Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Download 159.54 Kb.
bet11/58
Sana13.12.2021
Hajmi159.54 Kb.
#180614
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Bog'liq
Мажмуа. Ижтимоий иш назарияси 1

5-Mavzu. Ijtimoiy ish tizimi

  1. Ijtimoiy ishning tizimli yondashuvi mohiyati va uning ahamiyati.

  2. Ijtimoiy xizmat ob'ekti va sub'ekti xususiyatlari.

  3. Mijoz tushunchasining mohiyati.




  1. Ijtimoiy ishga tizimli yondashuv. Tizimli yondashuv bu- ilmiy bilish va ijtimoiy amaliyotning uslubiy yo‘nalishi bo‘lib, universal xususiyatga ega tizimi sifatida ob'ektni ko‘rish asosida bo‘lib, shuning uchun u doimo hamma joyda qo‘llaniladi. Tizimli yondashuvning ob'ekti maqsadlilik bo‘lib, u quyidagilarni hisobga olishni anglatadi a) uning turli elementlarini; b) ichki aloqa xususiyatiga bog‘liq elementlar; v) tizim chegarasini; g) atrof muhit bilan bu tizimning o‘zaro aloqasini .

Tizimli yondashuvning markaziy tushunchasi- tizimdir. ( grek. system – qismlardan tuzilgan maqsad; birlik).Tizim mohiyatini tushunishga ko‘plab yondashuvlar mavjud (falsafiy, sotsiologik, boshqaruv.). Tizimning ko‘pgina tushunchalari o‘zida aniqlikni ifodalaydi. Tizim-bu o‘zaro harakatda bo‘luvchi majmuadir. element – bu tizimning qismlarga bo‘linmaydigan komponenti. Tizim shakllari orasida yirik, kjtimoiy, kibernetik, sotsietal tizimlar bor.25.

M.S.Kagan26,ijtimoiy bilimni tahlil qilishga tizimli yondashuvni qo‘llab, oddiy(yopiq) va murakkab (ochiq) tizimlarni ajratish zarurligiga to‘xtalgan. Murakkab tizimning oddiy tizimdan farqi ochiq tizim doimiy o‘zgarishda, boshqa tizimlar bilan axborot almashishga xos bo‘ladi. Jamiyat va uning tizimlariga murakkab ochiq umumiy va tarixiy tizimlar kirib, shunga ko‘ra uning faoliyat doirasi va borliqning predmeti o‘rganiladi.



2-jadval.


Download 159.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling