Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

Birlamchi (Yagonalik) modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga koʻra faqat 
masofali oʻqitishda va «masofali» talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. 
Oʻqitish shunday amalga oshiriladiki, bunda ta’limning kunduzgi shakli zarur 
boʻlmaydi. Barcha oʻqitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda oʻqitishda 
hududiy markazlar boʻlib, ularda talabalar oʻqituvchilardan maslaxatlar olishi yoki 
yakuniy imtihon topshirishlari mumkin. 
Bunday oliygohlarda oʻqituvchilarga ham talabalarga ham oʻquv faoliyatining 
shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va oʻquv jadvallariga qat’iy 
chegaralar qoʻyilmaydi. Bunday tamoyilda oʻqitish Ochiq universitetlarda, masalan, 
BuYuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University - 
http://www.open.ac.uk) da tashkil etilgan. 
Ikkilamchi (Ikkilangan) modeli. Bunday tizimda oliygoh kunduzgi talabalarni 
ham, qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida oʻqitadi. Har ikkalasida ham 
dars jadvallari, oʻqitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil boʻladi. 
Odatda ikkilangan modelni rivojlantirayotgan oliygoh kunduzgi talabalar soni 
masofali oʻqiyotgan talabalar sonidan katta boʻlgan ana’naviy oliygohlardir. Shuning 
uchun bir universitetning oʻzida ikki shaklning birgaligida koʻproq oʻzlarida katta 
oʻquv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan kunduzgi ta’lim olayotgan 
talabalar yutadilar. Bunday oliygohlarda masofali kurslar har doim ham foyda 
keltirmaydi, ba’zan u qisman kunduzgi talabalarni oʻqitish hisobidan amalga 
oshiriladi. Bunday holatlarda asosiy urgu tajribaga, pedagogika va uslubiy 
innovatsiyalar Loyiha ishiiga va boshqalarga beriladi. Masofali oʻqitishning bunday 
modeli Avstraliyaning yangi Angliya universiteti (University of New England
Australia - http://www.une.edu.au) da tashkil etilgan. 




Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling