Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


-Mavzu. Ijtimoiy ishning tamoyillari va uslublari


Download 159.54 Kb.
bet5/58
Sana13.12.2021
Hajmi159.54 Kb.
#180614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Мажмуа. Ижтимоий иш назарияси 1

3-Mavzu. Ijtimoiy ishning tamoyillari va uslublari


  1. Ijtimoiy xizmat tamoyili – asosiy g‘oyalari, qoidalari, ijtimoiy ish organlarining qoida va me'yorlari.

  2. Ijtimoiy ishda tadqiqot usullari: tushunchasi, ahamiyati va o‘rni.

  3. Ijtimoiy ishni tadqiq qilishda miqdor va sifat usullari.




  1. Ijtimoiy xizmat tamoyillari ilmiy nazariyaning mantiqiy shakllari muhim tarkibiy qismi va empirik faoliyatning asosiy qoidalarini aks ettiradi..

Inson va ularning o‘zaro munosabatlari, jamiyat to‘g‘risidagi barcha fanlar asosida yotuvchi umumfalsafiy tamoyillar: determinizm tamoyili, aks ettirish tamoyili, rivojlantirish tamoyili, anglash va faoliyat birligi tamoyili, tarixiylik tamoyili, individ va uning ijtimoiy muhit bilan uzluksiz aloqasi tamoyili.

Ijtimoiy-siyosiy tamoyillar davlatning ijtimoiy siyosatidan kelib chiquvchi ijtimoiy ishning mazmuni va yo‘nalishiga bog‘liq holda asoslangan talablarni aks ettiradi ijtimoiy ishning mintaqaviy xususiyatlari bilan davlat yondashuvining yagonaligi, uning tarkibi va usullarining demokratligi, ijtimoiy ish tarkibi, shakllari va usullarini tanlashda shaxs yoki ijtimoiy guruhlarning ma'lum sharoitlarini hisobga olish, ijtimoiy xodimlar faoliyatida qonuniylik va adolatlilik.

Tashkiliy tamoyillar murakkab va ko‘p qirrali tashkiliy, funksional-ierarxik, aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. (kadrlarning ijtimoiy-texnologik layoqati, huquq va majburiyatlarning yagonaligi tamoyili.).

Psixologik-pedagogik tamoyillar mijoz bilan o‘zaro munosabatlar va unga ta'sir ko‘rsatish vositalarini tanlashga talablarni aks ettiradi: mijoz hayot faoliyati shartlarini baholash va u bilan ishlashning shakl hamda usullarini tanlashning kompleks tahlili; individual yondashuv;ijtimoiy ishning maqsadli yo‘naltirilganligi va manzilliligi.

Ijtimoiy ishning maxsus tamoyillari ijtimoiy ish ko‘rsatish sohasidagi faoliyatning asosiy qoidalarini belgilaydi. Bularga, universallik, ijtimoiy huquqni muhofaza qilish, ijtimoiy ta'sirlanish, profilaktik faoliyat, o‘z kuchiga tayanish, ijtimoiy resurslarni maksimallashtirish, maxfiylik, bag‘rikenglik. Shunday qilib ijtimoiy xizmat nazariyasi – umumiy fanlar tizimida ijtimoiy-gumanitar bilimlarning mustaqil tarmog‘i bo‘lib, ilmiy bilimlarning barcha tarkibiy qismlarini qamrab olib, birlashtirish va amaliy yo‘naltirilganlikka xos bo‘ladi.

Uning ahamiyati asosida faoliyatning asosiy qoida va me'yorlari aks etgan ijtimoiy xizmatning tamoyillari turadi. Ular ma'lum bir ijtimoiy vaziyatda maqsadga erishish uchun kirishish zarurligini ko‘rsatadi. (jadval.1).

Ijtimoiy ish xususiyati bu faoliyatning axloqiy tomonlariga asosiy e'tibor qaratish bilan bog‘liq bo‘lib, shuning uchun ijtimoiy ishning asosiy tarkibiy tamoyillari (alturizm, mijoz bilan munosabatlarda demokratizm) etik xususiyatga ega bo‘ladi va mutaxassisning uch tomonlama faoliyatini aks ettiradi: mijoz oldidagi axloqiy javobgarlik, jamiyat va o‘z kasbi hamda jamoa oldidagi axloqiy javobgarlik. Ijtimoiy ish etikasi har bir inson huquqi kabi ijtimoiy xotirjamligini tushunishda, ijtimoiy xizmatlar ishini yaxshilashda, o‘zining yashirin resurslarini chiqarishda namoyon bo‘ladi.


Download 159.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling