Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бердақ номидаги қорақалпоқ давлат университети


O’quv fanining maqsadi va vazifalari


Download 1.17 Mb.
bet48/64
Sana09.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1182447
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64
Bog'liq
Комплекс бтф узб 2018 (2)

O’quv fanining maqsadi va vazifalari
“Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari” fanining asosiy maqsadi – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi mutaxassislar bo’lib etishadigan talabalar uchun O’zbekiston Respublikasida davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari haqida nazariy bilimlar berish, ularda mamlakatni modernizatsiya qilish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalarini g’aznachilik tizimi asosida boshqarish va nazorat jarayonlarining muhim yo’nalishlari bo’yicha asosiy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalarining iqtisodiy mohiyati va ahamiyatini o’rganish; O’zbekiston Respublikasida mamlakatni modernizatsiya qilish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalarining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish; ijtimoiy va iqtisodiy fondlarning moliyaviy jihatlarini ochib berish; maqsadli fondlarni shakllantirishning xorij tajribalarini o’rganish; davlat budjeti tarkibidagi maqsadli fondlarning daromadlarini shakllantirish mexanizmini ko’rib chiqish; Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalarining daromadlarni va xarajatlarni boshqarish jarayonlariga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini tadbik etish masalalarini aniqlash; O’zbekiston Respublikasida g’aznachilik tizimi sharoitida Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari daromadlarini oshirish va xarajatlarini optimallashtirish yo’llarini belgilashdan iborat.
Mazkur fanni o’qitishda ma’ruza, amaliy mashg’ulotlardan, shuningdek, o’qitishning interaktiv uslublari va vositalaridan foydalaniladi.
Ushbu fanni o’rganish jarayonida talabalar Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari va ularni shakllanirish hamda xarajatlarin moliyalashtirish munosabatlarini tashkil etish nazariyasi va amaliyotiga oid bilimga, uquvga va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim. Talabalar umumnazariy va umumiqtisodiy fanlardan olgan bilimlari bilan bir qatorda, Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari va moliyaviy qonunchilik borasidagi yangiliklardan, mamlakat va xorijiy davlatlar Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalarining budjetning g’azna ijrosi orqali amalga oshirilishi amaliyotidan xabardor bo’lishlari lozim.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling