Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Download 159.54 Kb.
bet46/58
Sana13.12.2021
Hajmi159.54 Kb.
#180614
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58
Bog'liq
Мажмуа. Ижтимоий иш назарияси 1

2.Sog‘likni belgilovchi omillar sog‘liqni mustahkamlovchi (salomatlik omillari) va uning yomonlashtiruvchi (xatar omillari) ga bo‘linadi.

Barcha omillarning ta'sir ko‘rsatish sohasiga ko‘ra ular to‘rtta asosiy guruhga birlashtirilgan: 1) turmush tarzi omillarifaktorы obraza jizni (umumiy ta'sirning 50%); 2) tashqi muhit omillari (umumiy ta'sirning 20%); 3) biologik omillar(irsiyat) (umumiy ta'sirning 20%); 4) tibbiy xizmat ko‘rsatish omillari (umumiy ta'sirning 10%).

Sog‘liqni mustahkamlovchi turmush tarzining asosiy omillariga quyidagilar kiradi: yomon odatlarning yo‘qligi; ratsional ovqatlanish; adekvat jismoniy yuklamalar ; sog‘lom ruhiy muhit; o‘z sog‘ligiga e'tiborli bo‘lish; oila qurish va farzand ko‘rishga yo‘naltirilgan jinsiy axloq .

Sog‘likni yomonlashtiradigan turmush tarzining asosiy omillari quyidagilar: chekish, alkogol, giyohvandlik, toksikomaniya, dori vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish, ovqatlanishda miqdor va sifat munosabatlarining buzilishi, gipodinamiya, giperdinamiya; stress holatlari; tibbiy faoliyatning yetishmasligi; jinsiy kasalliklar va rejalashtirilmagan homiladorlikka olib keluvchi jinsiy axloq.

Sog‘likni belgilovchi asosiy tashqi muhit omillari: ta'lim va mehnat sharoitlari, ishlab chiqarish omillari, moddiy-maishiy sharoit, iqlim va tabiiy sharoit, atrof muhitning tozalik darajasi. Asosiy biologik omillar irsiyat, organizmning yosh, jins va konstitutsional xususiyatlaridir. Tibbiy yordam omillari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan belgilanadi.

3. Turmush tarzi- bu inson hayot faoliyatining ma'lum shaklidir. Turmush tarzi uning mehnat faoliyati, bo‘sh vaqtdan faoydalanish shakllari, moddiy va manaviy ehtiyojlarni qondirish, jamiyat hayotiga qatnashish, axloq me'yor va qoidalarini qamrab olgan insonning kundalik hayot xususiyatlari bilan xarakterlanadi.

Turmush tarzini tahlil qilganda faoliyatning turli shakllari ko‘rib chiqiladi : kasbiy, ijtimoiy, ijtimoiy-madaniy, maishiy va boshqa. Ijtimoiy, mehnat va jismoniy faoliyat asosan o‘rganiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning katta darajasida turmush tarzi ma'lum insonning faoliyat motivlari, uning ruhiyati xususiyatlari, sog‘ligining holati va organizmning funksional imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Bu ayniqsa turli insonlarning turmush tarzi ko‘p qirrali ekanligi bilan tushuntiriladi.

Inson turmush tarzini belgilovchi asosiy omillar quyidagilar: insonning umumiy madaniyat darajasi, ta'lim darajasi, hayotining moddiy sharoiti, yosh va jins xususiyatlari, inson konstitutsiyasi, sog‘lik holati, ekologik muhit, ish, kasbining xususiyati, oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiya xususiyatlari, inson odatlari, biologik va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari

Hayot tarzi va inson salomatligi o‘zaro aloqasi sog‘lom turmush tarzi tushunchasi sanaladi.

Sog‘lom turmush tarzi inson salomatligi va rivojlanishi uchun eng yaxshi sharoitlarda kasbiy, ijtimoiy va maishiy vazifalarni bajarishga xos bo‘lgan narsalarni birlashtiradi.

Sog‘lom turmush tarzi sog‘likni mustahkamlash va rivojlantirishga mo‘ljallangan inson faoliyatining belgilangan yo‘nalishini aks ettiradi. Bu shaklda sog‘lom turmush tarzi uchun turli kasalliklar paydo bo‘lishini oldini olish uchun kuchlarni birlashtirish muhimdir: ichkilikbozlik, giyohvandlik, kashandalik bilan kurash, noto‘g‘ri ovqatlanish, ziddiyatli munosabatlar, sog‘lom turmush tarzi shakllanishi va inson hayotining turli tomonlarini aks ettiruvchi ko‘p qirrali tendensiyalarni ajratish va rivojlantirish muhim.


So‘nggi yillarda sog‘lik hayot sifati bilan yanada ko‘proq bog‘lanmoqda. Hayot sifati deganda individning hayotiy muhim tomonlari va ehtiyojlarini qondirish, biologik va ijtimoiy hayotda faolliga imkoni beruvchi sharoitlar mavjudligi tushuniladi. Bu tushuncha hayot sifati tushnchasining sub'ektivligini qayd etib, o‘z ichiga hayotning ham ijobiy ham salbiy jihatlarini oladi. Hayot sifatining asosiy parametrlari quyidagilar:



  • Jismoniy va ruhiy harakat qilish, moddiy hayot (daromad, uy).

  • Ijtimoiy munosabatlar, manaviy hayot (kelajakka mo‘ljallangan, diniy, individual e'tiqod)

  • Atrof muhit mustaqilligi darajasi

Hayot sifatini pasaytiruvchi turmush tarzi va sharoiti omillari bevosita biologik va stress ta'sirni ko‘rsatadi. Stress kuchi individning o‘z taqdirini belgilashda imkoniyatlari kamligi va cheklanganligi sharoitida katta bo‘ladi. Bu bir qator sabablar bilan bog‘liq: yaqin insonini yo‘qotish, jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik, o‘zining yoki yaqinlarining og‘ir kasalligi, ish joyini yo‘qotish xavfi va ishsizlik. Ishlab chiqarishdagi va oilaviy nizolar. Tabiiy va texnogen ofatlar.

Inson salomatligi uchun xavf tug‘diruvchi biologik omillarga ortiqcha tana massasi, gipodinamiya. Noto‘g‘ri ovqatlanish, ruhiy yoki jismoniy zo‘riqishlar, alkogol, tamaki iste'moli kiradi. Sog‘liq uchun yuqori xavf tug‘diruvchi insonlar gurug‘iga quyidagilar kiradi:



  • Yaqin insonidan ayrilgan, oilasi buzilgan shaxs;

  • Notinch oilalarning bolalari.

  • Jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari;

  • Davriy somatik va og‘ir ruhiy kasalga chalingan insonlarning yaqinlari ye;

  • Uysizlar, ishsizlar va qashshoqlar;

  • Yopiq turdagi muassasalardagi shaxslar (internat, qamoqxona.).

Millat sog‘ligini baholash uchun umumiy salomatlik tushnuchasidan foydalaniladi. Umumiy salomatlik aholining sog‘lomlik darjasi, kasalliklar. Ayniqsa ijtimoiy kasalliklarning tarqalganligini, o‘z joniga qasd qilishni xarakterlaydi (yuqumli, ruhiy, alkogolizm va narkomaniya,).

Aholi salomatligi ham alohida individ, ham butun jamiyat va davlat uchun eng katta boylik sanaladi. Davlatning millat sog‘ligiga munosabatining asosiy ko‘rsatkichlari orasida ekologik holat, ishlab chiqarishda hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha xalqaro standartlarga rioya qilish, fuqarolar sog‘ligi masalasida qonunchilikka rioya qilish, tibbiy va ijtimoiy-sog‘lomlashtirish yordamidan foydalanish va uning sifati mavjud.

Sog‘lom turmush tarzining ilmiy asoslari valeologiyaning asosiy qoidalaridan iborat. Valeologiya (lotincha sog‘lomlashtirish) o‘zida sog‘likni saqlash va mustahkamlashda ilmiy bilimlar yig‘indisini aks ettiradi. Bu nisbatan yangi ilmiy-pedagogik yo‘nalish bo‘lib, aholi ayniqsa yoshlarni sog‘lomlashtirish zaruriyati bilan paydo bo‘ldi. Bugungi kunda valeologik bilim jismoniy madniyat o‘quv fanlari dasturiga kiritilgan.

Valeologiyaning asosiy qoidalariga muvofiq insonning turmush tarzi uning qanday yashashnini belgilovchi hayot usulini aks ettiradi.

Sog‘lom turmush tarzining asosiy ijtimoiy tamoyillari quyidagilar: turmush tarzi estetik bo‘lishi kerak, turmush tarzi axloqiy bo‘lishi kerak, turmush tarzi irodali bo‘lishi kerak.

Turmush tarzining asosiy biologik tamoyillari quyidagilar: turmush tarzi yosh bo‘yicha bo‘lishi kerak, turmush tarzi harakatchanlikni ta'minlashi kerak, turmush tarzi mustahkam bo‘lishi kerak, turmush tarzi uyg‘un bo‘lishi kerak.

Sog‘lom turmush tarzining ijtimoiy va biologik tamoyillari mohiyatini tahlil qilib, ko‘rish mumkinki. Ularning ko‘pchiligiga rioya qilish insonning jismoniy madaniyatini shakllantirish uchun shart sanaladi.

Talaba yoshlar turmush tarzi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib. yosh xususiyati, o‘quv faoliyatining o‘ziga xosligi, maishiy, dam olish va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Talabalar sog‘lom turmush tarzining asosiy elementlari quyidagilar; mehnat, dam olish, ovaqtlanish, uxlash tartibini belgilash, sanitar-gigienik talablarga javob breuvchi toza havoda bo‘lish, harakat faolligining individual maqsadli tartibini tashkil etish yo‘li bilan jismoniy mukammalikka erishish;shaxs sifatida rivojlnishga ta'sir ko‘rsatuvchi mazmunli bo‘sh vaqt, o‘zini buzuvchi axloqiy hayotdan voz kechish (kashandalik, alkogol, giyog‘vandlik, gipodinamiya), jinsiy axloq madaniyati, shaxslararo munosabat va jamaodagi axloq, o‘zini boshqarish va o‘zini tashkil qilish. Hayotda manaviy, ruhiy uyg‘unlikka erishish, organizmni chiniqtirish va uni tozalash.

Optimal harakat faolligi muhim ahamiyatga ega. Sog‘lik va faol harakat bu bugungi kundagi yaqin tushunchalardir. Zamonaviy jamiyatda, ayniqsa katta shaharlarda jismoniy madaniyatdan tashqari harakat faolligini sun'iy oshirish va sog‘liqni mustahkamlash uchun deyarli boshqa vosita qolmadi. Jismniy mashqlar jismoniy mehnatda, zamonaviy insonning harakat faolligidagi kamchiliklarni to‘ldirishi kerak. Ko‘pgina odamlar jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishga xoxishlar yo‘q bo‘lib. ular buni vaqt yetishmasligi bilan izohlaydilar. Shu o‘rinda quyidagi hikmatli so‘zni keltirib o‘tish zarur: «Sport bilan shug‘ullanishga qancha kam vaqt sarflasang, davolanishga shuncha ko‘p vaqt talab etiladi».

20-asr insonlarga elektr, radio, televideniya, zamonaviy transport va boshqa ko‘plab boyliklarni berdi. Tibbiyot insonni yuqumli kasalliklardan xalos qilib, ko‘pgina kasalliklarni davolash uchun vosita va usullarni berdi. Shu bilan birga joriy asr harakat faolligining kamayishi, asabiy-ruhiy va boshqa stresslarning ko‘payishi, atrof muhitning kimyoviy ifloslanishi va boshqa salbiy hodisalarga olib keldi. Hayotning o‘zida sezilarga o‘zgarishlar paydo bo‘ldi.

Yana bugungi kun bilan taqqoslaganda inson oldin hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha narsani zi tayyorlagan (yoqilg‘i, ovqat zaxiralari).). Iste'mol og‘ir jismoniy mehnat va tabiiy kuchlar bilan kurash asosida bo‘lib, inson o‘zini tiklash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilgan. Bugungi kunda inson o‘z sog‘ligi to‘g‘risida doim ham qayg‘urayotgani yo‘q. Inson o‘z sog‘lining faqat iste'molchisi bo‘lmoqda, yaratuvchisi emas.

O‘zining ishlab chiqarish faoliyatida ekologik muammolar paydo bo‘lib. inson tabiatning bir qismi ekanligini unutdi va endi bor kuchini uni saqlashga yo‘naltiradi.




Download 159.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling