Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
Литература
1. Пащенко Ф.Ф. Введение в состоятельные методы моделирования систем. Ч.1. Математические основы моделирования систем. М.: Финансы и статистика, 2006 - 328 с. 2. Жуманов И.И., Бекмуродов З.Т. Алгоритмы повышения достоверности прогноза временных рядов с использованием нейро-нечетких сетей и методов кластеризации // «Вестник ТУИТ», Ташкентский университет информационных технологий. - Ташкент, 2015. - №2 (34). - с. 106-112. 3. Каллан Р. Основные концепции нейронных сетей// Москва, «Вильямс», 2001 г. – с. 35-87. 4. Жуманов И.И., Бекмуродов З.Т. Идентификация случайных временных рядов на основе нейро-нечеткой сети для повышения достоверности прогноза // Труды ХI Международной Азиатской школы-семинара «Проблемы оптимизации сложных систем», 27 июля – 7 августа 2015 г., Кыргызская Республика, 2015 - с. 258-264. 245 MILLIY ILOVALARNING TA’LIM JARAYONIDAGI OʻRNI Shamsitdinov Salohiddin - AnDU Axborot texnologiyalari kafedrasi oʻqituvchisi, Qamardinov Nuriddin - TATU talabasi Oʻquv qayda boʻlsa, buyuklik boʻlur, Bilim qayerda boʻlsa, buyuklik boʻlur Yusuf Xos Hojib Ta’limning ahamiyati yuksak ekanligi buyuk ajdodlarimiz tomonidan bot-bot takrorlanib oʻtilgan. Uni birinchi ahamiyatli masalaga olib chiqishgan. Ajdodlarimizga munosib voris boʻlish uchun mamlakatimizda ham ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy ta’lim tizimini shakllantirish bosqichi oʻz harakatini amalga oshirmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori ham ushbu sohadagi islohotlarni amalga oshirishning muhim huquqiy asoslaridan biri boʻldi. Mazkur qaror oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta koʻrib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Yuqoridagi fikrlar masalaning bir tomoni edi, ya’ni siyosiy-huquqiy tomoni. Ikkinchi tomonda esa bugungi kunda dunyo miqyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi yotibdi. Ya’ni bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga oʻz ta’sirini koʻrsatmoqda. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar oʻz faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qoʻlga kiritishga urinmoqdalar. XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an’anaviy oʻqitish usullaridan koʻra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da koʻzda tutilganidek, pedagogik va axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta’minlash rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyalari rivoji oʻzimizning sifatli milliy dasturiy mahsulotlarni koʻpayishi boʻlgan ehtiyojni ortishiga olib keladi. Shuning uchun pedagoglar faoliyatini yuksaltirish uchun ishlab chiqilgan “Skanvord-N” dasturini ilova qilmoqchiman. Ma’lumki skanvordlar inson aqlini oziqlantiradi. Ta’limda ham pedagoglar bunda unumli foydalanishi ma’lum. Ammo skanvord tuzish vaqt va mehnat talab qiladi. Biz yaratgan dastur esa bu vazifani oʻz zimmasiga oladi. Skanvord qoʻl mehnati bilan yaratilganda kichik xatoga yoʻl qoʻyishi mumkin yoki bir nechta variant tayyorlash uchun koʻp vaqt talab qiladi. “Skanvord-N” dasturi esa qisqa vaqt ichida bir nechta variantda skanvord tayyorlab berishi bilan ajralib turadi. Pedagogning oldiga 246 qoʻyiladigan yagona vazifa savol va javoblarni kiritish. Savollar ma’lumotlar omborida saqlanadi va istalgan payt yana murojaat qilib skanvord tayyorlash mumkin. Dastur oynasidan namuna: Bunday dasturlarni yanada takomillashtirgan holda milliy mahsulotlarni ishlab chiqish biz dasturchilarning asosiy maqsadimiz. Shuningdek, innovatsion ta’limni ta’limni tashkil qilish va rivojlantirish ham har birimizning vazifamizdir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling