Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

Texnik talablarga quyidagilar kiradi: zamonaviy universal shaxsiy 
kompyuterlar, tashqi qurilmalari, test o‘tkaziladigan manbalar kiradi.
Tarmoq talablariga quyidagilar kiradi: «mijoz-server» arxitekturasi, Internet-
navigatorlar, tarmoq operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari 
(o‘qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi.
Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, 
joylashishi, o‘lchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga 
mosligi.
Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo‘nalganlik, 
mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko‘rgazmalilik, kirish nazorati
intellektual rivojlanish, differensiatsiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik
qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik.
Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: do‘stonalik, foydalanuvchiga 
moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o‘qitishga mo‘ljallangan 
o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, 
axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga 
olishni ko‘zda tutadi. Fanlardan yaratiladigan masofali o‘qitishda dasturiy vositalar 
quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak: 


13 
1. Masofali o‘qitishda dasturiy vositalar – o‘quv materialini taqdim etishning 
tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga 
tayangan holda qurilishi. 
2. Masofali o‘qitishda dasturiy vositalar o‘quv materialini yuqori tartibli tuzilma 
ko‘rinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy o‘zaro bog‘liqlikning hisobga 
olinishi. 
3. Masofali o‘qitishda dasturiy vositalarda ta’lim oluvchiga o‘quv materialini 
bosqichma-bosqich o‘zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish 
asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.
Masofali o‘qitishda vositalarga didaktik, psixofiziologik va texnik talablar 
qo‘yish mumkin. Ularning har biri, bir nechta talabni o‘z ichiga oladiki, ushbu 
paragrafda mazkur talablarning mazmuni bilan tanishib chiqamiz. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling