Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги гулистон давлат университети
Ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbij psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtiyorsiz esda olib qolish
- Ixtiyoriy esda qoldirish
- Ixtiyoriy (irodaviy) esda olib qolish
- ESGA TUSHIRISh VA UNING XILLARI O’tmishda idrok qilingan narsalarning his-tuyg’u, fikr va ish- harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishini esga tushirish deyiladi.
- Tanish va eslash. Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilganda, u narsa yoki hodisa esga tushadi, ana shuni tanish deymiz.
- Eslash narsani, uning o’zini shu paytda idrok qilmay turib, esga tu- shirishdir.
- Uchinchi savol bo’yicha darsning maqsadi
- Uchinchi savolning bayoni . Esda olib qolish shartlari.
- To’rtinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarni xotira tiplari va kasbiy maslahatda xotira qonuniyatlarining ahamiyati bilan tanishtirish. Identiv o’quv maqsadi
- To’rtinchi savolning bayoni . Xotira tiplari va kasbiy maslahatda xotira qonuniyatlarini hisobga olish.
- 9-mavzu: “Tafakkur va kasbni egallash ” mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi TG ’r
- Identiv o’quv maqsadlari.
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Taqqoslash, analiz va sintez, abstraksiya va umumiylashtirish, aniqlashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish, a
- O’qituvch i, 15 minut 5 O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi: 5.1.
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
- Birinchi savolning bayon Tafakkur operatsiyalari.
- Tafakkur — voqelikning umumlashtirib aks ettirilishidir.
- Tafakkur operatsiyalari.
Ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish Esda olib qolish ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo’lmog’i mumkin. Ixtiyorsiz esda qoldirish oldimizga hech bir qanday maqsad qo’ymasdan, esga olinadigan materialni oldin belgilamasdan va maxsus usullar qo’llamasdan, beixtiyor esda qoldirishdir. Masalan, biz, odatda, ko’chada tasodifiy ko’rgan kishilarning aft- basharasini, tasodifiy eshitib qolgan ba’zi gap va kuylarni beixtiyor esimizda (xotiramizda) saqlab qolamiz. Hayotimizda bo’lib o’tgan ko’p hodisa va voqealarni ham biz ana shunday beixtiyor esimizda saqlab qolamiz. Ko’pincha beixtiyor idrok qilingan narsa yoki hodisalar beixtiyor esda qoladi. O’zining rang-barangligi, ovozi, harakati bilan ko’zga juda yaqqol ko’rinib turadigan, bizda kuchli hissiyot uyg’otadigan, o’tmishdagi tajribamizga, mavjud bilimlarimizga, bizning kasb va faoliya-timizga oid, biz uchun alohida ahamiyati bo’lgan va bizda qiziqish-havas tug’diradigan shunday narsa yoki hodisalar xotiramizda beixtiyor saqlanib qoladi. Ko’pincha ixtiyoriy atayin idrok qilingan narsa yoki hodisalar ham beixtiyor esda qolaveradi. Ko’p hollarda biz bironta suratni ko’rishni, bironta kitobni o’qib chiqishni, bironta ma’ruzani eshitishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yamiz, ammo ko’rilgan, o’qilgan, eshitilgan narsalarning mazmunini esda olib qolish niyatini o’ylaymiz, lekin, shunga qaramay, ixtiyoriy idrok qilingan kitob, surat, nutqning mazmunini beixtiyor eslab qolamiz. Ixtiyorsiz esda olib qolish ixtiyoriy esda olib qolish jarayonidan batamom ayrilgan bo’lmaydi: ko’pincha ixtiyoriy esda qoldirishda ixtiyorsiz esda olib qolish yuz beradi yoki esda olib qolinadigan material biror amaliy faoliyat tarkibiga kirgan bo’ladi. Ixtiyoriy esda qoldirish ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq, tanlangan materialni ongli ravishda kuch berib maxsus esda qoldirishdir. Ixtiyoriy esda qoldirishda materialni puxta esda saqlab qolish maqsadida biz maxsus usullardan foydalanamiz: diqqatimizni to’playmiz, idrok qilingan materialni takrorlaymiz, uning mazmunini o’qib olish uchun harakat qilamiz, ilgarigi tajriba va bilimlarimiz bilan uni bog’laymiz va hokazo. 60 60 Sistematik ravishda esda qoldirish yodlab olish, o’rganib olish deyiladi. Bizning o’quv ishlarimiz — bilimlarni o’zlashtirish, tegishli ko’nikma va malakalar hosil qilish asosan ixtiyoriy esda qoldirish yo’li bilan bo’ladi. Yodlab, o’rganib olish tartib bilan esda qoldirish demakdir. Ixtiyoriy esda qoldirish anglab bilib esda qoldirishdir. Ixtiyoriy (irodaviy) esda olib qolish eng samarali va puxta esda qoldirish- dir. Bunda esda olib qolish maqsadini ko’zda tutishning esda olib qolish lozim bo’lgan materialni tanlashning o’ziyoq uni eng samarali yo’sinda esda qoldirishga sabab bo’ladi. Esda olib qolishda ma’lum materialni xotirada qoldirish zarur va kerak ekanini tushunish ahamiyatga egadir. Esda olib qolishga jazm qilish, maqsadni ko’zlash, kerak materialni tanlash, motivatsiya (nima maqsad bilan esda qoldirish kerakligini bilish) — bularning hammasi tafakkur faoliyati bilan bog’liq bo’ladi. Shu sababli ixtiyoriy esda qoldirish asosan ma’nosiga tushunib, ongli va binobarin, eng unumli ravishda esda qoldirishdir. ESGA TUSHIRISh VA UNING XILLARI O’tmishda idrok qilingan narsalarning his-tuyg’u, fikr va ish- harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishini esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po’stida ilgari hosil bo’lgan nerv bog’lanishlarining qo’zg’alishidir. Esga tushirishning: tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma’lum bir vaqt o’tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy eslash xillari bo’ladi. Tanish va eslash. Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilganda, u narsa yoki hodisa esga tushadi, ana shuni tanish deymiz. Oshnamizni yoki uyni tanish deganimizda, buning ma’nosi biz shu oshnamizni yoki uyni ilgari ko’rganimizda hosil bo’lgan obraz, his va fikrlarning oshnamizni yoki uyni ikkinchi ko’rganimizda ongimizda tiklanishi demakdir. Tanish aniq (to’liq) va noaniq (yarim-yorti) bo’lmog’i mumkin. Yarim metr taniganimizda shu narsani idrok qilish bilan bog’liq bo’lgan ba’zi bir tasavvur, his va fikrlargina g’ira-shira esimizga tushadi, biz bu narsa bizga notanish emasligini his qilamiz, xolos. Lekin bu tasavvur va fikrlar xuddi shu narsani ilgari ko’rganimizda tug’ilgan tasavvur va fikrlarga bog’lanmagan holda esimizga tushadi: masalan, bir odam ko’zimizga issiq ko’rinadi-yu, ammo uni qachon, qaerda ko’rganimizni eslay olmaymiz. Yarim-yorti tanishda shu narsa, umuman nima uchundir tanish ekani his qilinadi, lekin to’liq esga tushmay turadi. Tiniq, aniq tanishda esa shu paytda idrok qilinayotgan bir narsaga doir ilgari hosil bo’lgan tasavvur va fikrlar ongimizda tiklanadi. Ana shu tasavvur va fikrlar bir talay boshqa tasavvur va fikrlar bilan bog’lanib esga tushaveradi. Bunday holda biz shu narsani qaerda va qachon ko’rganimizni ham bemalol eslay olamiz. Masalan, biz bir kishi bilan uchrashganimizda uning o’zini ham taniymiz va ilgari u bilan qaerda, qanday sharoitda uchrashganimizni, nima to’g’risida gaplashganimizni va hokazolarni ravshan eslay olamiz. Ko’pincha, yarim-yorti tanish, umuman tanish ekanini his qilish bir necha vaqtdan keyin 61 61 to’la, aniq tanishga o’tadi. Bunga shu narsa bilan ilgari uchrashgan erni ikkinchi ko’rish yoki shu narsani ilgari qaerda ko’rganimizning esga tushirilishi yordam beradi. Masalan, so’z bilan tasvirlab berilgan bir uyni yoki bir odamni topib olish, kitobdan o’qib tasvirini bilib olgan bir hayvonni hayvonot bog’ida ko’rib tanish mumkin. Eslash narsani, uning o’zini shu paytda idrok qilmay turib, esga tu- shirishdir. Eslaganda xotirada qolgan obraz, his va fikrlar shu paytda sezgi organlarining ishtirokidan tashqari esga tushadi. Masalan, biz bo’lib o’tgan voqealarni, o’rganib olgan she’rni ana shunday esimizga tushiramiz. Tanish singari, eslash ham, to’lalik va aniqlik jihatdan har xil bo’lmog’i mumkin. Esda qolgan narsa qisman esga tushsa, buni yarim-yorti eslash deymiz. Ammo esga tushgan materialning mazmuni esda qolgan materialga ma’lum darajada muvofiq bo’lmasa, buni noaniq eslash deymiz. Ba’zan esda qolgan bironta materialning mazmuni mukammal esga tushadi- yu, ammo shu material qachon, qaerda, qanday sharoitda esda olib qolinganligini yoki birinchi marta, boshimizdan kechirilgan paytini eslay olmaymiz. Masalan, biz she’rni yod aytib bera olsak ham, uni qachon va qaerda o’rganib olganimizni eslay olmasligimiz mumkin. Uchinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarni esda olib qolish shartlari bilan bilan tanishtirish. Esda saqlashni ta’riflash. Nerv sistemasining plastiklik xususiyatini o’rgatish. Identiv o’quv maqsadi: 1. Esda olib qolish shartlari bilan bilan tanishtiradi. 2. Esda saqlashni ta’riflaydi. 3. Nerv sistemasining plastiklik xususiyatini o’rgatadi. . Uchinchi savolning bayoni . Esda olib qolish shartlari. Idrok qilingan narsalar miyamizda o’rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli turli usulda esimizga tushishi mumkin. Esda saqlash deyilganda, ilgari tug’ilgan taassurot, fikr, his-tuyg’u va sh- harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishini tushunamiz. Ana shunday moyillikning hosil bo’lishi mustahkamlanib qolishiga sabab nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi alohida xususiyatga ega bo’lishidir. Shuning uchun ham nerv sistemasi ilgari bo’lib o’tgan taassurotlarni takrorlashga (tiklashga) tayyor turadi. Esda tutish haqida gapirar ekanmiz, xotirada qolgan material qay larajada va qachongacha unutilmasdan esda saqlanib tura oladi, degan avol tug’iladi. Materialning qanday va qancha vaqt esda saqlanib turishini biz materialni qay darajada eslay olishimizga qarab bila olamiz, xolos. Esga tutish haqida gapirilganda, ko’pincha, esga tushirishning faqat bir xilini, a’ni ixtiyoriy esga tushirishni ko’zda tutiladi. Ammo ixtiyoriy esga tu-tiirish eng ko’p kuch sarf qilishni talab etadigan jarayon bo’lganligidan a, shu bilan birga, bizga xuddi 62 62 shu paytda kerak bo’lib qolgan material, datda, darrov esga tushavermaganligidan, shunday bir fikr: esga olib olingan materialning bir qismi (ba’zan ko’pi) go’yo tamomila unutiladi, egan fikr tug’iladi. Shu sababli, unutish hodisasini ilgarilari esda olib qolingan narsalar- ning ongimizdan tamomila yo’qolishi, ya’ni uni esda tutishga batamom qarama-qarshi jarayon deb tushuniladi. Ammo bunday deb tushunish uncha asosli emas. Shuni esda tutish kerakki, esga tushirish faqat xotiraga keltirish usuli bilangina emas, balki tanish vositasi bilan ham voqe bo’ladigan jarayon-dir. Biz ilgarilari esda qoldirgan har bir narsani keyinchalik qay darajada bo’lmasin tanib olamiz. Bundan tashqari, har bir idrokda tanib olish dementi bor. Demak, xotiramizda ixtiyoriy esga tushiriladigan narsadan ko’ra xayolda ko’p narsa saqlanib turar ekan. So’ngra, biz o’qib olgan material, biz uni esda olib qolgan vaqtda mazmunan va shaklan qanday bo’lgan bo’lsa, albatta aynan shunday saqlanib turavermaydi. Lekin bir qancha narsalar, masalan, odatlanilgan ish-harakat, ko’paytirish jadvali, matematika va grammatikaga oid har xil ta’riflar, she’rlar, telefon nomerlari va shu kabilar esimizda mazmunan va shaklan o’zgarmasdan aynan saqlanib turishi mumkin. Ammo ko’p narsa esimizda aynan saqlanib qolmaydi, biz ba’zan esa esda aynan saqlab qo-lish kamdan kam uchraydi, deb o’ylaymiz. Ammo esda qolgan hamma materialni to’la-to’kis va aynan esga tushirish mumkin emasligidan, shu material esimizda saqlanib qolmaydi, degan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Esda qoldirilayotgan material, uni yod-ga olib qolish va esda saqlanib turish jarayonida qaytadan tuziladi, re-konstruksiya qilinadi. Rekonstruksiya, ko’pincha xotira mahsuli to’g’risida fikrimizning faol ishlashi natijasida voqe bo’ladi. Xotirada qolgan material kishining ongida mustaqil «ishlanib chiqilgandan» keyin shaxsning o’z xazinasi bo’lib qolgandagina xotira qiymatli sifatga ega bo’ladi. Shunday qilib, xotira faoliyatini keng ma’noda tushunish lozim, chun-ki xotira materialni mexanik ravishda esda qoldirish va uni aynan esga tushirish qobiliyati bilan cheklanib qolmaydi. Bizning xotiramizda biz aynan esga tushira oladiganlarimizdan va esga tushirish kerak bo’lib qoladi-ganlardan ko’ra juda ko’p narsa saqlanib turadi, deb o’ylashga haqimiz bor. To’rtinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarni xotira tiplari va kasbiy maslahatda xotira qonuniyatlarining ahamiyati bilan tanishtirish. Identiv o’quv maqsadi: Talabalarni xotira tiplari va kasbiy maslahatda xotira qonuniyatlarining ahamiyati bilan tanishtiradi. To’rtinchi savolning bayoni . Xotira tiplari va kasbiy maslahatda xotira qonuniyatlarini hisobga olish. 63 63 Xotira tufayli ongimizda faqat hozirgi paytdagi narsalar, hodisalar aks etib qolmay, balki o’tmishda idrok qilingan narsa va hodisalar, kechirgan tuyg’u, fikrlar ham aks etadi. Odam xotira tufayli malaka va ko’nikmalar hosil qiladi, bilimini boyitadi va saviyasini kengaytiradi. Xotira boshqa psixik jarayon- larning faoliyati va taraqqiysi uchun katta ahamiyatga egadir. Xotira inson faoliyatining hamma xillarida ancha muhim rol o’ynaydi. Hatto yosh bolalar ham agar ularda ba’zi bir bilim, ko’nikma va malaka-lar bo’lsagina o’ynay oladilar, bo’lmasa o’ynay olmaydilar. Har qanday mehnat xoh jismoniy, xoh aqliy mehnat zarur bilim, malaka va ko’nikmalar mavjud bo’lganidagina amalga oshmog’i mumkin. Xotiraning ahamiyati ta’lim ishlarida, ayniqsa, yaqqol ko’rinadi. Har kimning o’ziga xos xotira xususiyatlari bor. Har kimning xotirasi-dagi farq xotiraning kuchida ifodalanadi, ma’lumki, xotirasi kuchli va xoti-rasi zaif odamlar bor. A.S. Pushkinning zamondoshlaridan bin: «Bir sahifa she’rni yod aytib berish uchun Pushkinga bu she’rni bir-ikki marta o’qib chiqish kifoya qilardi» deb gapirganligi ma’lum. Kompozitor Motsart bir-ikki marta eshitgan murakkab musiqa asarini esida qoldira olganligi va keyinchalik shu asarni notaga aynan yod ko’chira olganligi ma’lum. Kompozitor Balakirevning ham xotirasi nihoyatda kuchli bo’lgan. Bir kuni u Chaykovskiydan simfoniya asarlaridan birini chalib berishni ilti-mos qilganda, Chaykovskiy o’zining shu simfoniyasini eslay olmagach, Balakirev Chaykovskiyning bu simfoniyasini konsertda bir marta eshitgan bo’lsa ham, fortepianoda bexato, aynan chalib bergan. Xotira tufayli ongimizda faqat hozirgi paytdagi narsalar, hodisalar aks etib qolmay, balki o’tmishda idrok qilingan narsa va hodisalar, kechirgan tuyg’u, fikrlar ham aks etadi. Xotiraga ega bo’lmaganimizda edi biz shu paytda idrok qilinayotgan narsa va hodisalarnigina aks ettirar edik, shu bilan birga, idrok qilinayotgan narsa va hodisalar hamma vaqt bizga yangi, nota-nishdek ko’rinar edi. Odam xotira tufayli malaka va ko’nikmalar hosil qiladi, bilimini boyitadi va saviyasini kengaytiradi. Xotira boshqa psixik jarayon-larning faoliyati va taraqqiysi uchun katta ahamiyatga egadir. Idrok to’g’risidagi bobda biz, xotira idrokimizni boyitadi, deb ko’rsatib o’tgan edik. Xotira mahsuli bo’lgan tasavvur, shuningdek, fikr bilim va bizning tajribalarimiz xotiramizda mustahkam o’rnashib qolsa, bu bilan xayol, tafakkur, nutq, iro-da va his faoliyati hamda taraqqiysi uchun sharoit ta’minlangan bo’ladi. Odamning tasavvurlari boyligi va xotirasida mustahkam o’rnashib qolgan bilimlari boyligi qanchalik boy bo’lsa, uning idroki ham shuncha-lik mazmundor, to’la, aniq bo’ladi. Xayol, tafakkur, nutq va irodasining faoliyati ham samarali bo’ladi. Xotira inson faoliyatining hamma xillarida ancha muhim rol o’ynaydi. Hatto yosh bolalar ham agar ularda ba’zi bir bilim, ko’nikma va malaka-lar bo’lsagina o’ynay oladilar, bo’lmasa o’ynay olmaydilar. Har qanday mehnat xoh jismoniy, xoh aqliy mehnat zarur bilim, malaka va ko’nikmalar mavjud bo’lganidagina amalga oshmog’i mumkin. Xotiraning ahamiyati ta’lim ishlarida, ayniqsa, yaqqol ko’rinadi. 64 64 Maktabdagi ta’lim ishlarining eng birinchi va asosiy vazifasi o’quvchilarni fanlar asosi bilimi bilan qurollantirish, boyitishdir. Xotirada mukammal bilmay turib fan asoslarini o’qib olish mumkin emas. Maktablarda ta’lim ishlari shunday yo’lga qo’yilmog’i kerakki, o’quvchilarga o’qitilayotgan material ularning xotirasida mustahkam saqlanib qoladigan bo’lsin. Shu sababdan, o’qituvchi ta’lim jarayonida o’z o’quvchilarini o’rganib, har bir o’quvchisini yaxshi bilishi, jumladan, har bir o’quvchisining xotirasi qanday ekanligini, bu xotiraning qanday o’sib borayotganligini, xotira-ning o’sishiga nimalar sabab bo’layotganini va o’quvchilarning xotirasini maktab ta’limi ishlari jarayonida qanday yo’l va vositalar bilan o’stirish kerakligini bilmog’i lozim. 9-mavzu: “Tafakkur va kasbni egallash” mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi TG ’r Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni Amalga oshiruvchi shaxs, vaqt 1 Tayyorlov bosqichi: Dars maqsadi: Tafakkur operatsiyalarini tushuntirish. Tafakkur shakllarini ajratish. Tafakkurning individual xususiyatlarini belgilash. Kasbni egallashda tafakkur o’rni va kasb turlarida tafakkurni namoyon bo’lishini ko’rib chiqish. Identiv o’quv maqsadlari. 1. Tafakkur operatsiyalarini tushuntiradi. 2. Tafakkur shakllarini ajratadi. 3.Tafakkurning individual xususiyatlarini belgilaydi. 4. Kasbni egallashda tafakkur o’rnini bayon qiladi. 5. Kasb turlarida tafakkurni namoyon bo’lishini ko’rib chiqadi. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Taqqoslash, analiz va sintez, abstraksiya va umumiylashtirish, aniqlashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish, abstraksiya, makoniy, xronologik va mantiqiy. 1.3. Dars shakli: kirish-axborotli ma’ruza 1.4. Foydalaniladigan metod va usullar: suhbat, baxs, videousul, ko’rgazmali ma’ruza, namoyish etish, savol- O’qituvch i 65 65 javob, suhbat, tushuntirish, taqdimot. 1.5. Kerakli jihoz va vositalar: darslik, ko’rgazmali qurollar, test ishlanmalari, anketa savollari, tarqatma materiallar, vedio tasmalar, slaydlar, vedio proektor, axborot texnologiyalari, ko’rgazmali materiallar. 2 O’quv mashg’ulotni tashkil qilish bosqichi: 2.1. Mavzu e’lon qilinadi. 2.2. Ma’ruza boshlanadi, asosiy qismlari bayon qilinadi. O’qituvch i, 15 minut 3 Guruhda ishlash bosqichi: 3.1. Talabalarga tafakkur psixologiyasiga oid muammoli savol beriladi. 3.2. Talabalarning tafakkur psixologiyasi haqida fikri eshitiladi va boshqa talabalar baxsga chaqiriladi. 3.3. Talabalarning tafakkur psixologiyasi haqida fikri tinglanib, umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tekshiriladi. 3.4. Umumiy xulosani o’qituvchi bayon qiladi. O’qituvch i-talaba, 40 minut 4 Mustahkamlash va baholash bosqichi: 1. Tafakkurni ta’riflang ? 2. Kasbni egallashda tafakkurning o’rnini o’qing va o’rganing. Tafakkur operatsiyalarini belgilang. 3. Tafakkur shakllarini ta’riflang. O’qituvch i, 15 minut 5 O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi: 5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi. 5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. O’qituvch i, 10 minut Asosiy savollar: 1.Tafakkur operatsiyalari. 2.Tafakkur shakllari va individual xususiyatlari. 3.Kasbni egallashda tafakkur o’rni va kasb turlarida tafakkurni namoyon bo’lishi. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Taqqoslash, analiz va sintez, abstraksiya va umumiylashtirish, aniqlashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish, abstraksiya, Makoniy, xronologik va mantiqiy. Birinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarni tafakkur operatsiyalari bilan tanishtirish. Tafakkurning voqelikning umumlashtirib aks ettirilishi ekanligini tushuntirish Identiv o’quv maqsadi: Talabalarni tafakkur operatsiyalari bilan tanishtiradi . Tafakkurning voqelikning umumlashtirib aks ettirilishi ekanligini tushuntiradi. Birinchi savolning bayon Tafakkur operatsiyalari. 66 66 Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur atrofdagi olamni bilish qurolidir va inson oqilona amaliy faoliyatining vujudga kelishi uchun shartdir. Tafakkur jarayonida fikr paydo bo’ladi, bu fikrlar insonning ongida muhim tushunchalar shaklini oladi. Tafakkur nutq til bilan chambarchas bog’langan. Insonda tafakkur va nutq bo’lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi va shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o’z atrofidagi olamda bo’lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi, ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi. Masalan, biz quyoshning har kun Sharqdan chiqib, G’arbga botayotganligini hammamiz ko’ramiz (idrok qilamiz). Biz Erning qimirlamay turganligini, quyosh esa er atrofida aylanayotganligini ko’ramiz. Tafakkur — voqelikning umumlashtirib aks ettirilishidir. Biz ayrim- ayrim narsalarni va hodisalarni, masalan, alohida stolni yoki stulni idrok qilamiz va tasavur qilamiz, ammo umuman stol va stul to’g’risida, umuman mebel va umuman narsa to’g’risida esa fikrlashimiz mumkin. Umumiylash natijasida bir hukmning o’zida ayni vaqtda yakka bir narsa to’g’risidagina fikr qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga narsalarning butun bir turkumi to’g’risida ham fikr yuritish mumkin. Masalan, «O’zbekistonning fuqarolari teng huquqlidirlar» degan hukmda ayrim bir kishi haqida fikr yuritmasdan, balki O’zbekistonning hamma fuqarolari haqida fikr yuritiladi. Narsa yoki hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlar tafakkur yordami bilan ochiladi. Bunday bir misolni olib ko’raylik. Siz qalamni barmoqlaringiz bilan stoldan 20 santimetr balandda ushlab turibsiz. Barmoqlaringizni ochib yuborsangiz qalam stol ustiga tushadi, uning taqillagani (tovushi) eshitiladi. Biz bu hodisalarni birin-ketin idrok qilamiz va ularni xuddi shu tartibda tasavur qilishimiz mumkin. Tafakkur operatsiyalari. Tafakkur qilish operativ jarayondir. Taqqoslash, analiz va sintez, abstraksiya va umumiylashtirish, aniq- lashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir. Bizda yangi hukmlar ana shu operatsiyalar jarayonida hosil bo’ladi, real olamdagi narsalar va hodisalar to’g’risidagi tushunchalar vujudga keladi. Taqqoslash — shunday bir aqliy operatsiyadirki, bu operatsiya ayrim narsalar o’rtasida o’xshashlikni yoki tafovutni, tenglik yoki tengsizlik bor- ligini, bir xillik yoki qarama-qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi. Taqqoslash fikr qilish jarayoni bo’lib, bu jarayon idrok qilinayotgan narsalarning o’xshashligi yoki tafovutini aniqlash lozim bo’lganda, yoxud sezgilarda va idrokda bevosita o’xshashlik va tafovutni topish lozim bo’lgan hollarda paydo bo’ladi.Amaliy taqqoslash bir narsani ikkinchi narsaga solishtirib ko’rilayotganda, masalan bir qalamni ikkinchi qalamga, o’lchov chizig’ini taxtaga va shu kabilarga solishtirib ko’rilayotganda sodir bo’ladi. Biz masofani santimetrli lenta bilan o’lchayotganimizda, og’irlikni tortib ko’rayotganimizda va boshqa shu kabi hollarda taqqoslash jarayoni sodir bo’ladi.Taqqoslash tasavur qilinayotgan yoki o’ylanilgan narsalarni bir-biriga 67 67 fikran solishtirib ko’rish yo’li bilan ham bo’ladi. Masalan, biz o’zimiz turgan binoni boshqa ko’chadagi binolar bilan taqqoslab ko’rib, ularning o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutni topishimiz mumkin. Analiz — narsani (buyumlarni, hodisalarni, jarayonni) tarkibiy elementlarga, qismlarga yoki tarkibiy belgilarga bo’lish demakdir. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga uning elementlariga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Biror moddiy narsani uning moddiy elementlariga ajratib bo’lish eng oddiy shakldagi analizdir. Stolni ayrim qismlarga bo’lish uning oyoqlarini, yashiklarini va boshqa shu kabilarni biridan ajratib olish mumkin. boshqa ko’chadagi binolar bilan taqqoslab ko’rib, ularning o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutni topishimiz mumkin. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling