Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги андижон машинасозлик институти “ижтимоий фанлар” кафедраси


Umumiy o„rta ta‟lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o„rganishga yangicha yondashuv - barkamol avlodni tarbiyalash garovi


Download 0.79 Mb.
bet73/131
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#245328
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè àíä

Umumiy o„rta ta‟lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o„rganishga yangicha yondashuv - barkamol avlodni tarbiyalash garovi. Bugungi kunda millionlab bolalarimiz yangitdan barpo etilgan va rekonstruktsiya qilingan 10 mingga yaqin maktablarda, 1556 ta litsey va kollejda, 70 dan ziyod oliy o‗quv yurtlarida yangi ta‘lim tizimi asosida bilim va tarbiya olib, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo‗lib, xayotda o‗z munosib o‗rnini topmoqda, mamlakatimiz ta‘lim modelining samarasi va raqobatdoshligi xalqaro maydonlarda tan olinmoqda.
Umuman, umumiy o‗rta ta‘lim tizimi isloxotlarini yanada demokratlashtirish tufayli chet tillar hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muxim va talab yuqori bo‗lgan fanlarni chuqur o‗rganish yoshlarning bilim va saloxiyatini yanada oshirishga, mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Tizimda raxbar va pedagog kadrlarning masofadan malaka oshirishi bo‗yicha zamonaviy metodlar joriy etilgan. Birgina 2016 yilda 93 mingdan ortiq raxbar va pedagog kadrlar 140 ta malaka toifasi asosida o‗z maxoratini oshirdi.
Xozirgi kunda yurtimizdagi umumta‘lim maktablarida 389 ming 740 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 2016 yilda o‗qituvchilar bilim darajasini o‗rganish bo‗yicha sinovlar o‗tkazildi. Jami 20 ming 119 nafar o‗kituvchidan 17250 (89,5 foizi) nafari sinovdan muvaffaqiyatli o‗tdi. Qolgan 2869 nafar o‗qituvchi navbatdan tashqari malaka oshirish kurslarida o‗z bilimini oshirib

bormoqda.


2017 yil 14 yanvarda bo‗lib o‗tgan Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisida davlatimiz raxbari ta‘lim-tarbiya tizimida o‗quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‗rib chiqish zarurligini qayd etdi. Ta‘lim muassasalarida darslarni samarali tashkil etishda, yetuk kadrlar bilan bir qatorda ta‘limga doir me‘yoriy xujjatlar, o‗quv-uslubiy ta‘minotning o‗rni katta. Prezidentimiz tomonidan o‗qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish, o‗quvchilarning ongli ravishda kasb-xunar tanlash ishtiyoqini kuchaytirish, darsliklarni yaratishga butunlay yangicha yondashish kabi dolzarb vazifalar aynan shu maqsaddan kelib chiqqan xolda qo‗yilmoqda. Haqiqatan ham globallashuv jarayonning jadallashuvi o‗quv dasturlarini tubdan qayta ko‗rib chiqishni, keng bilimga ega bo‗lgan, mantiqiy fikrlay oladigan yoshlarni voyaga yetkazishga xizmat qiladigan, takomillashgan me‘yoriy xujjatlar, o‗quv-metodik majmualarni yaratishni taqozo etmoqda.
Metodik xizmatning o‗qituvchi extiyojiga asoslangan yangi shakllarini yaratish, ta‘lim sifatini baxolash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish ham muxim vazifalardan xisoblanadi. Bu kabi ishlarning yo‗lga qo‗yilishi ayni paytda aholining xaqli e‘tiroziga sabab bo‗layotgan bir qator muammolarni, jumladan, o‗quv muassasalarida ta‘lim-tarbiya jarayonidagi kamchiliklarning barham topishiga xizmat qiladi.
Kasb-hunar kolleji talabalarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassisliklar bo„yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish. 2017-2021 yillarda amalga oshiriladigan tadbirlar tufayli mamlakatimizdagi 135 ta o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. So‗nggi yillarda kollej bitiruvchilari tomonidan o‗z biznesini tashkil etishga bo‗lgan intilish kuchayib borayotganini yaqqol kuzatish mumkin. Bitiruvchilarning o‗z biznesini tashkil etish istagi oshib borishiga quyidagi omillar ta‘sir ko‗rsatmoqda:


  1. Kollejlarda ta‘lim-tarbiya ishi zamon talablari darajasida tashkil etilayotgani, o‗quv ustaxonalarining sohaga oid eng ilg‗or vositalar bilan jixozlangani natijasida bitiruvchilarda o‗zi tanlagan mutaxassislik bo‗yicha yetarli bilim va kasbiy ko‗nikmalarni o‗zlashtirish imkoni kengayib bormoqda.




  1. Kichik biznes va tadbirkorlik davlat tomonidan xar tomonlama qo‗llab-quvvatlamoqda.




  1. Bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida xududlarda «Mikrokreditbank», Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda «Yosh tadbirkor - yurtga madadkor», «Mening biznes g‗oyam» kabi mavzularda turli seminarlar va ko‗rik-tanlovlar tashkil etilmoqda.




  1. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanish istagini bildirgan bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar berilmoqda.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta‘minlash masalasiga davlat raxbarining bevosita jon kuydirishi bejiz emas. Bu - mamlakat ertasining xal qiluvchi kuchi bo‗lgan yoshlar xayoti, qolaversa, ularning ortida turgan odamlar, oilalar taqdiriga daxldor bo‗lgan masaladir.


Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining korxonalarni tanlashi quyidagi ko‗r-

satkichlar asosida amalga oshirilmoqda:










  • mehnat bozorida raqobatdosh, yuqori talabga ega mutaxassislikka o‗rgatish imkoniyatining mavjudligi;




  • doimiy ish o‗rniga qabul qilish imkoniyatining mavjudligi;




  • kasb-hunar o‗qitish, malaka oshirish sharoitlarining mavjudligi.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling