Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги
Download 159,54 Kb.
|
Мажмуа. Ижтимоий иш назарияси 1
«Xatar guruhlari» – barqaror ijtimoiy holatda bo‘lmagan shaxslar bo‘lib, ular ham xatar ob'ekti ham sub'ekti bo‘ladi. Ular hayotiy qiyin holatlardan eng katta imkoniyatga ega bo‘ladilar.
Guruhli xatarlarga ko‘p bolali, yosh va to‘liq bo‘lmagan oilalar ham kiradi. Ijtimoiy ish oldidagi vazifa hayot faoliyatining me'yoriy sharoitlari yo‘qolishi yoki yomonlashishini oldini olish muammosi turadi. Ijtimoiy xizmat mijozi tushunchasi ijtimoiy xizmat ob'ekti tushunchasiga sinonim sifatida ko‘riladi. Ammo mijoz tushunchasi tor ma'noga ega. Mijoz deganda ijtimoiy ishni o‘zining muammosini hal qilish uchun murojatat qilgan va bu yordamni oluvchi individ yoki insonlar guruhi tushuniladi. Bu vazifalarni amalga oshirish bosh maqsad- jamiyatning rivojlanishini faollashtirish va uning hayot faoliyati modelini yaxshilashgan qaratilgan. Ijtimoiy ishning usullarini amalga oshirishning asosiy tamoyillari quyidagilar: xizmatlar mavjudligi; iste'molchilar bilan faol hamkorlik va yordam xizmati; multisetoral yondashuv; va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish; byudjet markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o‘tkazish nazorat qilish; harakat. Ijtimoiy ish uslublarini amalga oshirish shakllari turlicha va ijtimoiy xizmatlarning yevropa modellarida keng tavsiflangan (shvetsiyada ijtimoiy rejalashtirish, Buyuk Britaniyada turar joy assotsiatsiyalarini yaratish). Mazkur uslubni amalga oshirish uchun ijtimoiy xodim keng turdagi vazifalarni bajaradi: advokat, broker, ekspert, ijtimoiy yo‘naltiruvchi, bu o‘z navbatida keng amaliy va nazariy tayyorgarlikni talab qiladi. ijtimoiy tadqiqotlarni va xizmatning ijtimoiy-psixologik uslublarini o‘tkazish va tashkil qilish ayniqsa, dolzarbdir. Muammoni hal qilish tez-tez shifokor, huquqshunos, ruhshunos va boshqa mutaxassislarning aralashuvini talab qiladi. Shaxs axloqiga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar o‘zaro aloqasi ijtimoiy ish uslublarining barcha guruhlaridan majmuaviy foydalanishni talab qilib, ayniqsa ko‘pgina uslublar amaliy yo‘lni bosib o‘tgan va bir vaqtda bir modeldan ikkinchi modelni qo‘llashni talab qiladi.
Download 159,54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling