Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Download 0.61 Mb.
bet5/10
Sana25.11.2020
Hajmi0.61 Mb.
#151695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mulkni baxolash MXA


Nazorat savollari:

  1. 5-sonli MBMSning vazifasi nimadan iborat?

  2. Moliyalashtirish to‘grisidagi ko‘pgina kelishuvlar nima bilan bilan ta’minlanadi?

  3. 2-sonli MBMSda aniqlangan bozor qiymati baxolovchi o‘z ishini quradigan asos qanday aniqlanadi?

  4. 5-sonli MBMSda moliyaviy xisobot uchun aktivlarni baxolashdan farqlanuvchi mol-mulkni qanday baxolaniladi?

  5. Bozor qiymatini xisoblashning barcha uslublari, usullari va tartibotlari nimalardan iborat?

  6. Bozor qiymatini belgilashning turli uslublari va tartibotlarining qo‘llanilishi mol-mulk qanday aniqlanadi?

  7. Moliyalashtirish ostidagi ta’minotga ega bo‘lish yoki ushbu ta’minot xolatini baxolashga intilayotganlar baxolashning bozor qiymatidan farqlanuvchi bazada amalga oshirilishini talab qilishlari mumkinmi?

  8. Banklar yoki boshqa moliya muassasalari tomonidan taqdim etiladigan ssudalarning sezilarli ulushi kreditlanadigan kompaniya va jismoniy shaxslarning kafolati bilan qanday ta’minlanadi?

  9. Ta’minot uchun taqdim etiladigan aktivlarni baxolash qanday amalga oshiriladi?

  10. Mol-mulkning daromad ob’ektlari odatda qanday baxolanadi?

  11. Mulkdor tomonidan olinadigan mol-mulk ob’ektlari nimalardan iborat?

  12. Qarzni so‘ndirish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganda, nima qilinadi?

  13. Ixtisoslashtirilgan mol-mulk ob’ektlariga nimalar kiradi?

  14. Odatda savdo tashkilotlari sifatida baxolanadigan mol-mulk ob’ektlariga nimalar kiradi?

  15. Tiklanmaydigan aktivlarni tushuntirib bering ?



    1. MAVZU. XUSUSIYLASHTIRISH MAQSADIDA MULKNI BAHOLASH ASOSLARI (8-sonli MBMS)

Reja:

1. O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) «Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash» xaqida

2. Baholash haqidagi vazifani belgilash va baholash ob’ektini baholash to‘g‘risida shartnoma tuzish

3. Axborot yig‘ish va uni tahlil qilish

4. Baholash ob’ektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili

5. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qo‘llash
6. Qo‘llanilgan baholash yondashuvlari natijalarini muvofiqlashtirish va baholash ob’ektining yakuniy qiymatini hisoblash

Tayanch iboralar: Baholash haqidagi vazifa, baholash ob’ekti, baholash to‘g‘risida shartnoma, axborot yig‘ish, axboro tahlil qilish, eng maqbul va eng samarali foydalanish, baholash yondashuvlari, baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, baholash yondashuvlari natijalarini muvofiqlashtirish, baholash ob’ektining yakuniy qiymatini hisoblash, analog, baholash sanasi, pul oqimi, diskontlash, farazlar, eskirish (qadrsizlanish), kapitallashtirish, nazorat ulushi, multiplikator, cheklovchi shartlar, tavakkalchilik, ixtisoslashtirilgan mulk, diskontlash stavkasi, kapitallashtirish stavkasi
1. O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) «Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash» xaqida

Mazkur Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining 2009 yil 6 oktyabrdagi 01/19-18/20-son qarori bilan tasdiqlangan bo’lib, O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y., 9-son, 208-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 18-son, 145-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.

8-son MBMSning maqsadi xususiylashtirish ob’ektlari qiymatini aniqlash va baholash natijalarini aks ettirish me’yorlari va qoidalarini belgilashdan iboratdir.


  1. 8-son MBMSning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

xususiylashtirish ob’ektlarini baholashning standart tushunchalari va qoidalaridan foydalanish orqali baholovchilar harakatlarining muvofiqligini ta’minlash;

baholashning xolisonaligiga va uning sifatini oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan tartibotlarni belgilash;

boshlang‘ich dastlabki axborotga, baholash to‘g‘risidagi hisobot mazmuniga va materialni bayon etishga quyiladigan baholash to‘g‘risidagi hisobotlar har xil talqin qilinishini istisno etadigan talablarni belgilash;

mulkni baholashning samarali milliy tizimini shakllantirishga ko‘maklashish.



  1. 8-son MBMSda quyidagi atamalar va tushunchalar qo‘llaniladi:

analog – asosiy iqtisodiy, jismoniy va boshqa tavsiflarga ko‘ra baholash ob’ektiga o‘xshash, narxi o‘xshash shartlarda tuzilgan bitimdan yoki raqobatli bozorda qilingan taklifdan ma’lum bo‘lgan boshqa ob’ekt;

baholash sanasi – baxolash ob’ektining qiymati aniqlangan sana;

pul oqimi – daromad keltirayotgan mulkdan foydalanishda va (yoki) uni sotishdan tushumlar va chiqimlar (xarajatlar)dan hosil bo‘ladigan haqiqiy yoki hisobiy davriy daromad;

diskontlash – baholash ob’ektidan kutilayotgan bo‘lg‘usi pul oqimlarini diskontlashning tegishli stavkasidan foydalanib joriy qiymatga keltirish;

farazlar – baholovchining haqqoniy deb hisoblanadigan taxminlari. Farazlar tekshirish va tasdiqlash mumkin bo‘lmagan baholash ob’ektiga yoki baholash yondashuvlariga ta’sir etadigan faktlar, shartlar yoki vaziyatlarni o‘z ichiga oladi;

eskirish (qadrsizlanish) – jismoniy eskirish, funksional va tashqi (iqtisodiy) qadrsizlanish kabi turli sabablar ta’sirida mulk qiymatining yo‘qolishi;

kapitallashtirish – baholash ob’ektidan kutilayotgan tushumlarni uning joriy qiymatiga aylantirish;

nazorat ulushi – mulkda qatnashish (korxona ustav fondida ulush) bo‘lib, uning egasiga korxona ustidan nazorat qilish imkoniyatini ta’minlaydi;

multiplikator – korxonaning narxi yoki boshqa qiymat negizi va uning faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy, ishlab chiqarish va moddiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi koeffitsient.

cheklovchi shartlar qonunchilik, buyurtmachi yoki baholovchi tomonidan baholashga qo‘yilgan cheklashlar;

tavakkalchilik – baholash ob’ekti qiymatiga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan prognoz qilinayotgan natijalarga erishmaslik yoki ulardan har qanday chetlash;

ixtisoslashtirilgan mulk – o‘zining (mazkur mulk xususiyati yoki uning tuzilishi, konfiguratsiyasining xususiyatlari, o‘lchami, joylashgan eri va boshqalar bilan belgilangan) xususiyatiga ko‘ra foydalanish doirasi cheklangan mulk;

diskontlash stavkasi – bo‘lg‘usi pul oqimlarini joriy qiymatga o‘zgartirish uchun ishlatiladigan unumlilik stavkasi

kapitallashtirish stavkasi – odatda foiz hisobida ifodalangan ma’lum davr uchun daromad miqdorini qiymatga o‘zgartirishda ishlatiladigan bo‘luvchi

Quyidagilar xususiylashtirish maqsadida baholash ob’ektlari (keyingi o‘rinlarda matnda baholash ob’ekti deb yuritiladi) hisoblanadi:

mulkiy majmualar sifatidagi davlat unitar korxonalari yoki davlat muassasalari (keyingi o‘rinlarda matnda korxonalar deb yuritiladi);

davlat mulkida bo‘lgan ko‘chmas va ko‘char mulk;

davlatga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar;

yuridik shaxslarning ustav fondlarida davlatga tegishli bo‘lgan ulushlar va mulkiy paylar;

davlatga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlar.

8-son MBMS baholovchi tashkilotlar, baholovchilar hamda baholash xizmatlarining buyurtmachilari uchun mo‘ljallangan va xususiylashtirish maqsadida baholash ob’ektlari qiymatini baholash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda va xususiylashtirilayotgan mulkni baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini tekshirishda qo‘llanilishi majburiydir.

8-son MBMS:

bankrotlik tartibotlari doirasida realizatsiya qilinayotgan baholash ob’ektlari;

xususiylashtirilayotgan davlat turar-joy fondi;

havo va suv transporti vositalari;

alohida baholash ob’ektlari sifatida xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan nomoddiy aktivlar qiymatini baholashga tatbiq etilmaydi.

Baholash ob’ektining 8-son MBMSga muvofiq aniqlangan qiymati xususiylashtirish ob’ektining boshlang‘ich narxini belgilashda tavsiya etiladigan qiymat hisoblanadi. Xususiylashtirish chog‘ida tuzilgan bitimda belgilangan narx baholashni amalga oshirish chog‘ida aniqlangan qiymatdan farq qilishi mumkin.

8-son MBMSni amaliyotda qo‘llashda ushbu 8-son MBMSning ilovasida keltirilgan Uslubiy ko‘rsatmalardan foydalanish lozim.


  1. Baholash amaliyotida “eskirish” atamasining mazmunini buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan shunday atama (amortizatsiya ajratmalari) mazmunidan farqlash lozim. SHu tufayli ham, “eskirish” yoki “hisoblangan eskirish” atamalarini baholovchilar O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (1-son MBMS)da (ro‘yxat raqami 1604, 2006 yil 24 iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 30-son, 302-modda) aks ettirilgan baholashning umumiy prinsiplari va tushunchalariga muvofiq qo‘llashlari lozim.

“Asosiy vositalar”, “tovar-moddiy zaxiralari”, “nomoddiy aktivlar”, “boshlang‘ich qiymat”, “joriy qiymat”, “qoldiq (balans) qiymati” tushunchalari ular buxgalteriya hisobida qaysi ma’noda qo‘llanilsa, shu ma’noda tushunilishi lozim.

  1. Moliyaviy hisobot hujjatlaridan MBMSning asosiy farqi shu bilan belgilanadiki, baholash ob’ektini baholashda qo‘llaniladigan qiymatning puldagi ifodasi tarixiy fakt emas, balki muayyan davrda ob’ektning foydaliligiga qiymatning tanlangan turiga muvofiq berilgan baho hisoblanadi. Qiymatning bu bahosi moliyaviy hisobotda aks ettirilgan qiymatdan farq qilishi mumkin.

  2. Baholash ob’ektining qiymatini xususiylashtirish maqsadida baholash quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:

baholash haqida vazifani belgilash va baholash ob’ektini baholash to‘g‘risida shartnoma tuzish;

baholash ob’ektini identifikatsiya qilish;

axborot yig‘ish va uni tahlil qilish;

baholash ob’ektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili (8-son MBMSda nazarda tutilgan hollar uchun);

baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qo‘llash;

baholash natijalarini, qo‘llanilgan baholash yondashuvlarini muvofiqlashtirish va baholash ob’ektining yakuniy qiymatini hisoblash;

qo‘llanilgan baholash yondashuvlari natijalarini muvofiqlashtirish va baholash ob’ektining yakuniy qiymatini hisoblash;

baholash haqidagi hisobotni tuzish.


2. Baholash haqidagi vazifani belgilash va baholash ob’ektini baholash to‘g‘risida shartnoma tuzish

Baholash haqidagi vazifa buyurtmachi tomonidan baholovchi tashkilot bilan birgalikda tuziladi va baholash ob’ektini baholash to‘g‘risidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi. Baholash haqidagi vazifada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

baholash ob’ektining nomi va tavsifi;

baholash sanasi;

baholash maqsadi (maqsadlari) va baholash natijalaridan foydalanish mo‘ljali;

baholash maqsadiga muvofiq bo‘lgan qiymat turi;

cheklovchi shartlar;

buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etishi lozim bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar ro‘yxati;

baholash ishlarini bajarish muddatlari.

Baholash maqsadiga va baholash ob’ektining xususiyatlariga qarab baholash haqidagi vazifa qo‘shimcha shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin.

Davlat korxonasi yoki muassasasini xususiylashtirishda, agar davlat mulki ob’ektlarini tasarruf etuvchining qarorlari bilan o‘zgacha tartib o‘rnatilgan bo‘lmasa, baholash ob’ektining bozor qiymati aniqlanadi. Baholash maqsadlariga qarab bozor qiymati bilan bir qatorda bozor qiymatidan farq qiluvchi boshqa qiymat aniqlanishi ham mumkin. Bozor qiymatidan farq qiluvchi boshqa qiymatini aniqlash zarur hollarda, aniqlanayotgan qiymatning qo‘llanish sabablari va uning bozor qiymatidan farqi baholash to‘g‘risidagi hisobotda ochib berilishi va tavsiflanishi lozim.

Aniqlanadigan qiymat turi baholash haqidagi vazifada belgilanishi va keyinchalik baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilishi va tushuntirilishi lozim. Baholash ob’ektini identifikatsiya qilishda baholovchi baholash ob’ektini va unga bo‘lgan huquqlarning amaldagi holatini taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini aniqlaydi. SHuningdek, baholash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan farazlar va cheklovchi shartlar tahlili amalga oshiriladi.

Baholash ob’ektini identifikatsiya qilish baholovchi tomonidan buyurtmachi va (yoki) uning vakili taqdim etgan hujjatlar asosida baholash ob’ektini ko‘zdan kechirish, o‘lchash, fotosuratga olish (zarur holda), uning amalda mavjudligi va holatini tekshirish, ob’ekt nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan eri, jismoniy tarkibi, texnik tavsifini va baholash ob’ektining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tavsifini o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Aksiyalar, ulushlar (paylar)ni baholashda baholovchi ularning joriy holatini buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etgan hujjatlarga, korxona (emitent)ning ta’sis hujjatlariga va qimmatli qog‘ozlar vakolatli depozitariysi ma’lumotlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganilishi lozim. Buyurtmachi bilan kelishgan holda, baholash ob’ektini (uning tarkibiy qismlarini) identifikatsiya qilish baholash ob’ekti faoliyatining xususiyati va (yoki) asosiy vositalar birligining miqdoridan kelib chiqqan holda cheklangan xususiyat kasb etishi mumkin.

Baholash ob’ektini identifikatsiya qilishning cheklangan xususiyati baholash haqida vazifada cheklovchi shartlar bilan bir qatorda ko‘rsatiladi.Taqdim etilgan hujjatlar bilan baholash ob’ekti va unga bo‘lgan mulkiy huquqlarning amaldagi holati o‘rtasida tafovutlar aniqlangan taqdirda, baholovchi bu haqda buyurtmachiga va (yoki) hujjatlarni taqdim etgan shaxsga xabar berishi va ularga tegishli tuzatishlar kiritishni talab qilishi shart.

Buyurtmachi va (yoki) hujjatlarni taqdim etgan shaxs ularni baholovchining talablari bilan muvofiq holatga keltirishni rad etgan yoki ularga zaruriy tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘lmagan holda, baholovchi baholashni amalga oshirishdan bosh tortishi yoki baholashni baholash ob’ektining amaldagi holatidan kelib chiqib, taqdim etilgan hujjatlar va baholash ob’ektining holati o‘rtasida tafovut mavjudligini baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirgan holda amalga oshirishi mumkin.



3. Axborot yig‘ish va uni tahlil qilish

Axborot yig‘ish va uni tahlil qilish:

baholash ob’ektiga oid huquqni belgilovchi hujjatlarni;

baholash ob’ektiga oid buxgalteriya hisobi va hisobot ma’lumotlarini;

baholash ob’ektining tuzilishi, baholanayotgan huquqlar tarkibi va mazkur huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni;

baholash ob’ektiga oid qo‘shimcha yuklamalar va servitutlar haqidagi ma’lumotlarni;

baholash ob’ektidan foydalanishga cheklovlarni;

baholash ob’ekti va uning tarkibiy qismlarining texnik tavsifini;

baholash ob’ekti mansub bo‘lgan bozorning holati va dinamikasi haqidagi axborotni;

boshqa xil axborotni olish va o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Korxonalar (aksiyalar, ulushlar, paylar)ni baholashda korxona (emitent) tavsifi va rivojlanish rejalari qo‘shimcha tarzda o‘rganiladi.

Baholash ob’ektlarini baholashda quyidagilardan foydalaniladi:

buyurtmachi yoki uning vakilidan olingan dastlabki ma’lumotlardan, shuningdek baholovchi tomonidan buxgalteriya, birlamchi va statistik hisob ma’lumotlaridan olingan, baholash ob’ekti rahbari (balans saqlovchi, emitent) imzosi va muhr bilan tasdiqlangan ma’lumotlardan;

ishlarni bajarishga jalb qilingan uchinchi shaxslardan olingan, ularning imzosi bilan tasdiqlangan axborotdan;

ixtisoslashgan tashkilotlardan olingan (tarmoqqa oid, analitik sharhlar, fond bozori sharhlari), shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida e’lon qilingan axborotdan;

boshqa xil (so‘rov, intervyu natijalariga ko‘ra va boshqa manbalardan olingan) axborotdan, bunda mazkur axborotdan foydalanish uchun javobgarlik baholovchiga yuklatiladi.

Quyidagilar baholash ob’ektini baholashda buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etadigan dastlabki axborot hisoblanadi:

xususiylashtirilayotgan korxonalar (aksiyalar, ulushlar, paylar) uchun:

yuridik shaxsning amaldagi ustavi yoki ta’sis shartnomasi, aksiyadorlar reestridan ko‘chirma (reestr saqlovchining ma’lumotnomasi);

sho‘‘ba kompaniyalar haqida axborot, ularga oid huquqni belgilovchi va moliyaviy hujjatlar;

oxirgi uch yil uchun va oxirgi hisobot sanasiga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra buxgalteriya balanslari va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z ichiga oluvchi buxgalteriya hisobi va hisobot ma’lumotlari, balans moddalariga izohlar;

asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va uzoq muddatli qo‘yilmalar ro‘yxati;

5 yildan kam bo‘lmagan muddatga mo‘ljallangan korxonaning rivojlanish rejasi;

uchastkadagi erdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan uchastkaning hududiy chegarasi haqida ma’lumotlar (geodezik plan/chizma yoki er uchastkasining u joylashgan er ko‘rsatilgan va tavsiflangan xaritalari nusxalari, er uchastkasini ajratish to‘g‘risida qaror);

binolar va inshootlarga oid kadastr hujjatlari;

baholash ob’ektidan foydalanishga oid qo‘shimcha yuklamalar va cheklovlar, shu jumladan uzoq muddatli ijara mavjudligi haqida ma’lumotlar (vakolatli organ ma’lumotnomasi);

oxirgi hisobot yili uchun auditor xulosasi (agar auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan bo‘lsa);

ko‘chmas mulk uchun:

uchastkadagi erdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan uchastkaning hududiy chegarasi haqida ma’lumotlar (geodezik plan/chizma yoki er uchastkasining u joylashgan er ko‘rsatilgan va tavsiflangan xaritalari nusxalari, er uchastkasini ajratish to‘g‘risida qaror);

binolar va inshootlarning kadastr hujjatlari;

servitutlar va uzoq muddatli ijara shartnomalari mavjudligi haqida ma’lumotlar (vakolatli organ ma’lumotnomasi);

binolar va inshootlar miqdori va texnik holati, ko‘kalamzorlar, hududni obodonlashtirish va muhandislik kommunikatsiyalari haqida axborot;

baholash ob’ekti tarkibida baholanishi lozim bo‘lgan mulk haqida ma’lumotlar;

baholanishi lozim bo‘lgan mulkning boshlang‘ich va qoldiq (balans) qiymatlari;

korxona (emitent)dan joriy foydalanish haqida axborot;

mashinalar va uskunalar uchun:

ob’ektning to‘liq nomi: rusumi, modeli, seriyasi;

ishlab chiqaruvchi zavod (firma);

baholanayotgan uskunani xarid qilish, ijaraga olishga yoki unga nisbatan o‘zga huquqqa oid hujjatlarning nusxalari;

ishlab chiqarilgan yil va ishga tushirilgan sana;

ob’ektning texnik tavsifi (texnik hujjatlarga binoan);

baholash ob’ektining texnik holatiga oid aktlar;

inventar raqami, baholash sanasidan oldin oxirgi hisobot sanasiga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra boshlang‘ich va qoldiq (balans) qiymatlari;

konservatsiya va ta’mirlash haqida ma’lumotlar (uzellar, agregatlarni almashtirish, takomillashtirish);

transport vositasi texnik pasportining nusxasi.

Dastlabki axborotdan tashqari baholovchi korxona faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklar, baholanayotgan korxona va (yoki) tarmoq korxonalari aksiyalarining kotirovkalari va aksiyalar kurslarining o‘zgarishlari, aksiyadorlar o‘rtasida aksiyalarning taqsimlanishi, aksiyalarning aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi, o‘xshash mulk bo‘yicha bitimlar, o‘xshash mulkni ijaraga berishning bozor stavkalari haqida qo‘shimcha axborotni yig‘adi va tahlil qiladi.

Yig‘iladigan axborotning xususiyati va hajmini baholovchi baholash haqidagi vazifaga, baholash ob’ektining xususiyatlari va baholash natijalarining qo‘llanilishiga qarab belgilaydi.

Baholash jarayonida foydalaniladigan axborot ishonchli va baholovchi narxni belgilovchi eng muhim omillarni aniqlashi uchun etarli bo‘lishi lozim.

Buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etgan axborot (shu jumladan ma’lumotnomalar, jadvallar, buxgalteriya balanslari), shuningdek baholovchining o‘zi bevosita yiqqan axborot shu axborotni taqdim etgan tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va mazkur tashkilot muhri bilan tasdiqlangan holdagina ishonchli deb hisoblanadi.

Baholovchi, agar taqdim etilgan axborot hajmi va sifati 8-son MBMS talablariga muvofiq baholashni amalga oshirish va baholash haqida hisobot tayyorlash uchun etarli bo‘lmasa, baholash ishlarini bajarishdan bosh tortish huquqiga ega.

Baholashni o‘tkazish vaqtida baholovchi olgan barcha axborot va hujjatlardan maxfiylik sharoitida, qonunchilik talablarini hisobga olgan holda foydalanilishi lozim.

Baxolovchi baxolash jarayonida unga taqdim etilgan barcha axborot va hujjatlardan qonunchilik talablarini xisobga olgan xolda maxfiylik sharoitida foydalanilishi lozim.

Yig‘ilgan axborot asosida baholovchi baholash ob’ekti mansub bo‘lgan bozorning va tarmoqni tahlil qiladi, zarur holda moliyaviy hisobotni tahlil qiladi va unga tuzatishlar kiritadi. Bunda, tuzatilgan hisobotdan faqat baholash haqidagi vazifada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalaniladi.
4. Baholash ob’ektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili

Baholash ob’ektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili faqat baholashning alohida ob’ekti hisoblangan ko‘chmas mulkni baholash chog‘ida amalga oshiriladi.

Baholash ob’ektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili baholash ob’ektidan eng daromadli va raqobatli foydalanish yo‘lini aniqlash uchun o‘tkaziladi.

Mavjud foydalanish sharoitida (baholash ob’ektlari faoliyat turi saqlangan holda xususiylashtirilganda) baholash ob’ektining qiymati aniqlangan holda baholash ob’ektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili o‘tkazilmaydi.

Baholash ob’ektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishni aniqlash baholovchi o‘z tahliliy malakasi yordamida chiqargan xulosalar va amalga oshirgan hisob-kitoblar mahsuli hisoblanadi va so‘zsiz faktni emas, balki uning fikrini ifoda etadi.

Ob’ektdan eng maqbul va eng samarali foydalanishning variantini aniqlashda tahlilning quyidagi mezonlaridan foydalaniladi:

qonunchilik nuqtai nazaridan ruxsat etilganlik mo‘ljallangan foydalanishning xususiyati baholash ob’ekti mulkdorining harakatlarini cheklovchi qonunchilikka zid bo‘lmasligi lozim;

jismoniy imkoniyat – baholash ob’ektidan eng maqbul va eng samarali foydalanish;

moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiqlik – ob’ektdan foydalanish baholash ob’ektining mulkdoriga daromadni ta’minlashi lozim;

mumkin qadar yuqori darajadagi samaradorlik – eng maqbul va eng samarali foydalanish yo mulkdorning sof foydasini mumkin qadar ko‘paytirishni, yo baholash ob’ektining eng katta qiymatiga erishishni nazarda tutadi.


5. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qo‘llash

Baholash ob’ektining qiymatini xususiylashtirish maqsadida baholashda baholovchi daromad, xarajat va qiyosiy yondashuvlardan foydalanadi. Biron-bir yondashuvni qo‘llash mumkin emasligi yoki qo‘llashning cheklanishi baholovchi tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotda asoslanishi lozim.

U yoki bu yondashuvni qo‘llashda baholovchi 8-son MBMSda belgilangan baholash usullarining biridan foydalanadi. Baholashning eng maqbul usulini tanlash baholovchining mulohazalariga muvofiq amalga oshiriladi va baholash natijalaridan foydalanishning maqsadi, aniqlanayotgan qiymat turi, baholash ob’ektining xususiyatlari va axborot manbalari bilan belgilanadi.

Daromad yondashuvi baholash ob’ektining qiymatini mazkur ob’ektdan foydalanishdan olish kutilayotgan daromadlarning joriy qiymatini aniqlashga asoslanadi. Baholash xaridor mazkur ob’ektni xarid qilishdan olishi mumkin bo‘lgan bo‘lg‘usi daromadlarning prognoziga muvofiq shakllantiriladi.

Daromad yondashuvi doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirish usuli yoki pul oqimlarini diskontlash usuli qo‘llaniladi.

Daromad yondashuvi usullari bilan baholash diskontlash stavkasi va (yoki) kapitallashtirish stavkasidan foydalanishni nazarda tutadi.

Diskontlash stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining baholash sanasiga qadar bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasining (baholash ob’ektiga investitsiyalash tavakkalchiligi uchun ustamani hisobga oluvchi) 1,5 koeffitsientiga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi.

Kapitallashtirish stavkasi sifatida 2% ga teng deb olinadigan pul oqimi uzoq muddatli o‘sish sur’ati hajmi ayirib tashlangan diskontlash stavkasi qabul qilinadi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirish usuli baholash ob’ektidan foydalanishdan har yili teng miqdorda pul oqimlarini olish mo‘ljallanganda amaldagi aktivlarni baholash uchun qo‘llaniladi.

Usul baholash ob’ektidan yil davomida foydalanishdan olingan pul oqimini kapitallashtirish stavkasidan foydalangan holda qiymatga aylantirishga asoslanadi.

Pul oqimlarini diskontlash usuli pul oqimlari beqaror bo‘lgan ob’ektlarni baholashda qo‘llaniladi va bo‘lg‘usi pul oqimlari joriy pul oqimlaridan sezilarli darajada farq qilishi mumkin, degan farazga asoslanadi.

Mazkur usul bo‘lg‘usi daromadlar prognozini shakllantirishni, daromadlarni olish bilan bog‘liq tavakkalchilikka baho berishni va daromadlarni olish vaqtini aniqlashni nazarda tutadi.

Bo‘lg‘usi daromadlarni aniqlashda korxona faoliyatining kutilayotgan muddati ikki davrga bo‘linadi. Prognoz davri deb ataladigan birinchi davr uchun pul tushumlarining batafsil yilma-yil prognozi tuziladi. Prognoz davri tugaganidan so‘ng korxona pul tushumlarining o‘sish sur’atlari umuman olganda barqaror bo‘lib qoladigan va ularni oldindan aytish mumkin bo‘ladigan mutanosib holatga erishishi lozimligi (prognozdan keyingi davr) faraz qilinadi.

Qiyosiy yondashuv oldi-sotdi bozor narxlarini va (yoki) ular mavjud bo‘lmagan holda taklif narxlarini baholash ob’ektiga qiyosiy (o‘xshash) ob’ektning tegishli tuzatishlarini hisobga olib taqqoslashga asoslanadi.

Analoglarni tanlashning asosiy mezonlari bo‘lib, baholash ob’ekti bilan o‘xshash jismoniy va iqtisodiy tavsiflar, analogning baholash ob’ekti bilan ayni bir bozor segmenti va (yoki) tarmoqqa mansubligi, baholash ob’ekti va analogdan foydalanishning o‘xshashligi xisoblanadi.

Baholash ob’ekti qiymatini qiyosiy yondashuvda baholashda kapital bozori usuli (kompaniya-analog usuli), bitimlar usuli, bozorga oid taqqoslashlar usuli, baholash ob’ekti bilan oldingi bitimlar usuli va analog bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash usuli (mashinalar, uskunalar va transport vositalari qiymatini baholash uchun) qo‘llaniladi.

Kapital bozori usuli (kompaniya-analog usuli) taqqoslash uchun asos sifatida bozorda vujudga kelgan ma’lum oldi-sotdi narxidan foydalanishni nazarda tutadi. Usul asosan nazoratsiz aksiyalar paketlarini va ulushlarni baholash uchun qo‘llaniladi.

Bitimlar usuli aksiyalar nazorat paketining va umuman korxonaning narxlari haqidagi axborotga asoslanadi. Usuldan aksiyalarning nazorat paketlarini yoki korxonalarni baholashda foydalaniladi.

Bozorga oid taqqoslashlar usuli baholanayotgan ko‘chmas mulk bilan jismoniy va iqtisodiy tavsiflarga ko‘ra o‘xshash bo‘lgan ko‘chmas mulkni sotishga doir bitimlarning bozor narxlarini yoki taklif narxlarini tahlil qilishga asoslanadi. Usul “talab va taklif” prinsipiga asoslanib, mazkur prinsipga muvofiq ob’ekt narxi shu joyda, shu vaqtda va shu bozorda analogga bo‘lgan talab va taklifning o‘zaro aloqasi natijasida aniqlanadi.

Baholash ob’ekti bilan oldingi bitimlar usulini qo‘llashda baholash ob’ekti bilan ilgari tuzilgan bitimlarning narxlari axborot manbai hisoblanadi. Bunda, baholovchi vaqt omilini, shuningdek, iqtisodiy muhit va tarmoqdagi holatlarning o‘zgarishlarini hisobga olib tuzatishlar kiritadi.

Analog bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash usuli asosan taqqoslashning o‘xshash ob’ektlari xususidagi bozorga oid axborotdan hamda baholash ob’ektining aniq nusxalariga doir axborotdan foydalanishga asoslanadi. Usul analoglarning narxlariga ularning joylashgan eri va bitim sanasini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritishni nazarda tutadi.

Qiyosiy yondashuv usullaridan foydalanish o‘xshash ob’ektlarning jismoniy va iqtisodiy tavsiflari, narxlari va bitimlarning sanalari, joylashgan eri, bajarilishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turdoshligi va o‘xshash ob’ektlarning boshqa tavsiflari haqida axborotning mavjudligini nazarda tutadi. Baholanayotgan ob’ekt o‘xshash ob’ektdan qay darajada farq qilsa, ayni shu darajada o‘xshash ob’ekt narxiga u baholash ob’ekti bilan ayni bir tavsifga ega bo‘lgan holda qanday narxda sotilishi mumkinligini aniqlash uchun tuzatishlar kiritiladi.

Qiyosiy yondashuv usullari bilan baholash barcha analoglar bo‘yicha hisoblanadigan va ayni bir ko‘rsatkichga ko‘paytiruvchi sifatida qo‘llaniladigan multiplikatorlardan foydalanishga asoslanadi.

8-son MBMS maqsadlarida ikki xil multiplikator: oraliqli va momentli multiplikatorlardan foydalaniladi. Qo‘llanilgan multiplikatorni tanlash baholovchi tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotda asoslanishi lozim.

Xarajat yondashuvi jamlangan eskirish yoki qilingan xarajatlar (majburiyatlar) hisobiga qadrsizlanishni hisobga olib ob’ektni tiklash yoki almashtirish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni aniqlashga asoslanadi.

Xarajat yondashuvi daromadli ob’ektni baholashga nisbatan birdan-bir yagona yondashuv sifatida qo‘llanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xususiylashtirilayotgan korxona (aksiyalar, ulushlar, paylar)ni baholashga nisbatan xarajat yondashuvining asosiy usuli sof aktivlar usulidir. Ayrim hollarda, davlat mulki ob’ektlarini tasarruf etuvchining tugatilayotgan korxona mulkini (tarkibiy birliklarini) xususiylashtirish to‘g‘risida qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, xususiylashtirish ob’ektini baholashga nisbatan xarajat yondashuvi qo‘llanilganda tugatish qiymati usulidan foydalanilishi mumkin.

Sof aktivlar usuli qo‘llanilganda baholanayotgan mulk tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

korxona balansidagi va qonunchilikda belgilangan xususiylashtirish tartibotlari doirasida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan asosiy vositalar, ularning texnik holatidan qat’i nazar, amaldagi (shu jumladan vaqtinchalik kapital ta’mirlashda bo‘lgan va modernizatsiya qilinayotgan ob’ektlar, tugallanmagan qurilish ob’ektlari) va konservatsiya qilingan, zaxira yoki rezervdagi ob’ektlar (o‘rnatilmagan asbob-uskunalar), ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik o‘simliklar va boshqa turdagi, shuningdek, boshqa korxonalar va tashkilotlarga foydalanish uchun, ijaraga berilgan asosiy vositalar;

xususiylashtirilayotgan korxona (binolar, inshootlar, ob’ektlar) joylashgan er uchastkalaridan (agar ular bo‘lsa) foydalanish huquqi va korxona faoliyati uchun zarur bo‘lgan ajratilgan er uchastkalaridan foydalanishga bo‘lgan huquq;

boshqa uzoq muddatli aktivlar, shu jumladan nomoddiy aktivlar;

joriy aktivlar;

boshqa aktivlar.

Mulkni baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) quyidagilarning tiklanish qiymati aniqlanadi:

ko‘chmas mulkning (binolar va inshootlarning) tiklanish qiymati loyiha-smeta hujjatlari yoki binolar va inshootlar tiklanish qiymatining yaxlitlangan me’yorlari negizida yoki baholash sanasida Hukumat qarori bo‘yicha asosiy fondlarni so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha asosiy fondlar qiymati qimmatlashishi koeffitsientlarini qo‘llash yo‘li bilan;

mashinalar, uskunalar va transport vositalarining (havo va suv transporti vositalari bundan mustasno) tiklanish qiymati almashtirish xarajatlari yoki aniq nusxasini yaratish xarajatlari negizida yoki baholash sanasida Hukumat qarori bo‘yicha asosiy fondlarni so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha asosiy fondlar qiymati qimmatlashishi koeffitsientlarini qo‘llash yo‘li bilan;

qolgan asosiy vositalarning tiklash qiymati ularning boshlang‘ich balans qiymatini ishlab chiqaruvchi zavodlar, preyskurantlar, prays-varaqlar narxlariga muvofiq bo‘lgungacha qayta baholash yoki baholash sanasida Hukumat qarori bo‘yicha asosiy fondlarni so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha asosiy fondlar qiymati qimmatlashishi koeffitsientlarini qo‘llash yo‘li bilan;

tugallanmagan qurilish va o‘rnatilmagan asbob-uskunalarning qiymati mos ravishda ko‘chmas mulk (binolar va inshootlar) hamda mashinalar, uskunalar va transport vositalarini baholash bilan bir xil tartibda yoki baholash sanasida Hukumat qarori bo‘yicha asosiy fondlarni so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha asosiy fondlar qiymati qimmatlashishi koeffitsientlarini qo‘llash yo‘li bilan;

b) eskirish hajmi aniqlanadi:

ko‘chmas mulk uchun – jamlangan (umumiy) eskirish (jismoniy, funksional va tashqi eskirish);

mashinalar, uskunalar va transport vositalari uchun – jismoniy eskirish;

qolgan asosiy vositalar uchun – jismoniy eskirish yoki normativ (balans bo‘yicha qabul qilingan) eskirish;

tugallanmagan qurilish va o‘rnatilmagan asbob-uskunalar uchun eskirish xisoblanmaydi.

Bunda, baholovchi har bir asosiy vosita bo‘yicha xisoblagan eskirish hajmi korxona buxgalteriyasi xisoblagan va korxona balansida aks ettirilgan normativ eskirish hajmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas;

v) 10 foizdan kamroq qoldiq qiymatga ega bo‘lgan asosiy vositalar bo‘yicha baholash chog‘ida ularning tiklash qiymatining 10 foizi miqdoridagi qiymati kiritiladi;

g) intellektual mulk ob’ektlari Intellektual mulkni baholash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga (ro‘yxat raqami 1953, 2009 yil 8 may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 19 – 20-son, 241-modda) muvofiq baholanadi;

d) uzoq muddatli investitsiyalar qiymatini baholash belgilangan tartibda bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi;

e) tovar-moddiy boyliklarga tegishli bo‘lgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari amaldagi ulgurji yoki chakana (bozor narxlaridan yuqori bo‘lmagan) narxlarda yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra "ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari" guruhi bo‘yicha asosiy fondlarni qayta baholashning har yilgi koeffitsientini inventarlar va xo‘jalik buyumlarining balans qiymatiga qo‘llash yo‘li orqali baholanadi;

j) qolgan uzoq muddatli va joriy aktivlar qiymati, shuningdek, korxonaning majburiyatlari korxonaning oxirgi (baholash sanasidagi) hisobot buxgalteriya balansi ma’lumotlariga muvofiq balans qiymati bo‘yicha belgilanadi.

Buxgalteriya balansi korxona tomonidan har yili bir marta tuziladigan xollarda va baholash sanasi uni tuzish sanasidan uch oydan ortiq muddatga ortda qolgan bo‘lsa, xisob-kitoblar uchun asos sifatida oxirgi (baholash sanasidan oldingi) chorak yakuni bo‘yicha oraliq balans olinadi.

Asosiy vositalar qiymatini baholashda ularning baholash natijalari bo‘yicha aniqlangan qiymati korxona buxgalteriyasida ko‘rsatilgan va korxona balansida aks ettirilgan balans qoldiq qiymatidan kam bo‘lmasligi kerak.

Baholash ob’ekti korxonalarda ishtirok etish ulushi (aksiya paketlari, ulushlar, paylar) bo‘lgan hollarda balansda saqlovchi (emitent) asosiy vositalari qiymatini baholash yuqoridagiga o‘xshash tartibda amalga oshiriladi.

Baholash ob’ekti ustav fondining 5 foizi miqdoridagi va undan kamroq bo‘lgan, nazorat qilish vakolatini bermaydigan korxonada ishtirok etish ulushi bo‘lsa, balansda saqlovchi (emitent) barcha asosiy vositalari qiymatini baholash sanasida Hukumat qarori bo‘yicha asosiy fondlarni so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha asosiy fondlar qiymati qimmatlashishi koeffitsientlarini qo‘llash yo‘li bilan baholashga yo‘l qo‘yiladi.


6. Qo‘llanilgan baholash yondashuvlari natijalarini muvofiqlashtirish va baholash ob’ektining yakuniy qiymatini hisoblash
Baholash ob’ektining yakuniy qiymatini hisoblash uchun baholovchi, qo‘llanilgan baholash yondashuvlari natijalarini muvofiqlashtirish (o‘lchash)ni amalga oshiradi.

Muvofiqlashtirish jarayonida baholovchi barcha omillar, shu jumladan qabul qilingan farazlar va cheklashlar tahlili asosida har bir yondashuvning afzalliklari va kamchiliklari nisbatini, baholashning yakuniy natijasiga ularning ta’siri darajasini turli yondashuvlarni qo‘llashda olingan natijalarga beriladigan o‘lchov koeffitsientlarini tahlil qilish yo‘li bilan miqdor jihatidan aks ettirishi lozim.

Turli xil yondashuvlar bilan olingan eng katta va eng kichiq natijalar o‘rtasida jiddiy (50 foizdan ortiq) tafovut mavjud bo‘lgan taqdirda, mazkur tafovut sabablari tahlil qilinib, uning natijalari baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi va muvofiqlashtirish uchun baholovchi fikriga ko‘ra eng ishonchli bo‘lgan natijalar tanlanadi.

Baholash ob’ektining yakuniy qiymatini hisoblashda baholovchining barcha mulohazalari va farazlari asoslanishi lozim.

Baholashga yondashuvlarni qo‘llash natijalari muvofiqlashtirilganidan keyin baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan baholash ob’ektining yakuniy qiymati yagona kattalik sifatida ifodalanishi lozim.

Baholash haqidagi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish

YOzma tarzda tuzilgan baholash to‘g‘risidagi hisobot baholovchi tashkilot baholash ob’ekti qiymatini aniqlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Baxolovchi tashkilot tomonidan baxolash ob’ekti qiymatini aniqlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarganligini tasdiqlovchi xujjat bo‘lib, baxolash to‘g‘risidagi xisobot xisoblanadi.

Baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholash ob’ektiga tavsif beriladi, yig‘ilgan axborot, amalga oshirilgan tahlil bosqichlari va hisob-kitoblar aks ettiriladi, olingan natijalar asoslanadi, baholash ob’ektining yakuniy qiymati, baholash bazasining tasdig‘i, baholash maqsadi, shuningdek baholash natijalarini to‘liq va bir xilda talqin qilishni ta’minlovchi barcha farazlar va cheklovchi shartlar ko‘rsatiladi.

Baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan dastlabki ma’lumotlar tarkibi va amalga oshirilgan baholash jarayonini bayon etishning ketma-ketligi baholash ob’ekti qiymatini hisoblashni to‘liq aks ettirish imkonini berishi va o‘xshash natijalarga olib kelishi lozim.

Hisobot faqat baholash jarayonida hisoblash va tahlil qilishda foydalanilgan axborot va ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim.

Baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilgan, baholashni amalga oshirish chog‘ida foydalanilgan yoki hisoblashlar natijasida olingan axborotga axborot manbaiga ishora qilish yo‘li bilan izoh berilishi lozim.

Baholash to‘g‘risidagi hisobot quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim:

titul varag‘i;

mundarija;

umumlashtiruvchi qism (ilova xat);

qisqartmalar, shartli belgilar, simvollar, birliklar va atamalar ro‘yxati;

kirish;

asosiy qism;



xulosa;

foydalanilgan manbalar ro‘yxati;

ilovalar.

Baholash to‘g‘risidagi hisobot raqamlangan va baholovchi (baholovchilar) tomonidan sahifama-sahifa imzolangan, ipdan o‘tkazilgan, shuningdek baholash buyurtmachisi shartnoma tuzgan baholovchi tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi lozim.

Baholash to‘g‘risidagi hisobotga ilovada baholovchi foydalangan va baholash ob’ektining miqdor va sifat tavsiflarini belgilovchi hujjatlarning nusxalari, shuningdek texnik inventarizatsiya hujjatlari va boshqa zarur hujjatlar keltirilishi lozim. Agarda bu baholash haqida vazifada belgilangan bo‘lsa, baholash ob’ektining uning baholash sanasidagi joriy holatini aks ettiruvchi fotosuratlari mavjudligi majburiydir.

Ilovada baholovchi tashkilot litsenziyasi, baholovchilarning malaka sertifikatlari va fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisining nusxalari ham keltirilishi lozim.

Baholovchi tashkilot baholashning baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan natijalari uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.

Baholovchi tashkilot ko‘rilgan zararlar yoki baholash ob’ektining sud tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan qiymat haqqoniy emas deb topilganligi uchun, agar ular baholash buyurtmachisi yoki uchinchi shaxslar tomonidan ishonchsiz axborot berilishi oqibatida vujudga kelgan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi.

Baholash jarayonida foydalanilgan axborotni baholash to‘g‘risidagi hisobotda oshkor etish shunday amalga oshirilishi lozimki, baholash haqidagi hisobotdan foydalanuvchilar baholash jarayoni mantiqini va baholash ob’ektining qiymatini aniqlash uchun baholovchi ko‘rgan choralarni tushuna olsinlar.

Baholash jarayonida qo‘llanilgan barcha axborot oshkor etilishi lozim, maxfiy xususiyatga ega bo‘lgan axborot bundan mustasno. Maxfiy axborotni baholovchi faqat buyurtmachi va (yoki) mazkur axborotni taqdim etgan shaxslar bilan kelishgan holda yoki sudning tegishli qaroriga binoan oshkor etadi. Foydalanilayotgan axborotning maxfiylik darajasi buyurtmachi va (yoki) mazkur axborotni taqdim etuvchi yoki unga bevosita aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan belgilanadi.

Baholash to‘g‘risidagi hisobotda barcha farazlar va cheklovchi shartlarning mohiyati, shuningdek axborotni oshkor etishga qo‘yiladigan har qanday talablar ochib beriladi.

Baholash to‘g‘risidagi hisobotga mazkur standartga va qabul qilingan boshqa mulkni baholash standartlariga rioya qilinganligi haqidagi bayonot kiritilishi, standartlarning talablaridan har qanday chetga chiqish ko‘rsatilishi va bunday chetga chiqishga izoh berilishi lozim.

Baholash ob’ektining 8-son MBMS talablariga muvofiq tuzilgan baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan yakuniy qiymatidan, agar baholash haqidagi hisobot tuzilgan sanadan baholash ob’ektini xususiylashtirish maqsadida uning boshlang‘ich narxi tayinlangan sanagacha 6 oydan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, xususiylashtirish maqsadida foydalanilishi mumkin.

Baholash o‘tgan (baholashni amalga oshirish sanasiga mos kelmaydigan) sanaga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra amalga oshirilgan taqdirda, baholash ob’ektining qiymati haqidagi xulosa baholash amalga oshirilgan sanadagina haqiqiy bo‘ladi.


Me’yoriy qoidalar yoki davlat mulkini tasarruf etuvchilarning qarorlari baholovchiga 8-son MBMS talablariga to‘liq yoki qisman rioya qilish imkoniyatini bermasa, baholovchi qiymatni aniqlash bo‘yicha mos keluvchi hisoblashlarni va tegishli baholash tartibotlarini qo‘llashi lozim. Bunda baholash haqidagi hisobotda aniqlanishi lozim bo‘lgan qiymatni ko‘rsatish bilan bir qatorda 8-son MBMS talablaridan chetga chiqish sabablari dalillar bilan asoslanishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS)

«Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash»ga ilova



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling