3-SEMESTR:
3.1. Ushbu 3-semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish faqat yakuniy nazorat turini o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
3.2. Talabaning seminar mashg’uloti va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash III-bo’limda nazarda tutilgan mezonlar asosida quyidagi sonda amalga oshiriladi:
Mashg’ulot turi
|
Baxolashlar soni
|
Masofaviytopshirganda
|
Amaliy
|
1 marta
|
dl.urdu.uz dagi fanda 2 ta “Amaliy topshiriq” elementiga topshiriq natijalarini qistiradi
|
Mustaqil ta’lim
|
1 marta (referat)
|
dl.urdu.uz dagi fanda mustaqil ish natijasini belgilangan muddatgacha tizimning “Mustaqil ish topshiriqi” bo’limiga qistiradi
|
Mazkur baxolash professor-o’qituvchi tomonidan talaba fanni qanday o’zlashtirayotgani kuzatib borish uchun amalga oshiriladi va yakuniy nazorat turini baxolashda inobatga olinmaydi.
3.3. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (III-bo’limda nazarda tutilgan mezonlar) 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o’tkaziladi:
1 savol: nazariy
2 savol: nazariy
3 savol: amaliy
(yoki “dl.urdu.uz da 30 ta test savoliga” deb almashtirish mumkin)
Yakuniy nazoratturinio’tkazishushbushakli kafedra tomonidanbelgilangan.
III. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |