Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети кимё факультети Органик кимё кафедраси


a) Glitsin b) gistidin Oqsil molekulasining tuzulishi


Download 1.47 Mb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1604059
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1539870785 67857

a) Glitsin b) gistidin

Oqsil molekulasining tuzulishi

Qon rangi

Organizmda portoporfirin, halqa markazida turuvchi va har to‘rttala azot atomlari bilan bog‘lanuvchi temir atomi bilan bog‘langan bo‘ladi. Porfirinning temir bilan bu tarzdagi bog‘lanishining nomi gem deb ataladi. Undagi temir atomida yana ikkita bog‘ erkin holda qoladi va ulardan biriga oqsil bog‘lanishi mumkin. Odatda bu globin deb nomlanuvchi oqsil bo‘ladi. Gem bilan birkkan globin oqsili gemoglobinni tashkil qiladi. Shuningdek, gemning porfirin yadrosining yana ba’zi bir necha tarmoqlangan zanjirlari ham oqsil bilan bog‘lanadi, ya'ni, gem oqsil bilan yana kamida 5 ta joydan mustahkam bog‘lanish hosil qiladi. Oqsil molekulasiga, huddi gen singari, aminokislotalardan tarkib topmagan molekula bog‘lansa, bunday bog‘lanish prostetik guruh deyiladi. Bu atama, yunonchadagi «qo‘shimcha» ma’nosini beruvchi so‘zdan olingan. Gemoglobin qondagi qizil qon tanachalari tarkibidagi ucraydi va qonga qizil rangni aynan u beradi. «Gem» atamasining o‘zi ham, yunonchadagi «qon» ma’nosidagi so‘zdan oligan. Gemoglobinning o‘zi ko‘kimtir rangda bo‘ladi. Siz bunga ishonch hosil qilish uchun, bilak va kaftingizning ichki tarafidan, shundoqqina teri ostidan o‘tuvchi vena qon tomirlariga razm solishingiz mumkin. Lekin, o‘pkalardagi ingichka membranalar orqali o‘tib borar ekan, gemoglobin o‘pkadagi havodan kislorod molekulalarini o‘zlashtirib oladi. O‘zlashtirib olingan kislorod atomlari, gemdagi temir atomida qolgan oxirgi, oltinchi bog‘ bilan bog‘lanadi.

Shu tarzda oksigemoglobin hosil bo‘ladi. Qonning yorqin qip-qizil rangining asl sababchisi

  • Shu tarzda oksigemoglobin hosil bo‘ladi. Qonning yorqin qip-qizil rangining asl sababchisi
  • esa ayna shu hisoblanadi. O‘pkadan boshlab qon tomirlari orqali yana organizm bo‘ylab sayohatga chiqqan qon tarkibidagi oksigemoglobin, o‘zidagi kislorodni hujayralarga ulashib boradi va yakunda qaytadan gemoglobinga aylanadi. Shu holatda u vena tomirlari orqali yana o‘pkaga qaytadi. Shu sababli ham venoz tomirlar ko‘kimtir bo‘ladi. Lekin, e’itibor qaratgan bo‘lsangiz, jarohat o‘rnidan qon chiqayotganida, hatto u vena tomiridan chiqayotgan bo‘lsa ham, doimo yorqin qizil rangda bo‘ladi. Gap shundaki, venadagi qon ochiq atmosferaga chiqishi zahotiyoq, yana o‘ziga havodan kislorod biriktirib oladi. Agar gemoglobin, ya'ni, kislorod tashuvchisi bo‘lmasa, organizm uzoq yashay olmas edi. Gemoglobinga yana shuningdek, ikkita kislorod va bitta uglerod atomlaridan iborat bo‘lgan uglerod oksidi molekulalari ham birikadi. Ular qonga shu darajada mahkam jipslashadiki, undan so‘ng qonga birorta ham kislorod atomi bog‘lana olmay qoladi. Shu sababli ham, nafas olinayotgan havo muhitidagi uglerod oksidlarining miqdori juda oz bo‘lgan taqdirda ham, bu juda hatarli bo‘lib, o‘limga olib kelishi mumkin. Qondagi oksigemoglobin vositasida hujayralarga yetkazilgan kislorod, u yerdagi sitoxromlar deb nomlanuvchi fermentlar orqali biriktirib olinadi. Ularning molekulasi tarkibida ham gem mavjud bo‘lib, biroq uning orqsil qismi globindan emas, balki boshqa oqsildan iborat bo‘ladi. sitoxromlar faoliyatiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi modda bu – sainid yoki, sinil kislotalar ionidir. Shu sababli ham mazkur moddalarning juda oz miqdorlari ham organizmni halok qiluvchi oqibatlarga olib keladi.
  • Gemoglobin va sitoxromlar hayot uchun o‘ta muhimdir. Shu tufayli ham bizlarga temir moddasi hayot uchun bihoyatda zarur hisoblanadi. Organzimda temir yetishmasligi, anemiya1 (kamqonlik) xastaligining shakllaridan birini keltirib chiqaradi. Kamqon odamlar, o‘z tanalari bo‘ylab hujayralarga yetarli miqdorda kislorod yetkazilmasligidan aziyat chekadilar va shu tufayli bunday bemorlar rangi oqargan, holsiz va tez toliqadigan bo‘lib qolishadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling