4- mavzu: quritish qurilmalari reja: 1
Download 51.51 Kb. Pdf ko'rish
|
4-MA\'RUZA Quritish qurilmalari turlari, tuzilishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lentali quritkichlar.
31.5-rasm. Lentali quritgich:
1-quritgichning qobig`i; 2- yetaklanuvchi barabanlar; 3-ventilyator; 4-yuklash voronkasi; 5-lenta; 6-etaklovchi barabanlar; 7-to’siqlar; 8-kalorifer Sanoatda ishlatiladigan mavhum qaynash qatlamli quritkichlar katta ish unumdorligiga ega. Masalan, kaliy xloridni suvsizlantirishga mo’ljallangan quritkichning ish unumdorligi 100 t/soat ni tashkil etadi. Mavhum qaynash qatlamli quritgichlarning samarali ishlashi uchun nam material va qurituvchi agentni quritkichning ko’ndalang kesimi bo’yicha bir me’yorda tarqalishiga erishish kerak. materialni quritkichga berib turadigan ta’minlagich, quritilgan materialni quritkichdan chiqarib turadigan va gaz tarqatuvchi qurilmalarning konstruksiyasini to’g`ri tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Lentali quritkichlar. Bunday quritkichlarda material uzluksiz ravishda atmosfera bosimida quritiladi (31.5-rasm). Quritish kamerasi ichidagi ikkita baraban o’rtasida uzluksiz lenta tortilgan. Barabanlarning bittasi elektromotor yordamida harakatga keladi, ikkinchisi esa yordamchi bo’ladi. Nam material lentaning bir uchiga beriladi, quruq material esa lentaning ikkinchi uchidan ajraladi. Quritish jarayoni issiq havo yoki tutunli gazlar yordamida olib boriladi. Bu turdagi quritkichlar bitta yoki ko’p lentali bo’ladi. Sanoatda ko’p lentali quritkichlar keng ishlatiladi. Ko’p lentali quritkichlarda qurituvchi agent nam materialga nisbatan perpendikulyar yo’nalgan bo’ladi. Material bir lentadan ikkinchisiga tushayotganda uning qurituvchi agent bilan kontakt yuzasi ko’payadi. Bunday quritkichlarda quritish jarayonining turli variantlarini tashkil qilish mumkin. Lentali quritkichlar ko’p joyni egallaydi va ularni ishlatish ancha murakkab (lentalarning cho’zilishi va barabanda noto’g`ri joylanish holatlari ro’y berishi mumkin). Bunday quritgichlarning solishtirma ish unumi kichik, solishtinna issiqlik sarfi esa katta, pastasimon materiallarni quritish mumkin emas. Download 51.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling