10
auditoriyalarga sinxron telekoʻrsatuv, videoanjuman, radioeshittirish koʻrinishida
telekommunikatsiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir oʻqituvchi bir vaqtni oʻzida
talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model boʻyicha
AQSH ning
Viskonsiya universiteti (Wisconsin
University, USA) da,
shuningdek Xitoyning
markaziy radio va televedenie universiteti (China Central Radio and TV University)
da masofali oʻqitish tashkil etilgan.
Loyihalar. Davlat ta’lim yoki ilmiy-Loyiha ishi dasturi doirasida keng qamrovli
loyihani amalga oshirish uchun moʻljallangan masofali oʻqitish modelidan iborat.
Ushbu modelda asosiy ahamiyat oʻquv materiallarini
ishlab chiquvchi asosiy
mutaxassis
xodimlar, masofali kurslarni olib boruvchi oʻqituvchilar
va olimlar
yigʻiladigan ilmiy - uslubiy markazga qaratiladi.
Masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirish bosqichlari.
Elektron ta’limni tashkillashtirishning koʻpgina manbalari orasidan
quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
•
Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools);
•
Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning
Management Systems);
•
Ichki kontentni boshqaruv tizimlari CMS (Content Management Systems).
Oʻquv muassasasida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishga
qoʻyiladigan texnik va dasturiy talablar.
MT jarayonini amalga oshirishda quyida koʻrsatilgan bosqichlar asosida
amalga oshirish mumkin:
1-
bosqich:
Tahlil
2-
bosqich:
Loyihalashtirish
3-
bosqich:
Joriy qilish
4-
bosqich:
Oʻquv kontentlarini yaratish
5-
bosqich:
Ishga tushirish
6-
bosqich:
Rivojlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: