Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги андижон машинасозлик институти “ижтимоий фанлар” кафедраси


Taraqqiyotning o‟zbek modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyutsion-tadrijiy ravishda isloh etishdir


Download 0.79 Mb.
bet28/131
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#245328
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè àíä

Taraqqiyotning o‟zbek modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyutsion-tadrijiy ravishda isloh etishdir
Jamiyatni isloh etishning besh tamoyili:


  1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi.

  2. Davlat - bosh islohotchi.

  3. Qonunning ustuvorligi.

  4. Kuchli ijtimoiy siyosat.




  1. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish.

O‘zbek modeli tushunchasi, avvalo, O‘zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo‘lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo‘naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo‘ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini



anglatadi.
Biz qanday jamiyat barpo etmoqlamiz, degan masala Prezidentimizning «O‘zbekiston XX1 asrga intilmoqda» (1997), «O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» (2002), «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» (2005) kabi asarlarida ayniqsa o‘zining tugal va mukammal ifodasini topdi. Unda qurilajak yangi jamiyatning ilmiy-falsafiy kontseptsiyasi, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning navbatdagi strategik vazifalari asoslab berilgan. Ana shu masalalarni bajarish milliy istiqlol g‘oyasining pirovard maqsadlarini belgilaydi va bu maqsadlarga yetishga xizmat qiladi.
Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko‘pmulkchilikka va ular o‘rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo‘lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi.
Mustaqil taraqqiyot yo‘liga chiqqan O‘zbekiston uchun eng asosiy, bosh masala milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqillikning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yaratish edi. Mazkur masalaga mustaqillikka erishgan barcha mamlakatlar turli davrlarda duch kelishgan va ular bu masalani turlicha hal etishgan. SHu sababli ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy taraqqiyotning «SHved modeli», «Amerika modeli», «Yapon modeli» kabi tushunchalar ishlatilmoqda. Mazkur tushunchalar zamirida muayyan mintaqa yoki mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyotida siyosiy-iqtisodiy islohotlarni qaysi yo‘l bilan, qay yo‘sinda amalga oshirilishi bilan bir-biridan farqlanadi.
Mamlakatimizda eski mahmuriy-buyruqbozlik tizimining ustunlari bo‘lgan hokimiyat va boshqaruv organlari barham toptirildi. Jumladan, Sobiq Kommunistik partiyaning yakka hokimligiga chek qo‘yildi. Joylardagi ijroiya hokimiyatining eski tizimi tugatildi.








Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling