Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Download 159.54 Kb.
bet7/58
Sana13.12.2021
Hajmi159.54 Kb.
#180614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58
Bog'liq
Мажмуа. Ижтимоий иш назарияси 1

Uslubiy tamoyillar qoidalarning erkin tizimini taklif qilib (mijozga alohida yondashuv, yordam ko‘rsatishdagi izchillik) ijtimoiy ishning mazkur sohasida izchil harakat qilish imkonini berib, ma'lum ijtimoiy vaziyatlarda ob'ekt faoliyatini qanday yo‘naltirishni ko‘rsatadi. Bu tamoyillar mutaxassisning bilim darajasi va lavozim vazifalarini bajarishga kasbiy layoqatligiga urg‘u beriladi.

Ijtimoiy ishning tashkiliy tamoyillari (yengillik, majmuaviylik va boshqalar.) murakkab va ko‘p qirrali tashkiliy, funksional-ierarxik, aloqa va munosabatlarni va mutaxassisning djavobgarlik va majburiyatiga talablarni belgilaydi. Ular ijtimoiy ish tizimida boshqaruv ta'sirida bo‘lib, har bir mijoz muammosini tezkor va samarali hal qilish imkoniyatini ta'minlaydi.

Ijtimoiy ishning o‘zaro aloqador tamoyillarini mutaxasisslar tomonidan o‘rganish ijtimoiy muammolar tarkibi o‘rtasidagi optimal nisbatni topishga, ularni hal qilish natijalariga va ijtimoiy ishning insonparvar faoliyat shakli sifatida qonuniyligini ta'minlaydi.

2. Uslub – maqsadga erishi yo‘lida harakatlarni o‘zgartirish va mos keluvchi takshirishlarni olib borish usulidir. Ijtimoiy ishga munosabati bo‘yicha ikki guruhdagi uslublarni keltirish mumkin: ilmiy bilim va amaliy faoliyat sifatidagi ijtimoiy xizmat uslublari. Ijtimoiy ish nazariyasida usluslarni tasniflash yagona shaklga ega emas. Ijtimoiy ishda foydalanadigan ko‘pgina uslublar fanlararo bo‘lib, universal xususiyatga ega bo‘ladi. Umumiylik darajasi bo‘yicha uslublarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:

1. Umumiy (falsafiy) uslublar anglash usuli, jamiyatni o‘zgartirish, fikrlash (anglashning gnoseologik, dialektik usullari) ning umumiy yo‘llarini belgilaydi.

2. Umumiy ilmiy usullar bilish va dunyoni o‘zgartirish jarayonining bir qator jihatlarini aniqlaydi. (analiz, sintez, induksiya, deduksiya, kuzatuv, so‘rov, eksperiment, analogiya, modellashtirish.)

3. Xususiy, maxsus usullar – real hayotning ma'lum sohalarini bilish va o‘zgartirishning maxsus usullaridir. Zamonaviy sharoitda bunday guruhdagi uslublarga ijtimoiy biografiya, oila biografiyasi, kompleks psixo ijtimoiy modellashtirish usullari kiradi.

Amaliy ijtimoiy ishda shuningdek turli xil usullar mavjud. Masalan, faoliyat xususiyati iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-psixologik, tibbiy-ijtimoiy, ma'muriy-boshqaruv va boshqa uslublarni shakllantiradi.21

. Ijtimoiy ish uslublari ijtimoiy xodim faoliyati yo‘naltirilgan, shuningdek ijtimoiy xodim ixtisoslashgan, ijtimoiy va boshqa ish tarkibidagi maxsus ob'ektlarda asoslanadi. Ba'zan ijtimoiy ish uslublari yanada umumiy tushuncha- ijtimoiy texnologiyalar- u yoki bu vazifani hal qilish uchun fanning nazariy xulosalarini qo‘llash usuli, ijtimoiy sohada qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishish uchun qo‘llaniladigan harakat va ta'sir yig‘indisini o‘z ichiga oladi.

Ijtimoiy himoya organlari tizimida ijtimoiy xizmat uslublari. Ijtimoiy himoya organlari faoliyati jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, psixologik-pedagogik uslublarga ajratiladi. Ijtimoiy xizmatning ijtimoiy-iqtisodiy uslublariga ijtimoiy xizmat mutaxassisi tomonidan mijozning moddiy. Ma'naviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy talab va manfaatlariga ko‘rsatiladigan barcha usullar kiradi. Bunday guruhga moddiy va pul yordami, imtiyozlar belgilash, bir martalik afaqalar, patronaj, maishiy xizmat ko‘rsatish, ma'naviy qo‘llab-quvvatlash kiradi.

Tashkiliy-boshqaruv uslublari ijtimoiy ish tashkiliy tuzilmasini boshqarish asosida bo‘lib, me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanadi. Tashkiliy uslublar ijtimoiy ish boshqaruv organlaridagi turli zvenolarnining huquq va vakolatlari, majburiyatlar, javobgarligini mustahkamlaydi. Boshqaruv uslublari vazifalarni operativ aralashish, aniqlash va hal qilishni amalga oshirish imkonini beradi. Bu guruhdagi asosiy uslublar: reglamentlash, me'yorlashtirish va ko‘rsatma berish.

Reglamentlash – Tashkiliy ta'sir ko‘rsatish usuli bo‘lib, ijtimoiy ish boshqaruv organlarida ijro etish uchun tashkiliy qoidalar, majburiyatlarni ishlab chiqish va kiritishni o‘z ichiga oladi. (buyruqlar, namunaviy qoidalar, lavozim yo‘riqnomalari).

Me'yorlashtirish – ijtimoiy xodimlar faoliyatiga xizmat qiluvchi yuqori va quyi doiradagi normativlarni belgilash (xizmat ko‘rsatiluvchi mijozlarning normativi, xizmat ko‘rsatish vaqtining normativi.).

Ko‘rsatma berish– tashkiliy ta'sir ko‘rsatishning eng oson usuli bo‘lib, uning mohiyati vazifa, imkoniyat, qiyinchilik va mijozning noto‘g‘ri harakti oqibatlarini tushuntirish, ehtimoiliy xatoliklardan saqlanishni tushuntirish ( maslahat berish, axborot berish).

Psixologik-pedagogik uslublar ijtimoiy-psixologik va pedagogik regulyasiya orqali uning ijtimoiy tuyg‘ulari va xulqiga bilvosita ta'sir ko‘rsatish bilan bog‘liq. Bu guruhning asosiy uslubi turli shakldagi ishontirishdir. (tushuntirish, maslahat berish, dalillarni keltirish, tavsiya berish, ijobiy namuna).

Mazkur tasnifda keltirilgan uslublar uni tashkil etish jarayonida ijtimoiy ish vazifalarini hal qilish uchun sharoit yaratishga mo‘ljallangan bo‘ladi, bunda mijoz o‘rni –passiv bo‘ladi. U ijtimoiy xizmat tizimi tomonidan o‘ziga ta'sir ko‘rsatishni sinovdan o‘tkazadi.

Mijoz va ijtimoiy xodim o‘zaro harakati bilan bog‘liq ijtimoiy ish uslublari. Ijtimoiy ishning asosiy vazifalarini hal qilish mijoz bilan ijtimoiy xodim o‘zaro munosabati holatini tashkil etish zaruriyati bilan bevosita bog‘l liq. O‘zaro munosabatlarni tashkil etish yo‘llari va ijtimoiy-psixologik mexanizmlar mijoz kim bo‘lishiga ko‘ra sezilarli ravishda farqlanadi.: individ, guruh yoki jamiyat. Shunga mos ravishda individual, guruhiy va jamiyatga daxldor ijtimoiy ish uslublari to‘g‘risida napirish mumkin.



3.Individual ijtimoiy ish uslubi M.Richmond tomonidan taklif qilingan va 20-asr boshidagi psixo tahlil rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Uning mohiyati mijoz muammosini muhokama qilish va hayotiy holatlarni to‘g‘rilashda mijozga tayanch berish va qo‘zg‘atishdir. Asosiy tayanch mijozni ijtimoiy holatlarga moslashtirishdir. Mazkur uslub ayniqsa AQSh da dolzarb bo‘lib, shaxsni tushunishga psixologik yondashuvlarni tanlashga asoslanadi. (Masalan, psixo tahliliy yondashuvda asosiy urg‘u mijozning intra ruhiy o‘zgarishi tahlili va ichki shaxsiy muammolarini hal qilishda yordam ko‘rsatishga asoslanadi.; bixevioral usulda- axloqning dezadaptiv modellari va ularni to‘g‘rilashga e'tibor qaratiladi.).

Shaxsni tushunishga psixologik yondashuvlarning turidan qatiy nazar quyidagi umumiy elementlarni keltirish mumkin:



  • Dastlabki aloqani belgilash (ruhiy va intellektual aloqa);

  • Muammoli holatni o‘rganish va tahlil qilish;

  • Maqsad va qo‘shma ishlar vazifalarini belgilash;

  • Individning ijtimoiy atrof yoki o‘zi bilan o‘zaro munosabat shaklini o‘zgartirish;

  • Qo‘shma ishlar rivojlanishi va natijalarini baholash.

Turli individual yondashuvlar quyidagi yordam shakllarini taklif qiladi: suhbat, maslahat berish, mutaxassislarni jalb qilish. Mazkur uslubning samaradorligi uchun aynan individual yordamni ko‘rsatish zarurligini hisobga olish kerak, mutaxassis ruhiy-pedagogik tayyorgarlikka, yosh, shaxsiy, individual xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy ishning individual uslubi ayniqsa istiqbolni belgilash, reallikka moslashish, stresslarni bartaraf etish, ko‘mmunikativ bilimlarni egallash, o‘zini anglash va o‘zini qabul qilishda muhim ahamiyatga ega.

Ijtimoiy ishning guruhli usullari 70-yillarda faol ishlab chiqildi. Uslublarni ishlab chiqish uchun muhim ahamiyat kichik guruhlardagi nazariy tadqiqot natijalari bo‘ldi. (Ya.Kolominskiy, R.Krichevskiy, K.Rudestam.). Quyidagi muhim xulosalarga kelindi:



  • Kichik guruh faqatgina eshituvchi rolidan chiqa olish xususiyatiga ega»;

  • Kichik guruhda o‘z shaxsiy tajribasi, shaxsiy imkoniyatlari nuqtai nazaridan reallikni anglash sodir bo‘ladi.;

  • Kichik guruhda teskari aloqa mavjud bo‘lib, individ o‘zini boshqacha xulqi va so‘zlari bilan ta'sir ko‘rsatadi;

  • Kichik guruh shaxsiy tajriba to‘plash, boshqaruv usuli va muvaffaqiyatni tekshirishning vositasi bo‘lishi mumkin.

Guruhli ishlar usulining maqsadi- mijozga uning jismoniy va ruhiy kuchini rivojlantirish, ijtimoiy xulqini shakllantirish uchun guruhli tajribani uzatish orqali yordam ko‘rsatishdir. Bu maqsadlarni amalga oshirish guruh a'zolarining guruhli faoliyati va ijtimoiy faolligini tashkil etish hisobidan, sha'xsiy tajriba va o‘zini anglashni kengaytirish, samarali ijodiy faoliyat olib borish hisobidan amalga oshirilish mumkin.

Guruhli ijtimoiy ish uslubini amalga oshirish guruhning maqsad va vazifalariga bog‘liq. Ijtimoiy ish amaliyotida turli guruhlar ajratiladi. Masalan ijtimoiy madaniy guruhlar toifasiga tiklash guruhlari, ta'limiy guruhlar, o‘ziga yordam berish guruhlari kiradi. Bundan tashqari yana terapevtik guruhlar ham mavjud bo‘lib, ular psixosomatik va ekzistensial muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi.

Guruhning maqsadlariga bog‘liq holda ijtimoiy xodimning o‘rni turlicha bo‘ladi. Agar guruh qandaydir umumiy huquqiy va fuqaroviy maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lsa ( masalan kichik tumandagi ochiq sport maydonchasi) bunda ijtimoiy xodim tashkilotchi va guruhning tashqi aloqalari koordinatori vazifasini bajaradi. Agar guruhning maqsadi intensiv va refleksiv muloqot hisobidan o‘zini anglash va individual tajribani kengaytirish bo‘lsa (masalan kommunikativ bilimlar treningi) bunda ijtimoiy xodim ichki guruhiy o‘zaro munosabatlar vositachisi bo‘ladi.

Guruhli ijtimoiy ish uslubi bugungi kunda AQSh dagi oilaviy davolash uslublari kabi yangi o‘ziga xos shakllarda namoyon bo‘lmoqda.

Umumiy ijtimoiy ish uslubi ijtimoiy ish yoki ijtimoiy xodimlarning mahalliy, mintaqaviy va umumdavlat miqyosidagi turli jamoat guruhlari vakillari bilan o‘zaro munosabatlariga asoslangan. «Jamoa» (kommyuniti) – insonlar guruhli jamiyatining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-tarixiy tizimidir. Kommyuniti uning a'zolari bilan munosabatlarda bir qator vazifalarni bajaradi: ijtimoiylashuv, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, boyliklarni ishlab chiqarish va taqsimlash, Umumiy ijtimoiy ishning ustuvor vazifalari quyidagilar:


  • Mahalliy jamoada ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish, insonlarning ma'lum guruhiga o‘zaro yordam va kooperatsiya tizimini tashkil qilish;

  • Aholining ijtimoiy farovonligi masalalari bilan bog‘liq turoi ijtimoiy dasturlar va turli tashkilotlar faoliyati rejalarini ishlab chiqish, joriy qilish va samaradorligini baholash.

Bu vazifalarni amalga oshirish bosh maqsad bo‘lgan- jamiyatni rivojlantirishni faollashtirish va uning hayot faoliyati modellarini yaxshilashga yo‘naltirilgan.

Umumiy ijtimoiy ish uslublarini amalga oshirishning asosiy tamoyillari quyidagilar: servisning qulayligi; iste'molchilarning faol hamkorligi va servis yordami aktivnoe; idoralararo yondashuv; yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish; byudjetning markazlashmagan nazorati; harakatchanlik.

Umumiy ijtimoiy ishning uslublarini amalga oshirish shakllari turlicha bo‘lib, ayniqsa ijtimoiy ishning yevropa modelida keng ko‘rsatilgan ( Shvetsiyada ijtimoiy rejalashtirish, Buyuk Britaniyada turar joy assotsiatsiyalarini yaratish).

Mazkur uslubni amalga oshirish uchun ijtimoiy xodim keng turdagi vazifalarni bajaradi: advokat, broker, ekspert, bu o‘z navbatida keng nazariy va amaliy tayyorgarlikni talab etadi. Ayniqsa ijtimoiy tadqiqotlar va ijtimoiy psixologik ish uslublarini tashkil etish va o‘tkazishni bilish dolzarbdir. Jamiyat muammolarini hal qilish shifokor, huquqshunos, ruhshunos va boshqa kasb egalarining kompleks aralashuvini talab qiladi.

Shaxs axloqiga ta'sir qiluvchi omillarning o‘zaro aloqadorligi ijtimoiy ishning barcha guruhiy usullaridan foydalanishni talab qilib, ko‘pgina usullarni bir vaqtning o‘zida boshqasi bilan birga qo‘llashni taqozo etadi.


Download 159.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling