Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети кимё факультети Органик кимё кафедраси


Download 0.81 Mb.
bet4/5
Sana24.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1394848
1   2   3   4   5
Bog'liq
Muzaffarov Sh(2)

Alkaloidlar saqlovchi dorilar

  • Piridin siklining benzol sikli bilan kondensatsiyalanishi natijasida– xinolin hosil bo‘ladi.
  • Uning nomi, juda qiziqarli tarixga ega bo‘lgan xinin nomli alkaloiddan kelib chiqqan. Bir vaqtlar u bezgak kasalligiga qarshi qo‘llanadigan yagona vosita sifatida ma’lum edi. U bezgakni davolamasa ham, lekin o‘z davri uchun, bezgakning eng og‘ir simptomlarini bartaraf etishga ko‘mak beradigan yagona vosita bo‘lgan.
  • Bezgak hozirgi davrda ham jahondagi eng og‘ir va asoratli kasalliklardan biri sanaladi. Birgina Hindiston davlatining o‘zida har yili kamida bir million kishi bezgak tufayli vafot etadi. Yana qanchadan-qancha odam uning asoratlaridan aziyat chekib turmush kechirmoqda.

Zang zambrug‘ining barcha alkaloidlarini qisman gidrolizlash mumkin. Bu jarayonda, ularning molekulasining qismlaridan biri bo‘lmish - lizergin kislotasi ajralib chiqadi.

Lizergin kislotasi va uning barcha hosilalari tarkibiga indol yadrosi kiradi.

Tanasiga lizergin kislotasi yuborilgan odamda, vos-vos hamda, og‘ir ruhiy hastalik bo‘lmish shizofreniyaning boshqa belgilari yuzaga chiqadi. Bu esa tibbiyot tarixida ilk bora kimyogarlarning inson miyasidagi ruhiy jarayonlarning kimyoviy mexanizmlari asoslarini tushunish arafasida turganliklariga ishoradir. Buning qanchalik muhim ekanligini isbotlashga hojat bo‘lmasa kerak, chunki, masalan, birgina AQSHning o‘zidagi ruhiy kasallarning yarmidan ko‘pini aynan shizofreniya bilan hasatalangan bemorlar tashkil qiladi.

Vitamin “B” oilasi

Kimyogar olimlarning, ba’zi bir kimyoviy moddalarning oziq-ovqatlar tarkibida albatta mavjud bo‘lishi lozim ekanligi haqida allaqachon bilib olgan vaqtlarida ham, o‘sha moddalarning aynan nimalar ekanligini bilolmay, bu haqida tasavvur ham qila olmay xunob yurgan vaqtlar bo‘lgan. Avvaliga ular, bu moddalar aminlar ekanligini taxmin qila boshlashdi va shu tufayli ularni vitaminlar deb nomlashni taklif qilishgan edi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling