiallar, pastasimon moddalar, eritmalar, qotishmalar va suspenziyalarni suvsizlantirish uchun ham ishlatilmoqda. Uzluksiz ishlaydigan bitta kamerali quritkichlar keng tarqalgan (31.4-rasm). Nam material bunkerdan ta’minlagich orqali quritkich kamerasiga beriladi. Kameraning pastki qismida tarqatuvchi to’r joylashtirilgan. Havo ventilyator orqali aralashtirish kamerasiga beriladi va bu yerda issiq tutunli gazlar bilan aralashadi. Qurituvchi agent (issiq havo yoki havoning tutunli gazlar bilan aralashmasi) ma’lum tezlik bilan to’ming pastidan beriladi. Havo oqimi ta’sirida qattiq material donachalari mavhum qaynash holatiga keltiriladi. Quritilgan material to’rdan bir oz tepada joylashgan shtutser orqali tashqariga chiqariladi va transportyorga tushadi. Ishlatilgan gazlar siklon va batareyali chang ushlagichda tozalanadi. 31.4-rasm. Mavhum qaynash qatlamli quritgich: 1-ventilyator; 2-aralashtirish kamerasi; 3-gaz tarqatuvchi to’r; 4- quritilgan material chiqadigan shtutser; 7-siklon; 8- batareyali siklon; 9-transporter. Silindrsimon qobiqli quritkichlarda ba’zan quritish jarayoni bir me’yorda bormaydi, chunki qatlamda jadal aralashtirish mavjud bo’lganligi sababli ayrim zarrachalarning quritkichda bo’lish vaqti o’rtacha qiymatdan ancha farq qiladi. Shu sababli o’zgaruvchan kesimli (masalan, konussimon) quritkichlardan foydalaniladi. Bunday konussimon quritkichning pastki qismida gazning harakatlanish tezligieng katta zarrachaning cho’kish tezligidan katta, tepa qismida esa eng kichik zarrachaning cho’kish tezligidan kam bo’ladi. Bunday holatda qattiq zarrachalarning nisbatan tartibli sirkulyatsiyasi mavjud bo’lib, zarrachalar quritkichning markaziy qismida ko’tariladi, uning chekka qismlarida esa pastga qarab tushadi. Natijada material bir me’yorda isiydi va kameraning ish balandligi kamayadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling