Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Qiymat va narx, xarajatlar va tannarx va bozor qiymati


Download 0.61 Mb.
bet2/10
Sana25.11.2020
Hajmi0.61 Mb.
#151695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mulkni baxolash MXA


2. Qiymat va narx, xarajatlar va tannarx va bozor qiymati
Qiymat narxga oid iqtisodiy tushuncha bo‘lib, unga nisbatan tovarlar yoki xizmatlarni xarid qilishga kodir xaridor va sotuvchilar kelishib olishlarining extimollari ko‘prok. Qiymat dalil emas, balki qiymatning tanlangan izoxiga (sharxiga) muvofiq, muayyan bir vaqtda muayyan tovarlar va xizmatlar extimolli narxlarining xisob-kitob miqdori xisoblanadi. Qiymatning iqtisodiy tushunchasi bozorning mazkur tovarlarning egasi yoki baxolash sanasida ushbu xizmatlarning foydalanuvchisi tomonidan olinadigan foydaga bo‘lgan nigoxini aks ettiradi.

Qiymat baxolarini tushunish va qo‘llash uchun qiymatning turi va izoxini yakkol ko‘rsatish, shuningdek ularning baxolash topshiriklariga muvofiqligini ta’minlash lozimdir. Qiymat izoxining o‘zgarishi turli mulk ob’ektlariga ko‘shib ko‘yiladigan qiymat miqdorlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Qiymat tushunchasi ayrim bitimlar bilan bogliq puldagi summani takozo etadi. SHunday bo‘lishiga karamay, baxolanayotgan mol-mulkning sotilishi bozor qiymati ta’rifidagi shart-sharoitlarga amal qilishda, agar u baxolash sanasida sotiladigan bo‘lsa, u xolda ushbu mol-mulk sotilishi mumkin bo‘lgan narxni belgilash uchun zaruriy shart xisoblanmaydi.

Narx - muayyan tovar yoki xizmat uchun taklif qilinadigan, so‘raladigan yoki to‘lanadigan pul ko‘rinishidagi so‘mma. Sotish narxi, u ochiq e’lon qilinganligi yoki sir saklanishidan qat’iy nazar ro‘y bergan dalil xisoblanadi. Moliyaviy imkoniyatlar, ragbatlantirishlar yoki xaridor va sotuvchilarning muayyan o‘ziga xos manfaatlari sababli tovarlar yoki xizmatlar uchun to‘langan narx tovarlar yoki xizmatlar qiymatiga muvofiq kelmasligi mumkin. SHunday bo‘lishiga karamasdan, narx odatda muayyan xolatlarda xaridor va/yoki sotuvchi tomonidan mazkur tovarlar yoki xizmatlar uchun belgilanadigan nisbiy qiymatning indikatori xisoblanadi.

Xarajatlar - tovar yoki xizmatni yaratish yoxud ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan resurslar miqdorining puldagi ifodasi. Xaridor tomonidan tovar yoki xizmatga to‘langan narx, u uchun ularni sotib olish xarajatlariga aylanadi.

Mol-mulk ob’ekti uchun xarajatlarning xisob-kitobi takror ishlab chiqarish xarajatlari yoki o‘rnini bosish xarajatlarining xisob-kitob miqdoriga asoslanishi mumkin. Takror ishlab chiqarish xarajatlari - bu o‘xshash texnologiya va materiallardan foydalangan xolda mavjud ob’ektning kutilayotgan nusxasini yaratish xarajatlaridir. O‘rnini bosish xarajatlarining xisob-kitob miqdori ayni vaqtda bozorda foydalanilayotgan texnologiyalar va materiallarni qo‘llash bilan solishtirma foydalilikka ega ob’ektlarning yaratilishini ko‘zda tutadi.

Tannarx - tovar yoki xizmatlarni sotib olish (koplanayotgan soliqlardan tashkari), yaratish yoki ishlab chiqarish xarajatlarining summasini aks ettiradi.

Qiymatning bir nechta turi va ularga muvofiq ta’riflari mavjud.

Ularning ba’zilari qiymatning standart turlari xisoblanadi xamda mol-mulkni baxolash jarayonida keng qo‘llaniladi. Kolganlari esa maxsus, qat’iy kelishilgan xollarda foydalaniladi. Baxolash uslublarini tushunish va amaliy qo‘llash uchun foydalanilayotgan qiymatning turi va ta’rifini yakkol ochib berish juda muximdir, shuningdek tanlangan qiymat turining baxolovchi oldida turgan muayyan masala moxiyatiga muvofiq kelishiga e’tibor karatish lozim. Tanlangan ta’rifga bogliq xolda baxolanayotgan mol-mulk qiymati turlicha bo‘lishi mumkin.

Professional baxolovchilar tavsiflanmagan "qiymat" atamasini qo‘llashdan kochishlari va uni fakat aynan qanday qiymatning nazarda tutilayotganligiga aniqlik kirituvchi aniqlovchiga ega bo‘lgan birikmada ishlatishlari lozim. Bozor qiymati - mol-mulkni baxolashda eng keng tarkalgan qiymat turi bo‘lib, xar bir shunday xolatda bozor qiymati atamasi yakkol va ravshan aniqlanishi ayniksa muximdir.

Baxolash ob’ektining bozor qiymati uning mavxum jismoniy darajasi xolatidan emas, balki aynan bozor nuqtai nazaridan uning foydaliligining ifodasi xisoblanadi. Muayyan bir korxona uchun aktivlarining foydaliligi ularning bozor yoki aloxida olingan tarmok nuqtai nazaridagi foydaliligidan farq qilishi mumkin. SHunday ekan, aktivlar baxosi xamda narxlar o‘zgarishining samarasini aks ettiruvchi buxgalteriya xisoboti moliyaviy xisobotda aks ettirilishi lozim bo‘lgan bozor ma’nosidagi qiymat va moliyaviy xisobot asosiga olinmasligi lozim bo‘lgan nobozor qiymat turlari orasidagi farqni xisobga olishi zarur. Kelajakda maxsus ko‘chmas mol-mulkka ilova qilinadigan o‘rnini bosishning qoldiq qiymati garchi

baxolashning bozorsiz asosi bo‘lib xisoblansada, shunday bo‘lishiga karamasdan tegishli xollarda moliyaviy xisobotda qo‘llanilishi mumkin.

Yuqorida ta’kidlangan xatboshida keltirilgan o‘xshash dalillar ko‘chmas mol-mulkdan farq kiluvchi mulkni baxolash uchun adolatlidir. O‘rnini bosishning qoldiq qiymatidan asoslangan xolda foydalanish xollaridan tashkari moliyaviy xisobot bozor qiymati konsepsiyalariga asoslangan uslublardan foydalanish, xamda ular va nobozor qiymat turlari tomonidan foydalaniladigan uslublar o‘rtasida aniq chegara o‘tkazishni talab qiladi.

Ko‘chmas mol-mulk ob’ektining umumiy tannarxi uni ishlab chiqarish uchun ketgan barcha bevosita va bilvosita xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Agar xaridor ko‘chmas mulkni xarid kilganidan so‘ng ko‘shimcha kapital xarajatlar sarflagan bo‘lsa, u xolda tannarxni xisoblashda ushbu xarajatlar xaridning retrospektiv (o‘z) qiymatiga ko‘shiladi. Bozor mazkur xarajatlarning kanchalik maqsadga muvofiqligini xisoblashiga karab, ular shu miqdorda ob’ektning bozor qiymatiga o‘z ulushini ko‘shadi.

Bozor qiymati tushunchasi bozorning jamoaviy idroki va xatti-xarakatlarini aks ettiradi xamda bozor iqtisodiyotining ko‘pgina resurslarini baxolash uchun asos bo‘lib xisoblanadi.

Mulkni baxolash milliy standartlarida bozor qiymati o‘xshash marketingdan so‘ng ixtiyoriy xaridor va ixtiyoriy sotuvchi o‘rtasidagi tijoriy bitim natijasida baxolash sanasida mulkning bir ko‘ldan boshqasiga o‘tishi ko‘zda tutiladigan pul summasiga teng bo‘lgan xisob-kitob miqdori sifatida aniqlanadi; bunda xar bir tomonning e’tiborli, xisob-kitobli va majburiyatsiz xarakat qilishi talab etiladi.

Qonunchilikda bozor qiymatining boshqa ta’rifi xam ko‘zda tutilgan: baxolash ob’ektining bozor qiymati deganda, mazkur ob’ektning bitim tomonlari barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lgan xolda, o‘z manfaatlari doirasida akl-idrok bilan va majburiysiz xarakat kiluvchi raqobat sharoitida ochiq bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan extimolli narx tushuniladi, biroq biror-bir favkulodda xolatlar, tomonlardan biri uchun ushbu bitimga kirish majburiyatini o‘z ichiga olgan xolda, bitim narxining miqdorida aks ettirilmaydi. Bozor qiymatini baxolash pul shaklida amalga oshiriladi.

Agar biror baxolash ob’ektining majburiy baxolanishini amalga oshirish talablarini o‘z ichiga olgan me’yoriy xujjat yoki baxolash ob’ektini baxolash to‘grisidagi shartnomada (keyinchalik - shartnoma) muayyan baxolash turi belgilanmagan bo‘lsa, u xolda mazkur ob’ektning bozor qiymati belgilanadi. SHuningdek, mazkur koida O‘zbekiston Respublikasining "Baxolash faoliyati to‘grisida"gi Konuni yoki baxolash ob’ektining qiymat turini aniqlaydigan atamalarni baxolash standartlarida ko‘zda tutilmagan me’yoriy xujjatda foydalanish xollarida xam qo‘llanilishi mumkin.



3. Er va mulk, ko‘chmas mulk, mulk va mol-mulk (aktivlar) tushunchalari
Baxolash amalga oshirilayotgan vaqtda er tushunchasining iqtisodiy, geografik va yuridik konsepsiyasini farqlash lozim. Erning farovonlik manbai va qiymat ob’ekti sifatidagi iqtisodiy tushunchasi baxolash nazariyasida asos bo‘lib xisoblanadi. Erdan saloxiyatli foydalanish baxolash amaliyoti namoyon bo‘ladigan xolatni tashkil etadigan geografik, konuniy, ijtimoiy va iqtisodiy muloxazalar bilan aniqlanadi.

Iqtisodiy konsepsiya nuqtai nazaridan er, eng avvalo, jamoat manfaatlari foydasiga konuniy cheklanishi mumkin bo‘lgan mulkiy xuquqlar tatbik etiladigan jismoniy tub moxiyatni ifoda etadi. Er pul ifodasi yoki ayirboshlash qiymatida o‘lchanadigan farovonlikning muxim manbai xisoblanadi.

Erning geografik konsepsiyasi erning jismoniy tarkibiy qismlari, uning taksimlanishi xamda erdan foydalanuvchi insonlarning faoliyatini yoritishda aks ettiriladi. U aloxida olingan xudud uchun jismoniy xususiyatlar va ular uygunligi muximligining farqlarini tan oladi.

Mulkning yuridik konsepsiyasi moxiyati nafaqat er yoki tuprok, balki tabiat xarakteridan qat’iy nazar, er bilan bogliq barcha narsalar, masalan, daraxtlar va o‘simliklar, yoki jamiyat ta’siridan, masalan, uylar va boshqa imoratlarni o‘z ichiga oladi. Mulk nafaqat erning ustki qismidagi, balki undanda balandda joylashgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi.

Bo‘sh (foydalanilmagan) er uchastkasi yoki yaxshilangan uchastka (erni qayta ishlash va inshootlar) qiymatini baxolash iqtisodiy tushuncha bo‘lib xisoblanadi. SHuningdek bo‘sh yoki yaxshilangan er uchastkasi ko‘chmas mulk deb ataladi. Qiymat ko‘chmas mulk ob’ektining foydaliligi - insonlarning talab va extiyojlarini kondirishga kodirligi bilan yaratiladi. Xar qanday ko‘chmas mulk ob’ektining qiymati uning noyobligi, chidamliligi, joylashgan erining doimiyligi, ko‘chmas mulk bozoridagi taklifning nisbiy cheklanganligi, shuningdek muayyan er uchastkasining o‘ziga xos foydaliligi bilan aniqlanadi.

Mulk yuridik konsepsiya xisoblanadi. Mulk xuquqi shaxsning o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z ixtiyoricha va o‘z manfaatlari doirasida egalik qilish, foydalanish va idora qilish, shuningdek mulk xuquqining kimdan kelib chiqkanligidan qat’iy nazar, barcha turdagi buzilishlarining bartaraf kili- nishini talab qilish xuquqidan iborat. Mulk xuquqi muddatsizdir. Mulk xuquqi O‘zbekiston Respublikasining Fukarolik kodeksi bilan qat’iy belgilangan.

Ko‘chmas mulk (ko‘chmas mulk ob’ekti, ko‘chmas mol-mulk) jismoniy er uchastkasi va unga tegishli inson tomonidan amalga oshirilgan yaxshilanishlar sifatida aniqlanadi. Bu er, er usti va er ostidagi barcha inshootlar bilan birga moddiy, sezilarli "buyum" bo‘lib, uni ko‘rish va ushlash mumkin.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk xuquqi ko‘chmas mol-mulkka egalik qilish, foydalanish va idora qilish bilan bogliq barcha xuquqlar, manfaatlar va imtiyozlarni o‘z ichiga oladi. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk xuquqi odatda jismoniy ob’ekt sifatida ko‘chmas mulkdan farqli ravishda egalik qilishning biror-bir jixati bilan ifodalanadi. SHunday kilib, ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk xuquqi nomoddiy tushunchalarga kiritiladi.

Ko‘char mol-mulk ko‘chmas mulk bo‘lmagan moddiy va nomoddiy aktivlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur ob’ektlar doimo ko‘chmas mulk bilan bogliq emas va toifa (kategoriya) sifatida bunday mol-mulk ko‘chirilish imkoniyati bilan tavsiflanadi.

Buxgalteriya xisobining atamashunosligida aktivlar biror narsaning egaligi yoki kimningdir boshqaruvi ostidagi resurslardan iborat bo‘lib, kelajakda ulardan etarli asoslar bilan biror iqtisodiy foydani kutish mumkin. Aktivlarga egalik qilish xuquqi nomoddiy tushuncha xisoblanadi.

Biroq, aktivlarning o‘zi moddiy va nomoddiy bo‘lishlari mumkin.

Moliyaviy xisobot (buxgalteriya xisobi) standartlariga muvofiq aktivlar moddiy, nomoddiy va investitsion aktivlarga bo‘linadi. Quyidagi atama va tushunchalar o‘ziga xos axamiyatga ega:

a) joriy aktivlar. Korxona faoliyatida doimiy asosda foydalanish uchun mo‘ljallanmagan aktivlar masalan, debitorlarning xisobvaraklari, tovar-moddiy zaxiralari, kiska muddatli investitsiyalar, bank va kassadagi nakd pullar. Ayrim xollarda quyidagi berilgan ta’rifga muvofiq, odatda asosiy aktivlar sifatida karaladigan ko‘chmas mulk xam joriy aktivlarga kiritilishi mumkin. Misol tarikasida tovar-moddiy zaxiralarida bo‘lgan xamda sotish uchun mo‘ljallangan er uchastkalari yoki ko‘chmas mulk ob’ektlarini keltirish mumkin;

b) asosiy aktivlar. Bu ikkita umumiy toifaga (kategoriyaga) bo‘linadigan moddiy va nomoddyy aktivlardir:

- ko‘chmas mulk, ishlab chiqarish vositalari va jixozlar - er uchastkasi va inshootlar, ishlab chiqarish vositalari va jixozlar, amortizatsiya zaxirasi va boshqa turdagi aktivlarni o‘z ichiga olgan, korxona faoliyatida doimiy asosda foydalanish uchun mo‘ljallangan aktivlar;

- boshqa uzok muddatli aktivlar - korxona faoliyatida doimiy asosda foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, biroq uzok muddat davomida egalik qilinadigan aktivlar. Bunday aktivlar uzok muddatli investitsiyalar va uzok muddatli debitorlik karzlari, gudvill, muddati uzaytirilgan xarajatlar, patentlar, firma belgilari va boshqa shu kabi aktivlarni o‘z ichiga oladi.

Buxgalteriya xisobining atamashunbsligi baxolovchilar tomonidan foydalaniladigan atamashunoslik bilan barcha xollarda xam mos tushmaydi. Agar mazkur bandning oltinchi xat boshidagi tasnifdan kelyb chiqadigan bo‘lsa, u xolda baxolovchilar nisbatan asosiy aktivlar bilan ish ko‘radilar. Texnik jixatdan moddiy yoki nomoddiy aktivlarning o‘zi emas, balki mol-mulkka (aktivlarga) egalik qilish yoki egalik qilish xuquqi baxolanadi. Mazkur atama ushbu mulkning erkin bozorda sotilish va xarid qilinishining kodirligiga ob’ektiv asoslangan mol-mulkni baxolashning iqtisodiy konsepsiyasi xamda qiymatni aniqlash asoslari sifatida ob’ektning ayrim ichki xususiyatlari yoki bozor qiymatidan farqli boshqa

asosni ko‘zda tutuvchi qandaydir sub’ektiv konsepsiya o‘rtasidagi farqni ta’kidlaydi. SHunday bo‘lishiga karamasdan, ob’ektiv bozor yondashuvi mulkning cheklangan yoki nobozor baxolanishi xollarida o‘ziga xos tatbik etiladi.

"Qadrsizlanish", "eskirish" va "amortizatsiya" atamalari mol-mulkni baxolashda kabi, buxgalteriya xisobida xam ishlatiladi va ularning ma’nolarini tushunmaslikka olib kelishi mumkin. Baxolovchilar anglashilmov-chiliklarning oldini olish maqsadida, qaytadan tiklash va o‘rnini bosish qiymati uslublaridan foydalangan xolda, o‘rnini bosishning (qaytadan tiklashning) to‘lik qiymatiga nisbatan kimatning xar qanday yo‘kotilishini ko‘zda tutib, "kadr-sizlanish", "eskirish" yoki "ko‘shib xisoblangan eskirish" atamalaridan foydalanishlari mumkin. Bunday yo‘kotishlar jismoniy eskirish, funksional yoki texnik, yoxud tashki eskirishga kiritilishi mumkin.

"Amortizatsion ko‘shib xisoblash" atamasi ushbu xisoblashlar amalga oshirilgan tamoyildan qat’iy nazar, restrospektiv (dast-labki) qiymat kontekstida aktivlarni sotib olish uchun ketgan dastlabki xarajatlarning o‘rnini bosish uchun buxgalterlar tomonidan aniqlangan chegirmalarni ifodalaydi. Ko‘shib xisoblangan eskirish baxolovchi uchun xar doim bozor munosabatlarining funksiyasi bo‘lib xisoblanadi. O‘z navbatida, amortizatsion ko‘shib xisoblashlar, eng avvalo, buxgalter tomonidan qo‘llanilayotgan amortizatsiyani xisoblashning muayyan uslubiga bogliq xamda bozor xolatini aks ettirishi majburiy emas.

Ko‘chmas mulk ob’ektiga tegishli bo‘lgan "mulk" yuridik atamasi bir vaqtning o‘zida ko‘chmas va/yoki ko‘char mol-mulkning umumiy ifodasi sifatida keng qo‘llanilayotganligini xisobga olgan xolda, ushbu tushuncha baxolash standartlarida keng ma’noda ishlatiladi. Ushbu kontekstda jismoniy ob’ektning o‘zi kabi, unga egalik qilish xuquqi tushuniladi. Ushbu kelishuvni qabul kilgan xolda, baxolash jarayonining umumiy kontekstidagi mulkni buxgalteriya xisobining ta’riflari va kelishuvlari ma’nosida aktivlar sifatida tushuniladigan mulkdan farqlash lozim.

4. Baxolash tamoyillari va baxolash yondashuvlari
Mol-mulkni baxolash turli omillarning mol-mulk qiymati miqdoriga ta’siri darajasini aniqlashga imkon beradigan barcha iqtisodiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Mol-mulkni baxolashda quyidagi iqtisodiy tamoyillardan foydalaniladi: eng yaxshi va eng samarali foydalanish tamoyili, foydalilik tamoyili, o‘rnini bosish tamoyili, talab va taklifning mutanosibligi tamoyili, raqobat tamoyili, o‘zgarish tamoyili, xissa ko‘shish tamoyili, muvozanatlilik tamoyili, ortuvchi va kamayuvchi unumdorlik tamoyili, ortikcha maxsuldorlik tamoyili, bashorat qilish tamoyili, muvofiqlik tamoyili, bogliqlik tamoyili, mol-mulk ob’ektlari va ularga bo‘lgan mol-mulk xuquqlarini taksimlash (mol-mulk xuquqlarni maqbul taksimlash) tamoyili.

Boshqa teng shart-sharoitlarda mol-mulk ob’ektining qiymatiga ta’siri aniq bo‘lgan omillarga bogliq xolda, mol-mulkni baxolashda qo‘llanilayotgan barcha iqtisodiy tamoyillar quyidagicha tasniflanishi mumkin: bozor muxiti bilan bogliq baxolash tamoyillari; egasining mol-mulk to‘grisidagi tasavvuri bilan bogliq tamoyillar; mol-mulkdan foydalanish xususiyati bilan bogliq baxolash tamoyillari.

Bozor muxiti bilan bogliq tamoyillar

Talab va taklif tamoyili

Mol-mulkning bozor qiymati bozordagi talab va taklifning o‘zaro ta’siri xamda sotuvchi va xaridorlar raqobatlarining xarakteri natijasida yuzaga keladi.

Talab odatda ayni vaqtda yuzaga kelgan bozor qiymati bo‘yicha xaridorlarning muayyan vaqt davomida xarid qilishga tayyor yoki kodir bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlar miqdori bilan tavsiflanadi. Saloxiyatli iste’molchilarning mazkur tovar yoki xizmatga ega bo‘lish xoxishi va imkoniyatini aks ettiruvchi afzal ko‘rishlari va ularning xarid kobiliyati tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar xisoblanadi. SHunday kilib, tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talab shunday tovar yoki xizmatning foydaliligi bilan yaratiladi, ularning takchilligi va talab qilinishining ta’siri ostida bo‘ladi xamda saloxiyatli xaridorlarning xarid kobiliyatlari doirasi bilan cheklanadi.

Taklif muayyan vaqtda bozorda raqobat narxi bo‘yicha sotishga taklif qilingan ob’ektlar miqdori bilan tavsiflanadi. Bunday tovar yoki xizmatlarning foydaliligi va ularning aylanmadagi cheklangan miqdori

tovar yoki xizmatlar taklifiga ta’sir etuvchi muxim omil xisoblanadi. SHu bilan birga, tovar yoki xizmatlarning mavjudligi saloxiyatli iste’molchila- rning xaqiqiy xarid kobiliyati bilan cheklangan.

Talab va taklif nisbati narxlarning muvozanat bozoridagi darajasini belgilaydi. Talab va taklif nisbatining uchta bo‘lishi mumkin bo‘lgan xolati ajratiladi: talab va taklif teng, bozor bitimlari natijasida mol-mulk ob’ektlarining muvozanatli adolatli bozor narxi shakllanadi; talab taklifdan ortik, bozordagi narxlarning ko‘tarilishida ifodalanadi; taklif talabdan ortik, bozordagi narxlarning pasayishida ifodalanadi.

Raqobat tamoyili:

Bozor mexanizmlari tartibga soluvchi ta’sirga ega: bozor talabi foydaga sabab bo‘ladi, foyda esa o‘z navbatida raqobatga sabab bo‘ladi.

Yuqori foyda olish imkoniyati yoki monopolizatsiya jarayonlari raqobat mexanizmlarining buzilishiga olib keladi va mol-mulk qiymatini noto‘gri talkin kilgan xolda bozorga zarar etkazadi.

O‘zgarish tamoyili:

Mol-mulkning bozor qiymati vaqtga karab o‘zgaradi va muayyan sana uchun aniqlanadi. Mol-mulk ob’ekti kabi uning tashki shart-sharoitlari xam o‘zgarishga duchor bo‘ladi.

Muvofiqlik tamoyili

Mol-mulk ob’ekti va undan foydalanish xususiyati bozor talablari va umidlariga muvofiq bo‘lgan takdirda, mol-mulkning maksimal qiymati yuzaga keladi.

Bogliqlik (tashki ta’sir) tamoyili Mol-mulk ob’ektining qiymati unga nisbatan barcha ichki va tashki omillarning ta’siriga bogliq.

Egasining mol-mulk to‘grisidagi tasavvuri bilan bogliq tamoyillar

Foydalilik tamoyili

Foydalilik ko‘chmas mulk yoki ko‘char mol-mulk ob’ektlarini baxolashdagi tayanch mezon xisoblanadi. Baxolanayotgan mol-mulkning foydalilik yoki yaroklilik darajasini aniqlash va miqdoriy ifodalash baxolash jarayonida foydalanilayotgan tartibotlarning umumiy maqsadi xisoblanadi.

Foydalilik ma’lum shart-sharoitlarga muvofiq ravishda karaladigan nisbiy tushunchadan iborat. Mol-mulk qiymati barcha yuridik, jismoniy, funksional, iqtisodiy va ekologik omillarni xisobga olgan xolda, uning foydaliligini baxolash yo‘li bilan belgilanadi.

Mol-mulk qiymatini baxolash undan foydalanish uslubi va (yoki) bozorda sotishning oddiy tartibotiga bogliq bo‘ladi. Ayrim mol-mulk ob’ektlari mazkur mol-mulk ob’ektlarining tarkibiy qismlari aloxida ekspluatatsiya qilinayotgan maqbul foydalilikka ega bo‘ladi. Boshqa mol-mulk ob’ektlari mol-mulk ob’ektlarining muayyan guruxi tarkibida ekspluatatsiya qilinayotganda maqbul foydalilikka ega bo‘ladi. Demak, mol-mulkning aloxida ob’ekt sifatidagi foydaliligi va mol-mulkning mol-mulk ob’ektlari guruxining bir qismi sifatida foydaliligini farqlash lozimdir.

Baxolovchi mol-mulkning baxolanishini u bozorda mavjud ko‘rinishida amalga oshirishi lozim: mol-mulkniig aloxida ob’ekti sifatida; mol-mulk ob’ektlari guruxining bir qismi sifatida. Agar mol-mulk ob’ektlari guruxining bir qismi sifatida baxolanayotgan mol-mulk ob’ektining qiymati aynan shu ob’ektning aloxida baxolanayotgan qiymatidan farq kilsa, bunday qiymat baxolash to‘grisidagi xisobotga kiritilishi lozim.

Aloxida va mustakil faoliyat ko‘rsatuvchi mol-mulk ob’ektlari, odatda, ob’ektiv sotiladi va muvofiq ravishda baxolanadi. Mol-mulk ob’ektlarining qiymati boshqa mol-mulk ob’ektlari bilan funksional yoki iqtisodiy munosabati natijasida ortsa (kamaysa), bunday ko‘shimcha qiymatni baxolash to‘grisidagi xisobotga kiritish lozim. SHu bilan birga, bunday ko‘shimcha qiymat tegishli asoslarsiz bozor qiymati sifatida karalishi mumkin emas.

Mol-mulkning aloxida ob’ekti boshqa shaxslar ixtiyorida bo‘lib, unga yondashib turgan mol-mulk ob’ektlari bilan jismoniy yoki funksional munosabati yoxud xaridor uchun o‘zining jalb eta olishligi xisobiga o‘z qiymatidan yuqori bo‘lgan ko‘shimcha (maxsus) qiymatga ega bo‘lishi mumkin.

Bunday ko‘shimcha (maxsus) qiymat miqdori baxolash to‘grisidagi xisobotda mazkur baxolash standartlariga muvofiq ravishda belgilangan bozor qiymatidan ajratib ko‘rsatilishi lozim.

Foydalilik mol-mulk ob’ekti yoki mol-mulk ob’ektlarining guruxidan foydalanishning butun davri mobaynida baxolanadi. Mol-mulk ob’ektini vaqtincha yoki to‘lik muomaladan chiqarishda bunday mol-mulk ob’ektini baxolash baxolovchidan maxsus bilimlarni talab etadi, bunday mol-mulkni baxolash to‘grisidagi xisobotni mazkur standart talablariga muvofiq tuzish lozim.

Baxolash to‘grisidagi xisobotni tuzishda baxolovchi asosida mol-mulkning qiymati to‘grisidagi xulosa chiqarilgan axborot, shuningdek bunda qanday maxsus ruxsat va cheklovlar qabul qilinganligi ko‘rsatmalarining ochib berilishini ta’minlashi lozim.

Baxolash sanasida mol-mulkning foydalilik darajasi tashki yoki iqtisodiy omillar sababli aniq belgilanishiga yon bermasligi mumkin. Bunday xolatda mazkur standartlarning talablariga muvofiq baxolash to‘grisidagi xisobot asosida mol-mulk qiymati to‘grisidagi xulosa qilingan axborot, shuningdek mol-mulk nakd bo‘lganda, ularning ob’ektini baxolashda maxsus ruxsat va cheklovlar berilgan ko‘rsatmani ochib berishi lozim.

Foydalilik siyosiy yoki iqtisodiy noaniqlik xolatida o‘zgarishi mumkin. Faoliyatning vaqtincha yoki to‘lik to‘xtatilishi korxonalarning mol-mulki qiymatiga sezilarsiz ta’yir ko‘rsatishi mumkin, bu vaqtda faoliyatning uzok muddat to‘xtatilishi istikboli sifatida ularning qiymatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mol-mulkni baxolashda uni ekspluatatsiya qilish natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha ichki va tashki omillarni xisobga olgan xolda, baxolanayotgan mol-mulkni ochib berish lozim.

O‘rnini bosish tamoyili

Tipik xaridor mol-mulk ob’ekti uchun vaqt, katta tavakkalchilik yoki biror nokulayliklarning murakkablashtiruvchi omillari mavjud bo‘lmaganda, uni o‘z foydali xususiyatlari bo‘yicha o‘xshash boshqa mol-mulk ob’ektiga almashtirish uchun talab qilinadigan summadan ortik summani to‘lamaydi.

Mol-mulk ob’ektining maksimal mumkin bo‘lgan qiymati ekvivalent foydalilikka ega boshqa ob’ektning sotib olinishi mumkin bo‘lgan eng past narxi bo‘yicha aniqlanadi.

Bunday eng past narx baxolanayotgan mol-mulkning ekvivalent foydaliligiga yakin bo‘lgan yangi o‘xshash mol-mulk ob’ektini yaratish uchun ketgan extimolli xarajatlar bilan aniqlanadi.

Bashorat qilish tamoyili

Daromad keltiruvchi mol-mulk qiymati kelajakda mol-mulkka egalik qilishdan olingan daromadlarning joriy qiymati bilan aniqlanadi.

Mol-mulkdan foydalanish xususiyati bilan bogliq tamoyillar

Eng yaxshi va eng samarali foydalanish tamoyili

Eng yaxshi va eng samarali foydalanish konunchilikka zid bo‘lmagan, jismoniy va moliyaviy amalga oshirish mumkin bo‘lgan, xamda bunda ushbu mol-mulkning baxosi qiymatning eng katta miqdorini berishi mumkin bo‘lgan mol-mulkdan extimoliy foydalanishdan iborat.

Konunchilikka zid bo‘lgan yoki jismoniy amalga oshirib bo‘lmaydigan mol-mulkdan foydalanish eng yaxshi va eng samarali foydalanish sifatida karalishi mumkin emas. Konunchilikka zid bo‘lmagan va jismoniy amalga oshiriladigan mol-mulkdan foydalanishda baxolovchi extimolli mol-mulkdan bunday foydalanish to‘grisidagi fikrini asoslashi lozim. Mol-mulkdan extimoliy foydalanishning bitta va undan ortik variantlari mavjud bo‘lganda, ularning moliyaviy asoslanishini amalga oshirish lozim.

Baxolanayotgan mol-mulk eng katta qiymatga ega bo‘lganda xamda belgilangan talablarga javob beradigan mol-mulkdan foydalanish eng yaxshi va eng samarali foydalanish xisoblanadi.

Bekaror yoki muvozanatsiz bozorlarda eng yaxshi va eng samarali foydalanish sifatida mol-mulkning keyingi foydalanish maqsadida saklanishi karalishi mumkin. Saloxiyatli eng yaxshi va eng samarali foydalanishning bir nechta variantlari namoyon bo‘lganda, foydalanishning kerakli variantini tanlash mol-mulkdan foydalanishning bunday variantlaridan xar biri keltiradigan pul okimlarining taxlili asosida amalga oshiriladi.

Mol-mulkdan foydalanish o‘zgaruvchan xolatda bo‘lgan joyda oralik foydalanish eng yaxshi va eng samarali foydalanish sifatida karalishi mumkin.

Eng yaxshi va eng samarali foydalanish tushunchasi asosiy tushuncha bo‘lib, u mol-mulkning bozor qiymatini xisoblashning ajralmas qismi xisoblanadi.

Xissa ko‘shish tamoyili

Ob’ekt qiymatining ortishi (o‘sishi) unsurlarni o‘zlashtirish va amalga oshirish xarajatlaridan oshib ketganda, turli xil ko‘shimcha unsurlar va yaxshilanishlar oklanadi.

Muvozanatlilik tamoyili

Agar mrl-mulk ob’ekti ikki yoki undan ortik tarkibiy qismlardan iborat bo‘lsa, u xolda ushbu tarkibiy qismlar funksional bogliqlikda, o‘zaro kelishilgan bo‘lishi lozim.

Ortuvchi va kamayuvchi unumdorlik tamoyili

Kapital ko‘yilmalarni ko‘paytirish muayyan doiragacha mol-mulkdan foydalanish koeffitsientining mutanosib o‘sishiga olib keladi, shundan so‘ng mol-mulkdan foydalanish koeffitsientining ortishi kapital ko‘yilmalarning ortishidan kam bo‘ladi.

Ortiqcha maxsuldorlik tamoyili

Mol-mulkka kiritilgan investitsiyalar, bunday investitsiyalar bilan bogliq xarajatlar koplanganidan so‘ng koladigan daromadni keltirishi lozim.

Mol-mulk ob’ektlari va ularga bo‘lgan mol-mulk xuquqlarini taksimlash (mol-mulk xuquqlarni maqbul taksimlash) tamoyili Mol-mulk xuquqlarini shunday o‘zgartirish (birlashtirish, ajratish) lozimki, natijada mol-mulk ob’ektining umumiy qiymati maksimal bo‘lishi kerak.

Istalgan turdagi baxolash ob’ektining bozor qiymati xamda nobozor qiymat turlari sifatidagi qiymatini aniqlash maqsadida baxolovchi bir yoki undan ortik baxolash yondashuvlarini qo‘llashi lozim. Baxolash yondashuvi deganda keng tarkalgan, umumqabul qilingan taxliliy uslubiyot tushuniladi.

Bozor qiymatini aniqlashda baxolovchi tegishli bozor ma’lumotlari asosida o‘rnini bosish tamoyiliga amal kilgan xolda, bir yoki undan ortik quyida sanab o‘tilgan baxolash yondashuvlaridan foydalanishi mumkin.

Xarajatlar yondashuvi - baxolash ob’ektini uning eskirishini xisobga olgan xolda tiklash yoki o‘rnini bosish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni aniqlashga asoslangan baxolash ob’ektining qiymatini baxolash uslublari yigindisi. Ushbu mol-mulkning o‘rinbosari sifatida asl maxsulot nusxasi xisoblanadigan yoki teng foydalilikni ta’minlay oladigan boshqa mol-mulkni yaratish mumkinligi ko‘zda tutiladi.

Nisbiy (solishtirma) yondashuv - baxolash ob’ektini bitimlar narxi yoki kiritiladigan tuzatishlar miqdori asoslangan taklif narxlari mavjud o‘xshash ob’ektlar bilan taqqoslashga asoslangan baxolash ob’ektining qiymatini baxolash uslublari yigindisi. Ushbu yondashuvda o‘xshash yoki o‘rinbosar ob’ektlarning savdosi xamda tegishli bozor ma’lumotlari ko‘rib chiqiladi, qiymatning xisob miqdori esa taqqoslash ko‘zda tutilgan jarayon vositasida aniqlanadi. Umumiy xolatda baxolash ob’ekti bozorda mavjud bo‘lgan o‘xshash ob’ektlar savdosi bilan taqqoslanadi. SHuningdek, listing (kotirovka) xamda kimmatli kogozlarning dastlabki tarkalishi ma’lumotlari e’tiborga olinishi mumkin.

Daromad yondashuvi - baxolash ob’ektidan kutilayotgan daromadni aniqlashga asoslangan baxolash ob’ektining qiymatini baxolash uslublari yigindisi. Baxolash ob’ektiga tegishli bo‘lgan daromadlar va xarajatlar to‘grisidagi axborotlarni ko‘rib chiqadi va qiymatni kapitallashtirish jarayoni vositasida xisoblab chiqadi. Daromad yondashuvi mol-mulkning joriy qiymati uning kelajakda ekspluatatsiya qilinishi va/yoki sotilishidan kutilayotgan keltirilgan qiymatga teng degan nazariy taxminga asoslangan.

Nobozor qiymat turini aniqlashda baxolovchi tomonidan baxolashning boshqa maqsadlari xisobga olingan xolda, bozor qiymatini aniqlashdan farq kiluvchi o‘xshash yondashuvlar qo‘llaniladi.

Baxolovchi baxolashni amalga oshirishda yuqorida sanab o‘tilgan baxolash yondashuvlaridan foydalanishi yoki ulardan foydalanishning rad etilishini asoslab berishi lozim.

Xar bir yondashuvni turli uslublar yordamida qo‘llash mumkin.

Baxolovchi xar bir baxolash yondashuvi doirasida muayyan baxolash uslublarini mustakil tanlash xuquqiga ega. U yoki bu baxolash yondashuvi doirasida qo‘llanilayotgan uslubni tanlash baxolovchining malakasi, baxolash standarti talablari, bozor talablari, baxolash ob’ekti to‘grisida mavjud axborotlar bilan izoxlanadi. Mukobil yondashuv va uslublarning mavjudligi baxolovchiga natijalari yakunda muayyan karalayotgan qiymat turiga bogliq xolda yakuniy xisob-kitob miqdoriga (yoki miqdor intervaliga) ega bo‘lish uchun muloxaza qilingan yoki kelishilgan bir kator taxliliy tartibotlarni ta’minlashdan iborat.

Baxolash yondashuvlari va uslublari, odatda, barcha turdagi baxolash ob’ektlari, shu jumladan, ko‘chmas mulk, ko‘char mol-mulk, intellektual faoliyat natijalari, biznes, mol-mulkka bo‘lgan xuquq va majburiyatlar uchun umumiy xisoblanadi. SHunday bo‘lishiga karamasdan, xar xil turdagi mol-mulkni baxolash baxolash ob’ektining qiymati aniqlanadigan bozorni kerakli tarzda aks ettiruvchi turli axborot manbalaridan foydalanishni talab etadi.
Nazorat savollari:

1. Tannarx tushunchasini tushuntirib bering?

2. Qiymatning turilarini ta’riflab bering?

3. Baxolash amalga oshirilayotgan vaqtda er tushunchasining iqtisodiy, geografik va yuridik konsepsiyasini farqlab bering?

4. Bo‘sh (foydalanilmagan) er uchastkasi yoki yaxshilangan uchastka (erni qayta ishlash va inshootlar) qiymatini baxolash iqtisodiy tushuncha tushuntirib bering?

5. Ko‘chmas mulk (ko‘chmas mulk ob’ekti, ko‘chmas mol-mulk) jismoniy er uchastkasi va unga tegishli inson tomonidan amalga oshirilgan yaxshilanishlar qanday aniqlanadi?

6. Ko‘char mol-mulk ko‘chmas mulk bo‘lmagan moddiy va nomoddiy aktivlarni nimalarni o‘z ichiga oladi?

7. Moliyaviy xisobot (buxgalteriya xisobi) standartlariga muvofiq aktivlar qanday turlarga bo‘linadi?

8. "Qadrsizlanish", "eskirish" va "amortizatsiya" atamalarini tushuntirib bering?

9. Mol-mulkni baxolash turli omillarning mol-mulk qiymati miqdoriga ta’siri darajasini aniqlashga imkon beradigan qanday iqtisodiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi?

10. Bozor muxiti bilan bogliq tamoyillarni tushuntirib bering?

11. Talab va taklif tamoyililarni tushuntirib bering?

12. Raqobat tamoyilini tushuntirib bering?

13. O‘zgarish tamoyilini tushuntirib bering?

14 Muvofiqlik tamoyilini tushuntirib bering?

15. Bogliqlik (tashki ta’sir) tamoyilini tushuntirib bering?

16. Egasining mol-mulk to‘grisidagi tasavvuri bilan bogliq tamoyillarni tushuntirib bering?

17. Foydalilik tamoyilini tushuntirib bering?

18. O‘rnini bosish tamoyilini tushuntirib bering?

19. Bashorat qilish tamoyilini tushuntirib bering?

20. Mol-mulkdan foydalanish xususiyati bilan bogliq tamoyillarni tushuntirib bering?

21. Eng yaxshi va eng samarali foydalanish tamoyilini tushuntirib bering?

22. Xissa qo‘shish tamoyilini tushuntirib bering?

23. Muvozanatlilik tamoyilini tushuntirib bering?

24. Ortuvchi va kamayuvchi unumdorlik tamoyilini tushuntirib bering?

25. Ortiqcha maxsuldorlik tamoyilini tushuntirib bering?




  1. MAVZU. MULKNI BOZOR QIYMATI BAHOLASH ASOSLARI (2-SONLI MBMS)


Reja:

1.Bozor qiymati baxolash bazasi sifatida

2. Bozor qiymati baxolash talablari

Tayanch iboralar: Bozor qiymati, ayirboshlash qiymati, xarajatlar uslubi, nobozor qiymat, Daromadlarni kapitallashtirish uslubi, taqqoslama bitimlar, muvozanatsizlik, Sud boshqaruvchilari likvidatsiya (tugatish) boshqaruvchilari



    1. Bozor qiymati baxolash bazasi sifatida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat ko‘mitasining 2006 yil 14 iyundagi 01/19-20-sonli karori bilan tasdiqlangan.Mazkur "Bozor qiymati baxolash bazasi sifatida"gi Mulkni baxolash milliy standarti (keyinchalik - 2-sonli MBMS) O‘zbekiston Respublikasining "Baxolash faoliyati to‘grisida"gi Konuni asosida ishlab chiqilgan xamda O‘zbekiston Respublikasida baxolash faoliyatini me’yoriy artibga solishning tarkibiy qismi bo‘lib xisoblanadi.

2-sonli MBMSni 1-sonli MBMSdagi qo‘llash bo‘yicha umumiy koidalar va ko‘rsatmalar kontekstida ko‘rib chiqish lozim.

2-sonli MBMSning vazifasi - bozor qiymatining umumqabul qilingan ta’rifini taklif etish. U shuningdek, baxolashning maqsadi va funksiyasi bozor qiymatini xisoblashdan iborat bo‘lganda, mol-mulkni baxolashda mazkur ta’rif va uning qo‘llanilishi bilan bogliq umumiy mezonlarga aniqlik kiritadi.

Bozor qiymati ayirboshlash qiymati yoki bozor qiymatini aniqlashda mavjud talablarga javob beradigan shart-sharoitlarda baxolash sanasida ochiq bozorda savdoga ko‘yilgan mol-mulk keltirishi mumkin bo‘lgan pul summasidan iborat. Bozor qiymatini belgilash maqsadida baxolovchi dastlab yanada samarali foydalanish yoki yanada extimolli foydalanishni belgilashi lozim. Bunday foydalanish mavjud yoki unga mukobil bo‘lgan foydalanishning davomi bo‘lishi mumkin. Ushbu masala bozor ma’lumotlari asosida xal etiladi.

Bozor qiymati mazkur mol-mulkni ko‘prok extimollik bilan ochiq bozorda sotish mumkin bo‘lgan mol-mulk va majburiyatlarning xususiyatini aks ettiruvchi baxolash uslublari va tartibotlarini qo‘llash yo‘li bilan belgilanadi. Savdo-sotiqlarni tenglashtirish uslubi, daromadlarni kapitallashtirish uslubi yoki diskontlangan pul okimi uslubi, shuningdek xarajatlar uslubi bozor qiymatini belgilashning eng keng tarkalgan uslublariga kiradi.

Xarajatlar uslubini qo‘llashning ikki varianti mavjud bo‘lib, ulardan biri bozor qiymatini belgilash uchun qo‘llanilishi mumkin, ikkinchisi esa - qo‘llanilmaydi. Bozor qiymatini belgilash uchun xarajatlar uslubi qo‘llanilganda, uslubning barcha unsurlari ochiq bozor ma’lumotlari asosida kuriladi. Agar nobozor qiymat turlari xolatlarida xarajatlar uslubi qo‘llanilayotgan bo‘lsa, u xolda nobozor unsurlari olinadi. Eskirishni xisobga olgan xolda o‘rinbosar xarajatlar (EXO‘X) uslubi o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, unda bozor va nobozor unsurlari uygunlashtirilgan, xamda u bozor qiymatini baxolash uslubi sifatida karalishi mumkin emas.

Xarajatlar yondashuvining mazkur farqli xolatlarini aralashtirib yuborish mumkin emas, xamda bozor qiymati ma’nolarini aniqlash, tasavvur qilish yoki qo‘llashda ularning noto‘gri talkin etilishi xavfi mavjud.

Bozor qiymatini xisoblashning barcha uslublari, usullari va tartibotlari, agar ular qo‘llaniladigan bo‘lsa, to‘gri foydalaniladi va bozorga oid kelib chiqishga ega mezonlarga asoslanib, bozor qiymatining umumiy ifodasiga olib keladi. Savdo-sotiqni taqqoslash uslubi yoki boshqa bozor taqqoslash uslublari bozor tadqiqotlariga asoslanishi lozim. Kurilish xarajatlari va eskirish summasi xarajatlar va eskirish summasi bo‘yicha bozor ma’lumotlarining taxlili asosida aniqlanishi lozim. Daromadlarni kapitallashtirish uslubi yoki diskontlangan pul oqimi uslubi bozor nuqtai nazaridan aniqlangan pul oqimlari va bozor ma’lumotlariga asoslangan daromad stavkalariga asoslanishi lozim. Garchi ma’lumot olish imkoniyatlarn, shuningdek bozor va mol-mulk ob’ektining atrofidagi xolat qaysi baxolash uslubining maqbulligi va mosligini aniqlaydigan bo‘lsa, u xolda yuqorida ta’kidlangan xar qanday tartibotlaridan foydalanish, agar xar bir uslub bozor ma’lumotlariga asoslanadigan bo‘lsa, bozor qiymatining belgilanishiga olib keladi.

Bozor qiymatini belgilashning u yoki bu uslublari va tartibotlarining qo‘llanilishi mol-mulk, odatda, ochiq bozorda qanday usulda sotilishidan kelib chiqib aniqlanadi. Bozor ma’lumotlariga asoslangan xolda, xar bir uslub - taqqoslash uslubidir. Xar bir baxolash xolatida bir yoki bir nechta uslublar ochiq bozor faoliyati to‘grisidagi tasavvurni beradi. Bozor qiymatini aniqlash bo‘yicha xar bir topshiriqda baxolovchi barcha uslublarni ko‘rib chiqishi va ulardan eng maqbullarini aniqlab olishi lozim.

2-sonli MBMS mol-mulkning bozor qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi.

U baxolanayotgan mol-mulk ob’ektining u faoliyat yuritayotgan korxonaning bir qismi yoki biror maqsadda baxolanayotgan xolatdan farqli ravishda ochiq bozorda savdoga qo‘yilishi sifatida qaralishini talab etadi.

2-sonli MBMS maqsadlari uchun bozor qiymati quyidagicha aniqlanadi:

bozor qiymati - xar bir tomon etarli ma’lumotga ega bo‘lgan, rejali va ixtiyoriy ravishda xarakat qiladigan tegishli marketing tadqiqotlari amalga oshirilganidan keyingi tijoriy bitim (kelishuv)natijasida baxolash sanasida manfaatdor sotuvchi tomonidan manfaatdor xaridorga aktivning sotilishi sodir bo‘lgan xisob-kitob pul summasi.

Aynan aktivlar 2-sonli MBMSning diqqat markazida bo‘lganligi munosabati bilan "aktiv" atamasi ishlatilgan. Biroq, umumiy xolatda mazkur atamadan foydalanish uchun uni "mol-mulk" atamasi bilan almashtirish mumkin.

Mazkur ta’rifning xar bir unsuri o‘z tushuncha doiralariga ega:

"Xisob-kitob pul summasi..." tijorat bozor bitimida (kelishuvida)aktiv uchun to‘lanishi mumkin bo‘lgan pulda (odatda, milliy valyuta - so‘mda)ifodalangan narxga tegishli bo‘ladi. Bozor qiymatini aniqlashdagi mavjud shart-sharoitlarga amal qilishda baxolash sanasida bozorda okilona muloxazalarga ko‘ra olinishi mumkin bo‘lgan extimolli narx bozor qiymatining o‘lchovi bo‘lib xisoblanadi. Mazkur narx - sotuvchi uchun, okilona muloxazalarga ko‘ra, erishish mumkin bo‘lgan eng yaxshi, xamda xaridor uchun,okilona muloxazalarga ko‘ra, erishish mumkin bo‘lgan afzalrok narxdir.

Xususan, mazkur narxni aniqlashda moliyalashtirishning o‘ziga xos bo‘lmagan shakli, mol-mulkni qaytadan ijaraga olish bilan sotish, mazkur bitimga (kelishuvga) jalb etilgan tomonlarning birortasi tomonidan takdim etiladigan maxsus kompensatsiya va chegirmalar yoki "Maxsus qiymat" (ta’rifi 3-sonli MBMSda keltiriladi)ning xar qanday unsuri kabi bitimning (kelishuvning) o‘ziga xos shart-sharoitlari yoki xolatlari xisobiga oshirilgan yoki pasaytirilgan narxlar xisobga olinmaydi.

"...u uchun aktivni ayirboshlash mumkin bo‘lgan..." aktiv qiymati oldindan aniqlanmagan yoki xaqiqiy savdo narxi emas, balki ko‘zda tutilgan miqdor xisoblangan xolatni ifodalaydi. Bozor qiymati ta’rifiga kiruvchi boshqa barcha shart-sharoitlarga rioya qilishda baxolash sanasida bozorda kutilayotgan bitimni (kelishuvni) amalga oshirish narxidir.

"...baxolash sanasiga..." bozor qiymatining ko‘zda tutilgan miqdori aniq sanaga tegishli bo‘lishi talabini ifodalaydi. Bozor va bozordagi shart-sharoitlar o‘zgarishi mumkinligi sababli, ko‘zda tutilayotgan qiymat boshqa vaqtda xato yoki xaqiqatga muvofiq kelmasligi mumkin.

Baxolash natijalari baxolashning o‘tgan yoki kelgusi sanasida emas, balki xaqiqiy sanasida bozorning joriy xolati va shart-sharoitlarini aks ettiradi. Ta’rif, shuningdek, aktivning qo‘ldan qo‘lga o‘tishi va bitimning (kelishuvning) tuzilishi narxlarning xech bir o‘zgarishsiz bir vaqtda sodir bo‘lishini, boshqa xolatda esa ular bozor qiymatidagi bitimda (kelishuvda)bo‘lishi mumkinligini ko‘zda tutadi.

"...manfaatdor xaridorga..." xarid qilishga sabab bo‘lgan, biroq bunga xech narsa majbur qilmayotgan shaxsga tegishlidir. Bunday xaridor xarid qilishga shoshilmaydi va xar qanday narxni to‘lashga moyil emas. Bundan tashqari, u mavjud bo‘lishini ko‘rsatish, oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan tasavvur yoki gipotetik bozorning emas, balki joriy bozorning xaqiqat va umidlariga muvofiq ravishda xarakat kilgan xolda xaridni amalga oshiradi.

Ko‘zda tutilayotgan xaridor bozor talab qiladigan narxdan yuqori narxni to‘lamaydi. Aktivning amaldagi egasi xam mazkur "bozor"ni tashkil etuvchilar qatoriga kiradi. Baxolovchi bozor shart-sharoitlariga nisbatan xaqiqatdan uzoq taxminlar qilishi yoki oqilona muloxazalarga ko‘ra bozor qiymatining erishish mumkin bo‘lgan darajasidan yuqori darajani ko‘zda tutishi mumkin emas.

"...manfaatdor sotuvchi tomonidan..." sotishga majbur qilinmayotgan yoki istalgan narxga sotishga yoki ayni vaqtda bozorda oqilona xisoblangan narxni ma’qullashga tayyor bo‘lmagan xaridor ko‘zda tutiladi. Ushbu narx qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, tegishli marketing tadqiqotlari o‘tkazilganidan so‘ng aktivlarning ochiq bozorda maksimal bo‘lishi mumkin bo‘lgan narxda bozor sharoitlarida sotilishi manfaatdor sotuvchining sababi bo‘lib xisoblanadi.Aktivning xaqiqiy mulkdorining amaldagi xolati e’tiborga olinmaydi, chunki "manfaatdor sotuvchi" - bu gipotetik (taxminiy)mulkdordir.

"...tijoriy bitim (kelishuv) natijasida..." tomonlar o‘rtasida narx darajasini bozor uchun xos bo‘lmagan yoki maxsus qiymat unsurlarining mavjudligi sababli yuqori narxga aylantiruvchi biror o‘ziga xos yoki maxsus o‘zaro munosabatlarning (masalan, bosh va shu’ba kompaniyalari yoki uy egasi va ijarachi o‘rtasidagi munosabatlar) mavjud emasligini ifodalaydi. Ko‘zda tutiladiki, bozor qiymati bo‘yicha bitim (kelishuv) biror munosabatlar bilan o‘zaro bogliq bo‘lmagan tomonlar o‘rtasida amalga oshirilishi lozim bo‘lib, tomonlarning xar biri yuqori xarakat qilishi lozim.

"...tegishli marketing tadqiqotlari o‘tkazilganidan so‘ng..." bozor qiymati ta’rifiga muvofiq oqilona muloxazalarga ko‘ra erishish mumkin bo‘lgan eng yaxshi narxda uning sotilishini ta’minlash maqsadida muvofiq tarzda bozorga olib chiqilishini ifodalaydi. Olib chiqishning davomiyligi bozorning shart-sharoitlariga bogliq xolda turlicha bo‘lishi mumkin, biroq xar qanday xolatda xam aktiv etarli miqdordagi saloxiyatli xaridorlarni o‘ziga jalb etishi uchun etarli bo‘lishi lozim. Olib chiqish vaqti baxolash sanasidan oldin bo‘lishi lozim.

"...xar bir tomon etarli ma’lumotga ega bo‘lgan, rejali xarakat qiladigan..." manfaatli xaridor va manfaatli sotuvchilarning sotilayotgan ob’ekt, undan amalda va saloxiyatli foydalanish xarakteri va xususiyatlari, shuningdek bozorning baxolash sanasidagi xolati to‘grisida etarli darajadagi ma’lumotga ega bo‘lgan taxminni ifodalaydi. Keyinchalik, ularning xar biri ushbu ma’lumotlarga ega bo‘lgan xolda, uning bitimdagi (kelishuvdagi) xolati, narx nuqtai nazaridan eng yaxshisiga erishishga intilgan xolda, o‘z manfaatlari doirasida, rejali xarakat qilishi taxmin qilinadi. Keyingi sana uchun oldingi sanadagi muloxazalarga nisbatan emas, balki bozorning baxolash sanasidagi xolatiga nisbatan rejalilik ko‘zda tutiladi. Sotuvchi mol-mulkni kamayuvchi narxlar bilan bozor sharoitlarida bozor narxlarining oldingi darajasidan past narxda sotayotgavdagi rejasizlikning namoyon bo‘lishi majburiy emas. O‘zgaruvchan narxlar sharoitida savdo-sotiqning boshqa xolatlari kabi ushbu xolatda rejali xaridor yoki sotuvchi bozorning ayni vaqtdagi xolati to‘grisidagi to‘lik ma’lumotga muvofiq xarakat qiladi.

"...va ixtiyoriy ravishda..." tomonlarning xar birida bitimni (kelishuvni) amalga oshirish uchun sabablarning mavjudligi, biroq ularning xech biri bitimni (kelnshuvni) amalga oshirish maqsadida majburlash yoki bosimga duch kelmasligini ifodalaydi.

Bozor qiymati aktivning sotish yoki xarid qilish bilan bogliq xarajatlarni xisobga olmasdan, xamda xar qanday yo‘ldosh soliqlarni (ko‘shilgan qiymat soligi va boshqalar) to‘lash xarajatlarini koplamasdan aniqlangan qiymati sifatida tushuniladi.

Baxolovchilar va buxgalterlar aynan bir xil atamalarni ko‘llaydigan ko‘pgina misollar mavjud. Ayrim xollarda bu anglashilmovchilik xamda MBMSni noto‘gri qo‘llash extimoliga olib keladi. 2-sonli MBMS bozor qiymatini aniqlaydi va bozor qiymati standartlarining umumiy konsepsiyalarini ko‘rib chiqadi. 4-sonli MBMSning yana xam o‘ziga xos talablarini ifodalashda qo‘llaniladigan boshqa muxim atamalar 2-sonli va 3-sonli MBMSlarida aniqlanadi.

4-sonli MBMSda belgilanganidek, aktivlarning bozor qiymati ulardan mavjud foydalanish uchun bunday foydalanishning davom etishi to‘grisidagi taxminga asoslanishi lozim. Mavjud foydalanish uchun bozor qiymati - bozor qiymati ta’rifidan foydalanishning o‘ziga xos xolatidir.

Ortikcha yoki investitsion aktivlarning bozor qiymati ulardan yanada samarali foydalanishga, bunday mavjud yoki biror mukobil foydalanish xisoblanishidan qat’iy nazar, asoslanadi.

4-sonli MBMSda ta’kidlanganidek, bozor qiymati moliyaviy xisobotni tayyorlash munosabati bilan baxolanayotgan ixtisoslashtirilmagan mol-mulk uchun baxolash bazasi xisoblanadi xamda qo‘llash zarur bo‘lmagan boshqa bazalardan farq qiladi. SHuningdek, 4-sonli MBMSda moliyaviy xisobot uchun ixtisoslashtirilgan aktivlarni baxolash to‘grisidagi masala ko‘rib chiqiladi xamda MBMSga muvofiq ushbu uslublar xamda moliyaviy xisobot uchun qo‘llash zarur bo‘lmagan boshqa uslublar o‘rtasidagi farqlar amalga oshiriladi.

Maxsus aktivlar xamda sotishning cheklangan imkoniyatlariga ega aktivlar ularning joylashgan joyi sababli yoki biznes yoxud korxonaning (ba’zan egalik qilish biznesi deb ataladi) tarkibiy qismi sifatida kamdan-kam xollarda (yoki kachondir) ochiq bozorda ko‘ldan ko‘lga o‘tadi. Agar bunday aktivlardan foydalanish extimoli egalik qilish biznesi bilan bevosita bogliq bo‘lsa, u xolda ularning qiymatini belgilash jarayonlari bozorga bogliq emas xamda butun korxona qiymatining korxona tarkibiy qismi sifatida uning taksimlanishi bilan belgilanishini talab etishlari mumkin. Ushbu jarayonlar 4-sonli MBMSda ko‘rib chiqiladigan, eskirishni xisobga olgan xolda, o‘rinbosar xarajatlarni aniqlashdan farq qiladi xamda oddiy moliyaviy xisobot uchun nobozor va MBMSga muvofiq kelmaydigan xisoblanadi.

Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa tashki sabablar natijasida bozor faoliyati vaqtincha buzilganda yoki to‘xtatilganda, ayniksa agar bozor ushbu buzilish va to‘xtatilishni katta xavotir bilan qabul kilsa, aktivlarning baxolash sanasidagi bozor qiymatini okilona xisoblashning imkoniyati bo‘lmasligi mumkin. Bunday xollarda Baxolovchi baxolash to‘grisidagi xisobotning izoxlarida mazkur xolatlarni dalil kilib keltirishi shart.SHu munosabat bilan Baxolovchi bozor qiymatiga nisbatan avvalgi ma’lum darajasi yoki bozor faoliyati qayta tiklanganidan keyingi shart-sharoitlarga asoslangan o‘z muloxazasini bildirishi maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Bunda u tegishli tartibda bozorning me’yoriy faoliyatga kaytishining to‘xtab kolishi bilan

bogliq qiymatning xar qanday yo‘kotilishini baxolashi va tushuntirib berishi lozim. E’tiborga olingan barcha xolatlar, baxolash jarayonida foydalanilgan mezonlar, xamda baxolash kurilgan muxim taxminlar uchun asoslarni tegishli tarzda ochib berish ayniksa muximdir.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling