Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазилиги


Download 159.81 Kb.
bet1/13
Sana05.01.2022
Hajmi159.81 Kb.
#230210
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИЛИГИ


ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ИҚТИСОДИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ


Сиртқи ___________________________





Иқтисодиёт кафедраси

_________________


Рўйҳатга олинди № __________




Рўйҳатга олинди № __________

______” ___________2021 й.




______” ___________2021 й.
Сиртқи бўлим

ИҚТИСОДИЁТ КАФЕДРАСИ

МИКРОИҚТИСОДИЁТ” фанидан



КУРС ИШИ

Мавзу: Истеъмолчи танлови ва мувозанатини бюджет чизиғи орқали таҳлил этиш.

DEK - 58

Бажарди: Мансуров Жасурбек Текширди: Улмасжон Худойбердийев


Курс иши тақризга топширилган сана

“__” ____ 2021 й.




Курс иши тақриздан қайтарилган сана

“__” _________ 2021 й.

Курс иши ҳимоя қилинган сана

2021й. Баҳо “

(имзо)

(имзо)

(имзо)


Комиссия аъзолари:

ТОШКЕНТ – 2021

Mundarija:

Reja:

Kirish.....................................................................................................................6



Asosiy qism:

  1. Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi…………………………………………………………13

  2. Byujet chig’I nima?....................................................................................16

  3. Iste’molchi ortiqchaligi…………………………………………………………………………….19

  4. Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi………………………………………………………………….20

  5. Bozor samaradorligi…………………………………………………………………………………22

Xulosa va takliflar………………………………………………………………24

Foydalanilgan adabiyodlar ro’yhati…………………………………………..30

KIRISH:

Hozirgi sharoitda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarni jahon talablariga javob beradigan darajada bo‘lishini talab etmoqda. Ayniqsa, bu iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassisliklarni tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarida o‘qitila digan iqtisodiy fanlar muhim o‘rin tutadi. 2017—2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishlarda ko‘zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh m uhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish.


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimovning bevosita tashabbusi va rahbarligida har tomonlama puxta o‘ylab ishlab chiqilgan taraqqiyotning “0 ‘zbek modeli”ni izchil amalga oshirish orqali iqtisodiyotimiz misli ko‘rilmagan katta muvaffaqiyat va natijalarga erishdi. Jumladan, mustaqillik yillarida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo‘lib qolgan bir tomonlama xomashyo ishlab chiqarish bo‘yicha rivojlanish, paxta yakkahokimligi va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanatlik va mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Soliq, byudjet va tashqi iqtisodiy faoliyat sohalarida, bank tizimi faoliyatida mustahkam barqarorlik, davlat qarzini nisbatan past darajada ushlab turish ta’minlanib mamlakatimizning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuqori darajaga ko'tarishga erishilmoqda. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan modemizatsiya, tarkibiy o‘zgarish va diversifikatsiya natijasida yangidan-yangi zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish quw atlari ishga tushirilmoqda. Bu o‘zgarishlar va xalqimizning fidokorona mehnati natijasida yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifati tubdan yaxshilanib borishiga, aholi daromadlari va turmush darajasining keskin o‘sishi, ulaming ertangi kunga bo‘lgan ishonchining tobora oshib borishiga olib kelmoqda. M a’naviy jabhada ham tub o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a ’zolari ongida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllantirildi. Ayni paytda, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-yanvarda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisida va boshqa majlislarda qilgan m a’ruzalaridan bizga shu narsa ma’lum bo‘lib turibdiki, mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda xalqaro miqyosda va mamlakatimiz ichida o‘z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ham juda ko‘p ekan. Bugungi kunda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etib turishi, dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan qaramaqarshiliklaming kuchayib borishi, jahon bozorida vaziyatning tez o‘zgarayotgani dunyoning ko‘plab mamlakatlarida investitsion faollikning susayishi real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati pasayib borishi ro‘y berib, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari mamlakatimizdagi ayrim sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import hajmi oshib ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga qaramay ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining pasayib ketishi fan-texnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi pasayish o‘miga aksincha, oshishi holati yuz berishi, valyuta munosabatlarining tartibga solinmaganligi, naqd pul bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘rtasida farq mavjudligi kabi noxush holatlar sodir bo‘lib turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli dasturiy maqsad va vazifalar - islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va cheklovlami bartaraf etish, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmonida belgilangan vazifalar va muammolarni bartaraf etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini 4 topish lozim bo ‘ lgan yangi va yanada murakkab vazifalami qo ‘ ymoqda. Ushbu muammolar va hayotning o‘zi oldimizga qo‘ygan murakkab vazifalami tezroq hal qilish, ulaming yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasimng mazmunini va xususiyatlarini chuqurroq tushunish ko‘p jihatdan kishilaming iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ulaming talablari, ziddiyatli va chalkash xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish, modemizatsiyalash va diversifikatsiyalashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklaming bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi. Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlami bilish va ulaming amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlami berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ulaming ilmiy dunyoqarashini chuqurlashtirish va kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim amaliy vazifalami bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilaming daromadlari, ulaming turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilaming ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ulaming intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi. Doimiy o ‘zgarib turuvchi ichki va tashqi iqtisodiy muhit, uning insonlar, korxonalar, mamlakatlar va butun dunyoga kuchayib boruvchi ta’sirini kuzatib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan xatti-harakatlar, iqtisodiy faoliyat jarayonlarini oldindan sezish va ko‘ra bilish, qisqa- cha qilib aytganda, iqtisodiy ziyraklik - yuksak m a’naviyatli shaxs fazilatlaridan biri bo‘lib, uni chuqur iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarsiz tasavvur etish mumkin emas. Shuningdek, «Iqtisodiyot nazariyasi» fani kishilaming jamiyat iqtisodiy hayotini tashkil etish, unda faol ishtirok etish, yanada rivojlantirish borasida jamiyat va davlat oldidagi javobgarliklari, ya’ni iqtisodiy mas’uliyatlarini tarbiyalashda yetakchi o‘rin egallaydi. Biz qurayotgan erkin, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik fuqarolik jamiyatiga barcha jamiyat a’zolarida iqtisodiy madaniyatlilikni shakllantirish orqali erishishimiz mumkin. Bu esa amaldagi iqtisodiy qonunlar, qoidalar to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mehnat va ishlab chiqarish faoliyatlarini tashkil eta olish xususiyatini namoyon etib, uni faqat mazkur fan xizmatlari orqali ta’minlash mumkin. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani faqat bilish bilan cheklanmay, balki iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarning turli darajadagi amaliy tatbiqi bilan ham shug‘ullanadi. U davlatning iqtisodiy siyosatini shakllantirish, iqtisodiy islohotlami samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan nazariy qoida va amaliy tavsiyalami ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining bugungi kundagi ahamiyati yosh avlodda vatan va el-yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat hissini, turli mafkuraviy xurujlarga o‘z fikri bilan qarshi tura olish qobiliyatini tarbiyalash kabi muhim vazifalami bajarish orqali tobora oshib bormoqda. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining ahamiyati uning metodologik vazifasi orqali ham namoyon bo‘lib, fanning o‘zi, tahlili va tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini chuqur o‘rganish, uning qoida va tushunchalarini bilish boshqa iqtisodiy fanlami o‘zjashtirish va yanada rivojlantirishning garovi hisoblanadi. Lekin hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotining ichki sir-asrorlarini, uning haqiqiy qiyofasini, unda sodir bo‘lib turadigan nomutanosiblik, ishsizlik va inqirozlar kabi nohush voqea va hodisalaming sabablarini 6 sinchiklab o‘rganishga intilayotgan o‘quvchi va talabalarimiz, iqtisodiyotning muammoli tugunlarini yechishga harakat qilayotgan rahbar xodimlar, iqtisodchi mutaxassislar, bozor iqtisodiyoti bilan qiziqayotgan keng kitobxonlar ommasi talablariga javob beradigan o‘zbek tilidagi adabiyotlar, qo‘llanmalar, ayniqsa, oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tayyorlangan darsliklar yetarli emas. Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yetishmasligi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari va kollejlardagi ahvol o‘rganilib, mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-yanvarda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisidagi m a’ruzasida darslik, maxsus va badiiy adabiyotga bo‘lgan real ehtiyojni o‘rganib, turli darsliklami yaratish, ulami boshqa tillarga tarjima qilish, o‘quv yurtlari, kutubxona va axborot-resurs markazlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘ygan vazifalaridan kelib chiqib, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha mazkur darslik qayta tayyorlandi. Albatta, bu vazifaning uddasidan chiqish oson ish emas. Qo‘yilgan vazifaning murakkabligi shundan iboratki, shu davrgacha dunyodagi hech bir mamlakat iqtisodiy jarayonlami boshqarish va harakatlami uyg‘unlashtirishning bir mexanizmidan butunlay boshqasiga birdaniga o‘tgan emas. Bu uzoq davmi talab qiladigan jarayon bo‘lib, alohida davmi taqozo qiladi. Uning hamma uchun bir xil bo‘lgan o‘lchami va nusxalari ham yo‘q. Shunday ekan, bozor iqtisodiyoti davrini va mamlakatimizda hozirgi davrdagi iqtisodiy islohotlami, o‘zgaruvchan xo‘jalik tizimini faqat AQSH yoki Yevropa mamlakatlarida mavjud bo‘lgan, ko‘plari eskirib ketgan, o‘z mamlakatlarida ham inqirozlaming oldini olish, iqtisodiyotni tartibga solish yo‘llarini ko‘rsata olmagan va munozarali bo‘lib, bizning real iqtisodiy hayotimizdan ancha uzoq bo‘lgan nazariyalar asosida iqtisodiyotning rivojlanish yo‘lini yoritib bo‘lmaydi. Shuningdek, bizning iqtisodiy tafakkur tariximizda uzoq vaqt hukmron boigan, iqtisodiy hodisalami asosan sinfiy nuqtai nazaridan va sinfiy kurash jihatlaridan olib qaragan, iqtisodiy taraqqiyotning umuminsoniy tomonlarini keyingi o‘ringa surgan eski marksistik yo‘nalishdagi aqida va qoidalarga asoslanib ham bozor xo‘jaligi hamda hozirgi zamon iqtisodiyotidagi bir qator hodisalami tushuntirib bo‘lmaydi. Mazkur darslikni tayyorlashda AQSHda, Yevropa mamlakatlarida, Yaponiya, Xitoy, Malayziya, Singapur va boshqa qator mamlakatlarda mavjud bo‘lgan adabiyotlardagi g‘oyalar, shuningdek, klassik va hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarining asosiy g‘oyalarini tanqidiy o‘rganib, ulaming foydali ratsional mag'zini olishga harakat qilingan. Shu bilan birga, jahonga mashhur alloma, davlat arbobi sifatida tanilgan o‘tmishdagi vatandoshlarimiz tomonidan ilgari surilgan iqtisodiy g‘oya va fikrlar, qoidalaming asosiy mazmuni darslikka kiritilgan. Bunda u yoki bu guruhning yoki sinfning manfaati emas, birinchi navbatda, umuminsoniy, umumdavlat manfaatlari va qadriyatlar, Vatanimiz iqtisodiy rivoji manfaati asos qilib olingan va unga bir qadar ustuvorlik berilgan. Darslikda mustaqil rivojlanayotgan Vatanimizning ravnaq topishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida yashashimiz, faoliyat ko‘rsatishimiz, iqtisodiy munosabatda bo‘lishimizni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti muammolarini, uning sabab-oqibatlarini, qonun-qoidalarini, tushunchalarini, ulaming qay darajada, qanday shaklda amal qilayotganligini batafsilroq yoritishga harakat qilingan. Unda iqtisodiy jarayonlaming faqat yuzaki, ko‘rinib turgan tomonlarigagina emas, shu bilan birga, ulaming ichki mohiyati, ziddiyatlari va bog‘lanishlariga, iqtisodiy jarayonlaming sabab va oqibatlariga alohida e ’tibor berilgan. Mazkur darslikda 0 ‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va hozirgi davrda respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining muammolari, ayniqsa, qabul qilingan qonun, qaror va farmonlarda, prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning m a’ruza va nutqlarida bayon etilgan tamoyillar, xususiyatlar ham qamrab olishga harakat qilingan hamda nazariyani amaliyotga yaqinlashtirish maqsadida bozor iqtisodiyotining ko‘pgina umumiy qonun-qoidalari bevosita 0 ‘zbekiston hayoti misolida yoritilgan. Darslikni tayyorlashda dialektik, ilmiy asbtraksiya, tahlil va sintez, tarixiylik va mantiqiylikning birligi va boshqa qator ilmiy usullardan foydalanilgan. Bunda, ayniqsa, har bir iqtisodiy voqea, hodisa, jarayon va tushunchalar bir-biriga qarama-qarshi boigan ikki tomon birligidan iborat deb qaralib, ikki tomonlama yondashuv va tahlil usuli kengroq qo‘llanilgan, shu yo‘l bilan yoritilayotgan masalaning asl mohiyatini tushunish osonlashtirilgan. Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda misollar, jadvallar, rasmlar va grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilingan. Ushbu darslik yangi davlat standarti talablari bo‘yicha tuzilgan va Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan dastur asosida yozilgan. Unda dasturdagi mavzular asosan qamrab olingan, ko‘pgina materiallar imkon darajasida qisqartirib berilgan. Shuning uchun matnda kamchilik va munozarali jihatlar ham bo‘lishi mumkin. Darslikni tayyorlashda o‘qitishning yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir bobdan keyin xulosalar, asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek, takrorlash va munozara uchun savollar ham berilgan. Mazkur darslikning asosiy mazmuni 2000-yilda muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nashr qilingan «Iqtisodiyot nazariyasi» ma’ruzalar matni, 2002-yilda nashr qilingan «Iqtisodiyot nazariyasi» o‘quv qo‘llanmasi, 2005-yilda va 2010-yilda nashr qilingan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida bayon etilgan boiib, ko‘pchilikning muhokamasi va mulohazasidan o‘tgan. Ushbu matnda yuqoridagi kitoblaming asosiy mazmuni saqlanib qolingan holda, keyingi yillarda, ayniqsa hozirgi davrda mamlakatimiz iqtisodiy hayotida sodir boiayotgan o‘zgarishlar, yangi qabul qilingan qonunlar va qarorlar, Prezidentimizning ma’ruza va nutqlarida ilgari surilgan g‘oyalar, shuningdek, AQSH, Yevropa mamlakatlari, Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlar hamda mamlakatimizda chop etilgan iqtisodiy adabiyotlardagi muhim deb hisoblangan g‘oyalar kiritilgan. Ushbu darslikda iqtisodiy jarayonlar, voqea-hodisalar obyektiv tahlil qilinib, yetarli ilmiy-uslubiy asosda yoritishga harakat qilingan. Ushbu darslik talaba va o‘quvchilami nazariy va uslubiy bilim bilan qurollantirib, iqtisodiy jarayonlami bilishga, tafakkur qilishga va mustaqil ravishda tahlil qilishga o‘rgatadi, degan umiddamiz. Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur darslik asosan oliy o‘quv yurtlari talabalari va magistrantlari uchun m o‘ljallangan bo‘lib, shu9 ningdek, undan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, katta ilmiy xodim izlanuvchilar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin. Mualliflar darslikning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinish tartibi va uslubi bo‘yicha bildirilgan har qanday taklif-mulohazalami minnatdorchilik bilan qabul qiladi va keyingi ilmiy faoliyatlarida, o‘quv qo'llanma, darsliklar tayyorlashda hisobga oladi.


Download 159.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling