Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазилиги


Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi


Download 159.81 Kb.
bet9/13
Sana05.01.2022
Hajmi159.81 Kb.
#230210
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kurs ishi

4.Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi.

Endi biz bozorni boshqa tomoniga murojaat qilsakda va sotuvchilarning bozordagi ishtiroklaridan olayotgan foydalarini ko`rib chiqsak. Sotuvchilar farovonligining tahlili xaridorlar farovonligining tahlili bilan bir xilligini ko`ramiz. Xarajat va sotish xohishi Tasavvur qilingki, siz uy egasisiz va shu uyni ta’mirlashni xohlaysiz. Siz 4ta ta’mirlash xizmatlarini ko`rsatuvchi odamlarga murojaat qilasiz: Mariya, Frida, Jorjiya va Grenma. Agar narx to`g’ri kelsa, har bir xizmatchi bu ishni qilishga tayyor. Siz 4ta xizmatchini narxini ko`rib chiqing va kim bu ishni arzonroq narxda bajarishini taklif qilib kimoshdi savdosini o`tkazing. Har bir ta’mirchi agar narx qilinadigan ishga to`g’ri kelsa, ishni bajarishga tayyor. Bunda narx xizmatchining to`g’ri keladigan narxini bildiradi, bu narx xizmatchining qo`shimcha xarajatlarini (bo`yoq shchyotka va xokazolar) va qilinadigan mehnatni o`z ichiga oladi.



Qanday qilib yuqori narx ishlab chiqarish ortiqchaligini oshiradi Sotuvchilar tovarlari uchun yuqori narx olishni xohlashlari hech kimni hayratga solmaydi. Lekin yuqori narx sotuvchilarning farovonligiga qanchalik ta’sir ko`rsatadi? Ishlab chiqarish ortiqchaligi bunga aniq javobni beradi. 6 rasm ko`p sotuvchiga ega bo`lgan bozordagi taklif egri chizig’ini keskin ko`tarilishini ko`rsatadi. Taklif egri chizig’i oldingi rasmdan farq qilinishiga qaramay, ishlab chiqarish ortiqchaligi bir xil yo`l bilan hisoblanadi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi narxdan past va taklif egri chizig’idan yuqori bo`ladi. (a) chizmada narx P1 va ishlab chiqarish ortiqchaligi ABC maydonida yotadi. (b) chizmada narx P1dan P2 ga o`sgandagi holat kuzatiladi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi bu holda ADFga teng. Ishlab chiqarish ortiqchaligining bu turdagi o`sishining 2 tomoni mavjud. Birinchisi Q1da tovarlarni past narxda P1da sotayotgan sotuvchilar yashash darajasi yaxshiroq, chunki ular tovarlari uchun ko`proq xaq olishadi. Mavjud sotuvchilarning ishlab chiqarish ortiqchaligidagi o`sish BCED maydoniga teng. Ikkinchidan, bozorlarda yuqori narxda tovar sotishni xohlagan ba’zi yangi sotuvchilar kelishi va uning natijasida taklif miqdori Q1dan Q2ga o`sadi. Bozorga yangi kelayotganlarning ishlab chiqarish ortiqchaligi CEF burchagida yotadi. Tahlildan ko`rinib turganidek biz iste’molchi ortiqchaligidan xaridorlarning farovonligini aniqlagan bo`lsak, ishlab chiqarish ortiqchaligi yordamida sotuvchilarning farovonligini aniqlaymiz. Bu ikki o`lchov usuli bir-biriga o`xshashligi sabab ularni ikkalasini ham ishlatish tabiiydir. Keyingi bobda biz aynan shu masalani ko`rib chiqamiz.


Download 159.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling