Jadval 1.
Ijtimoiy ishning asosiy tamoyillari
Ijtimoiy ish tamoyillari
Tamoyillar guruhlari
|
Tamoyillar
|
Tarkibiy
|
Altruizm, mijoz bilan munosabatlarda demokratiya, ijtimoiy adolatlilik
|
Psixologik-pedagogik
|
Empatiya, attraksiya, bag‘rikenglik
|
Uslubiy
|
Mijozga alohida yondashuv, izchillik, layoqatlilik
|
Tashkiliy
|
vositachilik, yengillik, majmuaviylik
|
Psixologik-pedagogik tamoyillar mijozga psixologik-pedagogik tomondan qanday ta'sir ko‘rsatishni xarakterlaydi:
1. Kompleks yondashuv, mijozga har tomonlama ta'sir ko‘rsatish, uning muammosini hal qilishda barcha mumkin bo‘lgan choralarni qo‘llash: ichki va tashqi omillar, aloqalar, hayot faoliyat sharoitlarini hisobga olish. Mazkur tamoyil quyidagilarni taklif etadi:
- manfaatlar, talablar, kayfiyat, xarakter, temperamentni hisobga olish;
- tashqi sharoitlar ta'sirini hisobga olish (moddiy-maishiy, sanitar-gigienik, siyosiy);
- mijozga ta'sir ko‘rsatishning barcha vosita va usullarini qo‘llash.
2. Differensiyalashgan yondashuv– ma'lum sinf, yoshga tegishli insonlar xususiyatini hisobga olish, pul, ideal, talablarga turlicha yondashish. Bularni hisobga olmasdan insonning tuyg‘ulariga ta'sir ko‘rsatish mumkin emas.
3. Maqsadli yo‘nalganlik tamoyili. Mijozga ta'sir ko‘rsatishning maqsadi ijtimoiy xodim harakat usuli va xususiyatini belgilaydi. Maqsadga erishish qabul qilingan harakat samaradorligi mezoni bo‘ladi. Maqsad mijoz bilan ishlash shakllari, usullarini tanlashda muhimdir.
Ijtimoiy ishning maxsus tamoyillari ijtimoiy ish ko‘rsatish sohasidagi asosiy qoidalarni belgilaydi. Bularga, universallik, ijtimoiy huquqni muhofaza qilish, ijtimoiy ta'sirlanish, profilaktik faoliyat, o‘z kuchiga tayanish, ijtimoiy resurslarni maksimallashtirish, maxfiylik, bag‘rikenglik kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |