Vitamin “B” oilasi - Aniqlanishicha, vitamin B bu – bir dona vitamin bo‘lmay, balki, har biri, organizmda o‘ziga biriktirilgan ma’lum bir vazifani bajaruvchi vitaminlarning butun boshli bir guruhi, aytish mumkinki, B vitaminlari oilasidan iborat ekan. Ularni hozirda B guruhi vitaminlari deyiladi. Avvaliga ushbu guruhga mansub vitaminlarni raqamlash orqali o‘zaro farqlanar va B1, B2,... va ho kazo tartibda belgilanar edi. Biroq bunda ham mutaxassislar biroz shoshilishgani bilinib qoldi, zero, vaqt o‘tishi bilan, B guruhi vitaminlarining ayrimlari, turli xil kimyoviy shakl o‘zgarishlarida (turlanishlarda) mavjud bo‘la olishi tasdiqlandi. Natijada, B12a, B12b kabi nomlar ham yuzaga keldi. Ko‘rib turganingizdek, hammasi aslida ancha murakkabroqdir..
Vitamin “B” oilasi - Ko‘plab vitaminlarga bo‘lgan talabni biz, o‘simliklar hisobidan qondirishimiz mumkin. O‘txo‘r hayvonlar odatda, o‘simliklar tarkibidagi vitaminlarni o‘z organizmlarida, asosan jigarda g‘amlash orqali zahirlaydilar. Shuning uchun ham, jigar iste’mol qilishning foydasi mavjud. Shuningdek, ayrim bakteriyalar ham, B guruhi vitaminlarini ishlab chiqarishi mumkin. Xususan, odam ichaklarida yashovchi ayrim bakteriyalar, B guruhi vitaminlarining ba’zi turlarini, organizm uchun yetarli miqdorda ishlab chiqarib turadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |