Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


O‘quv materialini o‘rganishning ko‘pvariantliligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

4. O‘quv materialini o‘rganishning ko‘pvariantliligi. Kompyuterda tasodifiy 
miqdor sonini hosil qilish imkoniyati mavjud. Bu didaktik materiallarning har xilligini 
ta’minlash asosida variantlilikni shakllantirishga imkon beradi. Masalan, takrorlash 
operatorini o‘rganishda takrorlash sarlavhasiga ko‘ra uning tanasi necha marta takror 


14 
bajarilishini aniqlash mumkin. Bunda natija takrorlanish o‘zgaruvchisi boshlang‘ich 
va oxirgi qiymati hamda takrorlanish qadamiga bog‘liq.
5. Ma’lumotlarni bayon qilishning turli-tumanligi. Ma’lumotlarni ekranda 
tasvirlashda ko‘poynali holat
*
ham ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun katta 
imkoniyatlar yaratadi.
II. Texnik talablar.
Masofali oʻqitishning dasturiy vositalari qandaydir rusumli kompyuterga 
mo‘ljallab yaratilar ekan, ma’lum darajada texnik talablarga javob berishi shart. 
Shunday talablar mazmunini ko‘rib chiqamiz. 
1. Dasturning universalligi. Albatta, Masofali oʻqitishning dasturiy vositalarini 
yaratuvchi dasturchilar imkoniyati yuqori bo‘lgan Pentium IV, Pentium V rusumli 
kompyuterlarda ishlaydi va dasturni shunday kompyuterda tuzadi. Biroq 
maktablarning barchasi ham bunday kompyuterlarga ega emas. Shuning uchun dastur 
tuzilayotganda uning kompyuter xususiyatiga to‘la bog‘liq bo‘lmagan holda ishlay 
olishiga ahamiyat berish zarur.
2. Dastur ishining uzluksizligi. O‘quvchi o‘zi uchun notanish vaziyatga 
tushgach, ixtiyoriy tugmachalarni bosadi va bu bilan ekranda qanday o‘zgarish 
bo‘lishini kutadi. Shu bois o‘quvchi kiritgan ma’lumot tezda qayta ishlanishi va unga 
tegishli xabar berilishi lozim.
3. Dastur hajmining chegaralanganligi. Ekrandagi har bir ko‘rinish yoki 
jarayonni turli yo‘llar bilan hosil qilish mumkin. Shu ma’noda matnli, tasvirli, 
tovushli fayllar hajmi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, turli formatdagi 
tasvirlar turlicha sifat va hajmga ega: BMP formatli tasvirlar yuqori sifatli bo‘lsa-da, 
katta hajmga ega. JPEG formatli tasvir sifati BMP formatli tasvir sifatiga yaqin bo‘lib, 
undan qariyb 2 marta kam joy egallaydi. GIF formatli tasvir sifati ancha past 
bo‘lganligi uchun juda kam hajmga ega bo‘ladi. Sababi GIF formatli tasvir 8 
razryadgacha (2
8
=256 xil), JPEG formatli tasvir 24 razryadgacha (2
24
=16777216 xil), 
BMP formatli tasvir 32 razryadgacha (2
32
=4294967296 xil) rangni ishlatish imkoniga 
ega. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling