Psixodinamik model Ijtimoiy ish nazariyasining psixodinamik yo‘nalishiga asoslangan. (Z.Freyd, E.Bern). Bu nazariyaning asosiy tushunchalari psixo tahlil bilan bog‘liq bo‘lib, ular individual ijtimoiy xizmat (keysuork): mijozni individuallashtirish, paydo bo‘ladigan muammoni baholash, uni tashxislash, yordamning terapevtik texnologiyalaridan foydalanishdir.
Ekzistensial model psixologiyaning ekzistensial va fenomenal yondashuvlari bilan bohliq. Mijoz xulqi tahlilida atrof muhit haqidagi o‘z tasavvurlarini qanday shakllantiryapti va izohlayapti, o‘zining ijtimoiy maqomini qanday baholayotganini hisobga olish muhim. Mazkur model doirasida katta e'tibor guruhga munosabat bo‘yicha mijoz xulqining o‘ziga xosligi ko‘rib chiqiladi. Mijozda o‘zi va atrofdagilar to‘g‘risida tasavvurlari mavjud bo‘lgan shaxsiy tuzilmani hisobga olib, ijtimoiy xodim shaxsiy noqulaylik sababini tushunchasini aniq tuzadi. Mazkur model o‘zida enik guruh va boshqa ijtimoiy xatarli toifalar bilan ishlashda namoyon bo‘ladi. Bunda mijozning hayotiy maqsadlari o‘zgarishi bo‘yicha ishlar muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |