Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Tizimli yondashuv sohasidagi asosiy atama va tushunchalar27


Download 159.54 Kb.
bet12/58
Sana13.12.2021
Hajmi159.54 Kb.
#180614
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58
Bog'liq
Мажмуа. Ижтимоий иш назарияси 1

Tizimli yondashuv sohasidagi asosiy atama va tushunchalar27


Atama va tushunchalar

Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga qo‘llaniladigan atama va tushunchalarning mohiyati

1. Tizim

Eng yuqori tartibdagi (global tizim) tizimlarni o‘zida aks ettiruvchi va tashki muhit bilan muhim birlikka ega o‘zaro bog‘liq komponentlarning maqsadli majmuasi.

Tashqi muhit bilan tizimning birligi ob'ektiv iqtisodiy qonunlar harakatining u bilan aloqasini belgilaydi.



2. Tizimli tahlil

Uning kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyatlari va kamchiliklari, ishlash va rivojlanish strategiyasini shakllantirish uchun ilmiy yondashuvlarni qo‘llab, tizim xususiyatini har tomonlama o‘rganish asosidagi tahlil

3. Tizim tarkibi

Tizimdagi bosh maqsadga eng yaxshi tarzda erishish uchun ma'lum tartibga va mahalliy maqsadlarga ega tizim komponetlari yig‘indisi Tizimdagi komponentlar miqdori va ularning aloqasi minimal, ammo tizimdagi bosh maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak.

4. Tizimning mazmuni

Tizimning moddiy qismi, odamlar, ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari yig‘indisi,

5. Aloqalar (tashqi muhit bilan tizimdagi aloqalar)

Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning bajarilishini muvofiqlashtirish uchun uning komponentlari o‘rtasida axborot va hujjatlar oqimi.. Axborot kerakli hajm va sifatda. Zarur o‘rin va vaqtda bo‘lishi kerak.

Tizimga kiruvchi komponentlar (xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, energiyaning turli shakllari, yangi uskunalar, kadrlar, hujjatlar axborot.)



6. Tizim maqsadi

Tizim yoki undan chiqishning yakuniy holati, bunda o‘z tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra u quriladi. (maqsadlar, masalan ishlab chiqarish maqsadlari iste'molchilar uchun raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish yo‘li bilan talab qilingan qayta yaratilgan qiymatga erishish.)

7. Tizimning tashqi muhiti

Makro muhit komponentlari, tizimda joylashgan mintaqa infratuzilmasi, tizimning mikro muhiti, u to‘g‘ri va teskari aloqaga ega bo‘ladi. Tashqi muhitga tizimning kirish va chiqish komopnentlari unga emas, tashqi muhitga tegishli bo‘ladi.

8. Teskari aloqa

Yangiliklar va boshqa axborotlarni joriy qilish bo‘yicha iste'molchi tomonidan taklif qilingan iste'molchi reklamasiga talablar,

9. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish usuli

Axborotni to‘plash va qayta ishlashning usullarini tanlash, qaror qabul qilish usulablari bilan rag‘batlantirish shakllari. Tezlik va qaror qabul qilish sifatini belgilaydi.

10. Axborot

Zaruriy aks ettirilgan turli shakllar (zaruriy tizimni tavsiflash darajasi, aks ettirilgan- uning mazmunini aks ettirish, tarkibi, aloqasi va qaror qabul qilish usuli)

11. Tizimdagi munosabatlar

Bosh maqsadni bajarishga asoslangan tizim komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa. Axborotlarni saqlash usuli sifatida tizim xotirasini muvofiq qurish va qaror qabul qilishda minimal xarajatlarni ta'minlash

12. Tizimni qurish

Qo‘yilgan maqsadlarga erishish bo‘yicha me'yoriy ishlash uchun zarur bo‘lgan tizim komponentlari miqdorini aniqlash, ierarxiya darajasida komponentlarni tarkiblashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish. Tarkiblashtirishning to‘g‘riligi ierarxiyaning birinchi darajasidan boshlab komponentlar murakkabligi va sintezi bilan tekshiriladi.

13. Tizimning ishlashi

Rejalashtirilgan maqsadlarga erishish bo‘yicha tizim energiyasi va narsalarining o‘zaro harakatini tashkil qilish, tizim komponentlarini muvofiqlashtirish, hisobga olish, nazorat qilish, motivlashtirish va tartibga solish

14. Tizimning rivojlanishi

Tizimning ishlashini ta'minlaydigan raqobat mexanizmi, ishlab chiqarish qonunlari. Talablarning o‘sishi, vaqtni tejash va boshqa omillarni o‘rganish asosida tizimni takomillashtirish jarayoni

15. Tizim aktivatorlari

Tizimda uning saqlab turish va kuchaytirishga olib keluvchi ijobiy harakatlar operatorlari va omillari (masalan mutloq ustunlik)

16. Tizim dezaktivatorlari

Tizimda uning buzilishiga olib keluvchi salbiy harakatlar operatorlari va omillari (masalan virus)

17. Tizim xulqi

Tashqi muhit bilan tizimning o‘zaro harakat suli va maqsadlarga erishish uchun tizim tarkibidagi aloqalarni tartibga solish. Ob'ektiv iqtisodiy qonunlar faoliyati mexanizmini o‘rganish, boshqaruvga ilmiy yondashuvlarni qo‘llash va tizim xususiyatlarini o‘rganish optimal yoki me'yoriy xulq uchun zamin bo‘ladi.

18. Tizimdagi qarama-qarshiliklar

Maqsadlar yoki vazifalarning qarama-qarshiligi bilan tizim komponentlarining harakati. Tizimning me'yoriy ishlashi va rivojlanishiga xos ziddiyatlarni kamaytirish

19. Aralashuv

Ob'ektni boshqarishga sub'ektning ta'sir ko‘rsatish usuli (yanada yuqori darajada), boshqaruv me'yorlaridan sezilarli tafovutlar bo‘lganda ishlab chiqarish va boshqarish jarayonini tartibga solish usuli

20. Tizimni o‘rgatish

Bilimlarni to‘plash va muvofiq boshqaruv qarorlari malakalarini egallash jarayoni

Ijtimoiy xizmat ijtimoiy tizim sinfiga tegishli bo‘lib, kam darajadagi tizim ostiga bo‘lish mumkin: ijtimoiy xizmat ilm sifatida, ijtimoiy xizmat shquv fani sifatida, ijtimoiy xizmat faoliyat turi sifatida.

Ijtimoiy xizmat nazariyasiga tizimlilik tamoyilining qo‘llanilishi o‘zaro aloqada va o‘zaro bog‘liq bo‘lganda ilmiy bilishning barcha komponentlarini ko‘rib chiqish imkonini beradi, ijtimoiy xizmat nazariyasining ob'ekti va predmeti xususiyatini aniqlab, bu o‘z navbatida ijtimoiy xizmatning nazariy va amaliy mazmuniga ta'sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy xizmatning ilm sifatidagi tizimi uning fanlararo xususiyatida namoyon bo‘lib, u organik o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismi : nazariy va amaliy qismlardan iborat.

Ijtimoiy xizmatning faoliyat shakli sifatida tizimli shaklga ega: birinchidan bu muammoni hal qilish maqsadida ijtimoiy munosabatlarda o‘zaro faoliyat jarayonining o‘ziga xosligini xarakterlovchi elementlar yig‘indisi (sub'ekt va ob'ekt, mazmun va vosita, vazifa va maqsadlar ); ikkinchidan bu tizim professional va noprofessional nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.

Ijtimoiy xizmat o‘quv fani sifatida ijtimoiy xizmat mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari, texnologiyalar, tashkilotlar, bu xizmatni uslublarini tinglovchilarga o‘qitish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.

Ijtimoiy ishda sivilizatsion yondashuv. Zamonaviy bosqichda ijtimoiy xizmatning modellarini qurish mamlakatning tarixiy, ijtimoiy madaniy rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmasdan imkoni yo‘q.


Taraqqiy etgan yondashuvda «moddiy tushuntirish xos bo‘lib, uning tarixiy rivojlanish xronologiyasi, ko‘p shaklli uning madaniy-tarixiy turlari, ularning barqarorligi va tarixiy rivojlanish istiqbollarini ko‘rish imkonini beruvchi tadqiqotning genetik tarixiy-taqqosiy, madaniy yoki madaniy-antropologik uslublari to‘ldiriladi.».

M.A.Barga fikricha taraqqiy qilgan yondashuv uning dinamik qarshilikka ega ikkita tarixiy jarayonini ko‘rish imkonini berdi:



  1. Ijtimoiy xizmat sub'ektlari oliy va o‘rta ma'lumotli professional ijtimoiy xodimlar, jamoat va xayriya tashkilotlarida ijtimoiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, ijtimoiy xizmat bo‘yicha ta'lim oluvchilar, ijtimoiy sohadagi ma'muriy-boshqaruv xodimlari»28..


Download 159.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling