Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

Aralash model. model universitet talabalarini masofali oʻqitishning turli 
shakllarini, aniqrogʻi shakllarning integratsiyasini nazarda tutadi. Masalan, kunduzgi 
shaklda oʻqiyotgan talabalar masofali oʻqitish kurslarining dasturlaridagilarni yoki 
ushbu universitetining oʻqituvchisi oʻqiyotgan kunduzgi kurslari bilan parallel 
ravishda qisman oʻqiydilar. Shuningdek bu modelda an’anaviy kurslar doirasida 
virtual seminarlar, taqdimotlar, ma’ruzalar koʻrinishidagi mashgʻulotlar alohida 
shakllarining birlashmasi boʻlishi mumkin. Universitet axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalari vositalari bilan qanchalik yuqori jihozlangan boʻlsa, shunchalik 
oʻqitish shakllari turli-tuman boʻladi. Integrallashgan bunday kurslar Yangi 
Zelandiyadagi Massey universitetida (Massey University, New Zealand - 
http://www.massey.ac.nz) tashkil etilgan. 
Konsorsium. Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular 
oʻquv materiallari bilan almashadilar yoki ba’zi vazifalarni boʻlishib oladilar. 
Masalan, bir universitet masofali oʻqitish uchun oʻquv materiallar ishlab chiqaradi
boshqasi virtual oʻquv guruhlarini oʻqituvchilar bilan ta’minlaydi yoki masofali 
oʻqitish dasturlarini rasmiy akreditatsiyasini oʻtkazadi. Bunday hollarda universitet 
butunlay yoki uning alohida markazlari, fakultetlari, xatto ta’lim xizmati bozorida 
ishlayotgan tijorat yoki davlat tashkilotlari hamkor boʻlishlari mumkin. Konsorsiumlar 
faqat qat’iy markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan ashyolarning mualliflik 
hamda material xuquqlarini rioya etish shartlaridagina samarali boʻladi. Kanadadagi 
Ochiq oʻquv Agentligi (Open Learning Agency, Canada - http://www.ola.bc.ca) 
konsorsiumga misol boʻlishi mumkin. 
Franchayzing. Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali oʻqitish 
modelida hamkor universitetlar bir - birlariga oʻzlarining masofali kurslarini beradilar. 
Bunda ta’lim xizmati bozorida oʻzini koʻrsatgan qandaydir universitet oʻzida ishlab 
chiqqan kurslarini masofali oʻqitishni endigina tashkil qilayotgan va masofali oʻqitish 
uchun oʻquv ashyolarini mustaqil ishlab chiqish tajribasiga ega boʻlmagan boshqa 
oliygoh - hamkorlariga oʻqitish xuquqini berishi mumkin. Bunday modelning qiziq 
tomoni shundaki, talabalar oʻzlarining universitetida oʻqishga yozilib, konsorsiumga 
kirgan ilgʻor oliygoh talabasi kabi usha xajmda va oʻsha sifatda ta’lim xizmatlariga, 
oʻqishni bitirganlaridan keyin xatto diplomlariga ega boʻladilar. Bunda ilgʻor 
universitetning barcha atributikalari oʻz kuchini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga 
misol sifatida Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi 
(Open University Business School, Great Britain) va uning Sharkiy Yevropadagi 
universitetlari bilan aloqasini olish mumkin. 
Validatsiya. Masofali oʻqitishning juda keng tarqalgan modeli boʻlib, bunda 
ta’lim muassasalari masofali oʻqitish boʻyicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng 
darajada bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom 
validatsiyasi, kurs va dasturlarni akreditatsiyasini qiladi, rasman tan olinadigan diplom 
va sertifikatlarni berishga mas’ul boʻladi, ilmiy darajalar beradi va xokazo. Bosh 
oliygoh (davlat akkreditatsiyasiga ega boʻlgan tanikli oliygoh) va uning hududlardagi 
koʻp sonli filiallari orasidagi munosabatlar ham shu model asosida tashkil etiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling