Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

I. Didaktik talablar. Bu talablar ta’lim prinsiplari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, 
ularning mazmunini ko‘rib chiqamiz.
1. Bayon qilinayotgan o‘quv materialida asosiy va unchalik muhim bo‘lmagan 
elementlarni ajratib ko‘rsatish. Bu talab ta’limning ko‘rgazmalilik prinsipi bilan 
bog‘liq bo‘lib, uni pedagogik jihatdan, o‘quv materiali matnida asosiy g‘oyalar 
ajratilib, keyin ular mohiyatining bayon qilinishi, mavzudagi yangi tushunchalarni 
berib, har biridan so‘ng ularning xususiyati, tushunchalar bilan aloqadorligi 
kabilarning ochib berilishi bilan, shuningdek, texnik jihatdan, ekranda 
tasvirlanayotgan matnda asosiy tushunchalar, tushunchaning xususiyatlari kabilarni 
boshqa rang, boshqa shrift, boshqacha o‘lchamda ko‘rsatish bilan amalga oshirish 
mumkin.
2. O‘quv materialini bayon qilishning sodda va aniqligi. Bu talab ta’limdagi 
onglilik va faollik prinsipidan kelib chiqadi va ta’limning tushunarliligini ta’minlaydi.
Pedagogik jihatdan bayon qilinadigan o‘quv materiali matnida ortiqcha 
jumlalarni kiritmasdan, muhim fikrlarni aniq va mantiqan bog‘lab bayon qilish 
asosida bu talab amalga oshiriladi. Fikrlar bayon qilinishidagi soddalik uning 
ilmiyligini pasaytirmasligi lozim. Ma’lumki, bir fikrni turli yoshdagi bolaga turlicha 
tushuntirish talab qilinadi. Mazkur talab o‘quv materialining ma’lum yoshdagi 
o‘quvchi uchun qay tarzda ochib berilishini belgilaydi.
3. O‘quv materialini bayon qilish sur’atining o‘quvchilarning o‘zlashtirish 
sur’atiga mosligi. Har bir darsda o‘rganiladigan yangi tushunchalar soni, bayon 
qilinadigan o‘quv materialining hajmi mumkin qadar teng, ularning o‘rtacha hajmi 
esa Masofali oʻqitishning dasturiy vositalari mo‘ljallangan o‘quvchilarning yoshi, 
psixologik xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. Texnik jihatdan esa o‘quv 
materialining ekranda joylashadigan bir qismi tasvirlanib, ma’lum vaqtdan so‘ng 
ikkinchi ekran matniga almashishi emas, balki har bir o‘quvchining ekrandagi matnni 
o‘qib, keyingi ekran matniga o‘tish xohishini bildirgandagina almashish imkonini 
berish nazarda tutilishi lozim. Bu esa har bir o‘quvchi uchun o‘quv materialini o‘ziga 
mos sur’atda o‘zlashtirishiga imkon beradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling