Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
TA’LIMGA ELEKTRON TA’LIM RESURSLARINI JORIY ETISH
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
TA’LIMGA ELEKTRON TA’LIM RESURSLARINI JORIY ETISH
ZARURATI Usmonova D.S. - Toshkent viloyati Parkent tumani, 5-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan Davlat ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ta’lim tizimini tubdan modernizatsiyalash va isloh etish, ta’lim-tarbiya sifati va o‘qitish samaradorligini oshirish bilan birgalikda ta’lim sifati monitoringi mexanizmi ham takomillashib bormoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining YUNISEF bolalar tashkiloti bilan hamkorlikdagi “Ta’lim sifati va parametrlarini ishlab chiqish” hamda Jahon banki bilan hamkorlikdagi 2007-2013 yillarda amalga oshirilgan “Maktab ta’limini rivojlantirish” loyihalari doirasida dastlabki tajriba-sinov ishlari amalga oshirilgan edi. Istiqlolning dastlabki yillaridan ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi, deb e’lon qilindi. O‘zbekistonning ta’lim tizimida erishgan yutuqlari oldimizda turgan yangi va yanada keng ufqlarni ochmoqda, deb aytish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish istiqbollariga nazar tashlab, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)dan oqilona foydalanish ta’lim sifatini yanada oshirishning muhim omili bo‘lishini alohida ta’kidlash lozimdir. Zamonaviy ta’lim tizimining barpo etilishi, o‘quv jarayoniga axborot texnologiyalari yutukdarini joriy qilish bilan chambarchas bog‘liq. Bu ayniqsa AKTga asoslangan o‘qitishning yangi shakl va vositalariga taalluqlidir. Bular qatoriga ta’limga elektron axborot resurslarini faol qo‘llashni taqozo etadigan elektron o‘qitishni kiritish mumkin. Mamlakatimizda AKT asosida elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish, takomillashtirish va ta’lim jarayoniga joriy etish orqali umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Multimediali umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi. Ta’lim tizimida elektron axborot resurslari ikki turga ajratiladi: ta’limni tashkil qilish va boshqarishga oid bo‘lgan elektron ta’lim resurslari va undan faqat o‘quv jarayoniga oid bo‘lganlari elektron o‘quv resurslari deb yuritiladi. Bugungi kunda o‘quv jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan ko‘plab elektron axborot resurslari yaratilganki, ularga elektron darslik, elektron qo‘llanma, 241 elektron jurnal, elektron ensiklopediya, masofaviy talim saytlari, ta’lim portallari, elektron kutubxonalar, virtual kutubxonalar, elektron kataloglar va boshqa atamalar yuritilgan dasturiy vositalarni misol qilib keltirish mumkin. Elektron ta’lim resurslari, xususan elektron darsliklar vositasida o‘qitishda axborot va o‘rgatuvchi texnologiyalarni qo‘llash uchun imkoniyat yaratiladi. Shuningdek, elektron zahiralar vositasida o‘qitish jarayonining samarali tashkil etilishi o‘quv maqsadlariga erishishni ta’minlaydi. Yana shuni ta’kidlash joizki, agar o‘qitish jarayoni yaxshi tashkil etilmasa, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari ham yetarlicha samara bermaydi. Elektron talim resurslari o‘zida o‘quv jarayonini ta’minlash vazifasini bajaruvchi, elektron ko‘rinishda taqdim qilingan, o‘quv va o‘qitish metodikasiga ega ma’lumotlardir. Elektron ta’lim resurslari elektron o‘quv resurslari bilan qiyoslaganda, umumiy tushuncha bo‘lib, nafaqat ko‘zda tutilgan tugallangan o‘quv qo‘llanma, balki har xil yaratish bosqichidagi resurslardir. Elektron o‘quv resurslari – zamonaviy axborot texnalogiyalari asosida malumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni inter faol usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan elektron manbadir. Elektron o‘quv resurslariga elektron ko‘rinishda taqdim etiladigan, bayon qilishning ma’lum shaklidagi, ilmiy va amaliy xarakterdagi tizimlashgan ko‘rsatmalarda tashkil topgan, o‘rganish uchun qulay, hamda turli yosh va darajadagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan resurslar kiritiladi. Uzluksiz ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish, o‘quv jarayonining samaradorligi keskin oshishiga olib keladi. Bunda nafaqat o‘qituvchilar balki o‘quvchilar ham jahonning yangi ilmiy –metodik adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatlaridan foydalanishga ega bo‘ladilar, chet el va respublikamizning yetakchi ommaviy ta’lim muassasalari axborot resurs markazlaridagi tegishli ma’lumotlar bilan tanishadilar, masofali ta’lim, axborotlar almashinish va shunga o‘xshash juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Elektron o‘quv-ta’lim resurslar ta’lim oluvchilarni zamonaviy shakldagi axborot manbalari bilan ta’minlashga imkon beradi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, uzluksiz ta’lim jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalanish, ta’lim sifatini ko‘tarish va samaradorligini oshirishni ta’minlashga yetarli imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda ta’lim jarayonida yangi usul va uslublar, axborot va uslubiy resurslar to‘plash vositalari bo‘lgan elektron ta’lim resurlarini yaratishga ko‘maklashadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling