I. Didaktik talablar. Bu talablar ta’lim prinsiplari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib,
ularning mazmunini ko‘rib chiqamiz.
1. Bayon qilinayotgan o‘quv materialida asosiy va unchalik muhim bo‘lmagan
elementlarni ajratib ko‘rsatish. Bu talab ta’limning ko‘rgazmalilik prinsipi bilan
bog‘liq bo‘lib, uni pedagogik jihatdan, o‘quv materiali matnida asosiy g‘oyalar
ajratilib, keyin ular mohiyatining bayon qilinishi, mavzudagi yangi tushunchalarni
berib, har biridan so‘ng ularning xususiyati, tushunchalar bilan aloqadorligi
kabilarning ochib berilishi bilan, shuningdek, texnik jihatdan, ekranda
tasvirlanayotgan matnda asosiy tushunchalar, tushunchaning xususiyatlari kabilarni
boshqa rang, boshqa shrift, boshqacha o‘lchamda ko‘rsatish bilan amalga oshirish
mumkin.
2. O‘quv materialini bayon qilishning sodda va aniqligi. Bu talab ta’limdagi
onglilik va faollik prinsipidan kelib chiqadi va ta’limning tushunarliligini ta’minlaydi.
Pedagogik jihatdan bayon qilinadigan o‘quv materiali matnida ortiqcha
jumlalarni kiritmasdan, muhim fikrlarni aniq va mantiqan bog‘lab bayon qilish
asosida bu talab amalga oshiriladi. Fikrlar bayon qilinishidagi soddalik uning
ilmiyligini pasaytirmasligi lozim. Ma’lumki, bir fikrni turli yoshdagi bolaga turlicha
tushuntirish talab qilinadi. Mazkur talab o‘quv materialining ma’lum yoshdagi
o‘quvchi uchun qay tarzda ochib berilishini belgilaydi.
3. O‘quv materialini bayon qilish sur’atining o‘quvchilarning o‘zlashtirish
sur’atiga mosligi. Har bir darsda o‘rganiladigan yangi tushunchalar soni, bayon
qilinadigan o‘quv materialining hajmi mumkin qadar teng, ularning o‘rtacha hajmi
esa Masofali oʻqitishning dasturiy vositalari mo‘ljallangan o‘quvchilarning yoshi,
psixologik xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. Texnik jihatdan esa o‘quv
materialining ekranda joylashadigan bir qismi tasvirlanib, ma’lum vaqtdan so‘ng
ikkinchi ekran matniga almashishi emas, balki har bir o‘quvchining ekrandagi matnni
o‘qib, keyingi ekran matniga o‘tish xohishini bildirgandagina almashish imkonini
berish nazarda tutilishi lozim. Bu esa har bir o‘quvchi uchun o‘quv materialini o‘ziga
mos sur’atda o‘zlashtirishiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |