Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet143/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

Список литературы: 
1. http.//intelmath.narod.ru/kangaroo-problems_1_5.html 
2. www.Imo-official.org 
3. http.//math.ru/lib/92 
4. http.//festival/1september.ru 
 
ZAMONAVIY INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA 
IQLIMIY MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH USULI 
 
Abdurahimov Baxtiyor Fayziyevich - Fizika-matematika fanlari doktori, 
OʻzMU amaliy matematika va axborot tahlili kafedrasi professori,
Rahmonova Gulhayo Saidjon qizi - OʻzMU magistranti 
Annotatsiya: zamonaviy iqlim metodi asosida iqlimning 4 asosiy 
xarakteristikasi (temperatura, shamol, namlik va bulutlik) boʻyicha oʻzgarishini 
aniqlash. Ma’lumotlarni animatsiya yordamida tahlil qilish.
Kalit soʻzlar: iqlim, iqlimning global modeli, grafik karta, animatsion tahlil, 
vizuallashtirish. 
Zamonaviy iqlim metodi asosan matematik modellashtirish metodlari 
yordamiga tayanadi. Iqlimning global modeli [1,4] asosan toʻliq tizimda 
gidrotermodinamika tenglamalarini yechadi. Model orqali temperatura, shamol, 
namlik va bulutlik butun yer sharida yerdan to stratosferagacha boʻlgan hududda 


256 
aniqlanadi. Model asosiy xarakteristikalarni (temperatura, shamol, namlik va bulutlik) 
istalgan oniy vaqtda aniqlab berishi mumkin [3].
1-rasm. Planet Simulator iqlim modeli ishlashi 
Ushbu model orqali oʻrtacha muddat 100 yilga modellashtirsak biz natija sifatida 
juda kata raqamlar bazasiga ega boʻlamiz.
2-rasm. Planet Simulator iqlim modeli orqali olingan ma’lumotlar 
Ma’lumki, buni tahlil qilish mushkul. Uzundan uzoq sonlarni har bir oniy vaqtda 
grafik kartaga muhrlasak, tahlil qilish osonlashadi, lekin bunda ham kartalar miqdori 
koʻp boʻlib, muammoga yechim boʻla olmaydi.


257 
3-rasm. Har bir vaqt uchun Grafik karta 
Biz bir qarashdayoq koʻplab ma’lumotlarni qabul qiladigan namoyish turi bu – 
animatsiya. Animatsiya – ma’lumotlarning film koʻrinishida namoyish etilishidir. 
Bunday film asosan xulosa chiqarishda juda qulay, vaqt boʻyicha olingan asosiy 
parametrlarning oʻzgarish dinamikasini yaqqol koʻrish mimkin.
4-rasm. Grafik kartalardan Pinnacle Studio dasturida animatsion film yaratish 
Qisqacha qilib aytganda bizda hozirda bajarilgan va rejalashtirilagn vazifalar tartibi 
quyidagilar: 


258 
1. Model orqali olingan asosiy parametr temperatura, shamol, namlik va bulutlik
maydonlarida hosil qilingan ma’lumotlarni tartibga solish[2]. 
2. Tartiblangan parametrlardagi ma’lumotlarni visual grafik kartaga oʻtkazish. 
3. Pinnacle Studio animatsion texnologiya dasturi orqali kartadagi ma’lumotlardan 
foydalanib, animatsiya yaratish. 
5-rasm. Yaratilgan animatsion film 
Xulosa: Taklif qilingan animatsiya metodi ba’zi kamchiliklarga ega (grafik 
kartalar almashinuvi oʻrtasida ba’zan uzilishlar mavjud). Kelgusida vazifamiz bu 
nuqsonni bartaraf etishdir.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling