Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги
Download 159.54 Kb.
|
Мажмуа. Ижтимоий иш назарияси 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekzistensiya
Nazorat uchun savollar
1.Xorijda ijtimoiy yordamga nazariy qarashlarning evolyusiyasini ko‘rsating.. 2.Qanday sabablar va manbalarga ko‘ra ijtimoiy xizmat bilish tarmog‘iga aylandi.? 3.Amaliy ijtimoiy ishning maqsadi va vazifalari. 2-Mavzu. Falsafiy, psixologik va sotsiologik nazariyalar. Fenomenal nazariya. Ijtimoiy ish falsafasining konseptual mazmuni. Ijtimoiyishda psixologik va sotsiologik nazariyalar. Ijtimoiy ishda fenomenal nazariyalar. 1. Ijtimoiy ish o‘z rivojlanish nazariyasida asosiy uslubiy zaminni falsafiy, psixologik va sotsiologik bilimlardan oladi. Falsafa o‘zida barcha fanlar uchun nazariy faoliyatni qurish tamoyillari tizimini aks ettiradi. Anglash va g‘oyaviy asosining ijtimoiy madaniy mohiyatiga ko‘ra u yagona vazifa –shaxsning hayotiy o‘rni tamoyillarini izlash vazifasi bilan shug‘ullanuvchi nazariyotchilarni birlashtiradi. Bundan tashqari u ijtimoiy ish nazariyasining asosiy uslubi anglash faoliyati- mos qayta qurish uslubi, intensiv nazariylashtirish va refleksiyani taklif qiladi.9. Ijtimoiy ishda nazariy faoliyat sifatida ilmiy bilishning umumfalsafiy tamoyillari asosida –determinizm, gnoseologie yondashuv, shaxsiy yondashuv, aks ettirish, bilish va faoliyatning yagonaligi, turib inson va uning atrofi va ijtimoiy reallik to‘g‘risida tushunchalar shakllanadi. Ijtimoiy ishning metanazariy asosiga ko‘p o‘lchamli dialektik qoidalar va jamiyat falsafasining g‘oyalari kiradi.10. Ijtimoiy ishning ijtimoiy-falsafiy muammolar majmui doirasida individ va jamiyatning o‘zaro munosabati va o‘zaro ta'siri, insonning hayotiy maqsad asoslari, jamiyatdagi, madaniyat va tarixdagi uning o‘rni, sayyoramizning axloqiy va ekologik holati, sivilizatsiyalar rivojlanishining tendensiyalari va istiqbollari, zamonaviy jamiyatda insonparvar g‘oyalarni himoya qilish ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, falsafiy bilim ijtimoiy ishning dunyoviy konsepsiyasini shakllantirish imkonini berib, u insonning o‘z ishonchiga, muvofiq-kritik, refleksiv fikrlashiga, sezgilarning dolzarbligiga, boshqa insonlarga bo‘lgan axloqiy munosabatiga, o‘zini dunyoning bir qismi deb bilishiga asoslanadi. Dunyoviy asoslar mutaxassisning amaliy faoliyati uchun intelektual va axloqiy asos bo‘lib xizmat qiladi, ularni o‘zlashtirish asosida ijtimoiy xodim o‘z bilim va malakasini, qadri va hayotiy tajribasini, tuyg‘ulari va shaxsiy sifatlarini amalda ko‘rsata oladi. Ijtimoiy fanlar nazariyasida odob, san'at, madaniyat, falsafa, tarixga qiziqish o‘sib boradi va mazkur fanlar hamda faoliyat sohalari insoning muammolari, uning qadri tizimi bilan tutashadi. Ijtimoiy ish doirasida refleksiyani amalga oshirishda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi: biz inson to‘g‘risidagi fanlarni birlashtirish, ma'lum texnologiyalar va ish uslublari sinteziga aralashamiz. Ijtimoiy ish falsafasining tezaurusi muammoli, maqsadli va semantik maydon, anglash, ekzistensiya va holatiylikning muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. Ekzistensiya – (pozdnelat. ex(s)istentia, ot lat. ex(s)isto – mavjud) – oddiy dalillarga ega ma'lum maishiy mavjudlikni anglatuvchi falsafiy atama; rus tiliga «mavjudlik deb tarjima qilinadi ». Ekzistensial – borliqqa tegishli11. Ijtimoiy ishning falsafiy predmeti ma'lum bir maqsadlar, hayot asoslari, axloq, insonning madaniyati, qutqarishning insonparvar strategiyasining umumiy tamoyillarini belgilaydi.
Dualizm o‘ziga xosligi va universalligiga tajribaga asoslanmagan shakldaligi, inson tabiatining umumiy belgilanganligi, genetik kodlar va madaniyat me'yorlari, hayotiy baxtsizlik va maqsadlar, individual erkinlik va ijtimoiy mavjudlik kiradi. Klassik falsafa insonning bunday muhim ontologik xususiyatlarini sintez qilish mos falsafiy masalalarni qo‘yish imkonini bermaydi. Cheklangan holat insonning doimiy olamidan chetga chiqqanda amalga oshib, boshqalar bilan chuqur va ahamiyatli ekzistensial muloqotni ko‘rsatadi. Falsafiy refleksiya bir tomondan individual hayotiy masalalar bo‘lganda, boshva tomonda qutqaruv strategiyasi, global ekologik muammolar, universal madaniy asoslar mavjud bo‘lgan hollarda zarur. Ijtimoiy xizmat nazariyasidagi tushunchalarning katta qismi ijtimoiy so‘zi bilan birga qo‘llaniladi: xayriya, harakat, ish, kafolat, soha, xronotop, ko‘mak, xatar, deviatsiya, adaptatsiya, integratsiya, reabilitatsiya. Bu tushunchalar ijtimoiy ishning falsafiy nazariyasida to‘planadi, sub'ekti-ob'ektiv bog‘liqlik va an'anaviy o‘zaro munosabatlar tizimida: individ yoki alohida oiladan ijtimoiy guruh yoki butun xalqgacha, yagona ijtimoiy xodimdan davlat va jamiyatgacha. Ijtimoiy ish falsafasi yangi turmush tarzi, ijtimoiy madaniy harakat, insonga munosabatning yangicha turi sifatida ishtirok etadi. Ijtimoiy xizmat mahalliy darajada cheklanmasdan, umumiy bo‘ladi; bunday universal madaniyat va insonparvarlik tamoyillarini aniqlashtirish ijtimoiy madaniy jarayonlarda amalga oshadi. Ijtimoiy xizmat insonparvarlashuvning muhim paradigmasi va umumiy patologiyaning ijtimoiy terapiyasi bo‘lib. jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlarni axloqiy kamertoni bo‘ladi. Xayriya ijtimoiy ish nazariyasida universal tushuncha bo‘ladi. Har qanday holatda ijtimoiy ish motivatsiyasi tuzilmasida oddiy mijoz yoki ijtimoiy xodim emas, balki qiyinchilikka uchragan va bag‘rikeng, qutqaruvchi inson bo‘ladi. Ijtimoiy sub'ekt xayriyaning tayyor namoyishi va fasilitator sifatida kirishadi, qaysidir ma'noda muhabbat falsafasiga ishonib, sevgi taraqqiyotini quradi. Saxovat ob'ekti sivilizatsiyaning oliy maqsadli ideallari, ijtimoiy sog‘liq me'yorlariga doimo mos kelmaydi, aksincha doimo deviant bo‘lib. marginal maqomga ega bo‘ladi. Jamiyatning faol agenti sifatida ijtimoiy xodim tomonidan axloqiy xotirjamlik, o‘zini yuqori maqsadlar darajasida tutish, boshqalar ichki dunyosida paydo bo‘ladigan tabiiy hodisalarni anglash, qiynalgan insonning ichki dunyosini ko‘rish va uni his qilish takliq qilinadi. Sog‘lom taraqqiy etgan jamiyat bag‘rikeng bo‘lib, yomon voqyeliklarni oldini olishda, patologik jarayonlarni tuzatishga, himoyalanmagan va qiynalgan insonlar tengligini qayta tiklashga yordam berib, ko‘mak berish, himoya qilish, tiklash vazifalarini bajaradi. Muhabbat sivilizatsiyasi – bir alohida shaxs, xalq. Qo‘shni madaniyatga ijtimoiy xayriyasida beg‘araz ishtirok etish, qiyinchiliklarni yengillashtirish va jamiyat a'zolarini o‘zini to‘laqonli ko‘rsatishiga yordam berishdir. Ijtimoiy ustuvorliklar tarkibida qiynalgan sub'ekt shaxsi Lichnost tartibga soluvchi ijtimoiy mexanizmlardagi madaniyat o‘zgarishi muammosini hal qilish kabi muhimdir. Inson hayotidagi ijtimoiy. Madaniy va ruhiy o‘zgarishlar, almashuvchi texnogen sivilizatsiyalar o‘z ehtiyojlarini o‘z qondirishga imkonsiz qilib qo‘yadi. Biz hali yetarli darajada saxovatli bo‘lmagan mahalliy xayriya an'analarini rivojlantirishni istaymiz. 2. Psixologiya ijtimoiy ish uchun uslubiy asos bo‘lgan dastlabki fanlardan biridir. Psixologiya ijtimoiy ishga tegishli ikkita o‘zaro bog‘liq vazifalarni bajaradi.: nazariy va uslubi. Nazariy vazifa ijtimoiy ish maqsadi va mazmuni, individual va ruhiy hodisalar o‘rtasidagi aloqlarni belgilash, maxsus psixologik nazariyalar- shaxslilik nazariyasi, insonparvar psixologiya, kognitiv nazariya yordamida amalga oshirishdan iborat. Uslubiy vazifa hayot faoliyatining o‘zgaruvchi sharoitlarida shaxsning ijtimoiylashuvini tadqiq qilish uchun psixologik qonuniyatlarni aniqlash va foydalanishda aks etadi14. Ijtimoiy xodim ijtimoiy ishni tashkil qilish va amalga oshirish bilan bog‘liq o‘z kasbiy majburiyatlarini samarali bajarish uchun ma'lum darajada ruhiy savodxonlikka ega bo‘lishi kerak. Agar holatdan kelib chiqsak ijtimoiy xodimning kasbiy vazifalarining muhimlari sifatida psixologik yordam ko‘rsatish, ma'lum mutaxassislar bilan o‘zaro faoliyat yo‘li bilan vositachilik vazifalarini bajarish,( psixolog, psixoterapevt, psixiatr, pedagog, sotsiolog, yurist .), psixologik tayyorlash shu jumldan psixik va maxsus hodisalarni umumiy tendensiyalarini o‘rgatishni ko‘rsatish mumkin. ( yoshi, jinsi, kasbi, ijtimoiy maqomiga ko‘ra.)15. yetarlicha yuqori psixologik layoqatning zarurligi shu bilan asoslanadiki, ijtimoiy xodim birinchidan professionala psixolog, psixoterapevtlar bilan doimiy hakmkorlik qilishi va ular bilan o‘zaro kelishib ishlashi zarur, ikkinchidan ijtimoiy muammolar niqobi ostida psixologik va psixiatrik muammolar yotgan bo‘lishi mumkin va mijozni mos mutaxassisga yo‘naltirishi kerak; uchinchidan muhtoj insonlarga dastlabki ijtimoiy yordamni ko‘rsata olishi kerak;to‘rtinchidan ruhiy muammosi bor insonlar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ular bilan to‘g‘ri muloqot qilish tamoyillarini egallagan bo‘lishi kerak. Ijtimoiy xodim boshqaruv sotsiologiyasi doirasida ishlab chiqilgan bilim, tavsiyalar, ijtimoiy loyihalarga tayanadi Ijtimoiy ish amaliyoti uchun quyidagi yo‘nalishlar muhim ahamiyatga ega: Download 159.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling