Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


Kompyuter imkoniyatlaridan unumli foydalanish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

4. Kompyuter imkoniyatlaridan unumli foydalanish. Kompyuterli ta’limning 
muhim afzalliklaridan biri unda interfaol muhit imkoniyatidan keng foydalanishning 
mumkinligi. Televizion o‘quv ko‘rsatuvlari interfaollik muhiti imkoniyatiga ega 
emas. Zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan, jumladan, multimedia 
imkoniyatlaridan to‘la foydalanish interfaol muhitni yaratish imkonini beradi.
5. O‘quvchi va kompyuter muloqoti usullari. O‘quvchi dastur ishining bir 
bosqichidan ikkinchisiga o‘tish uchun ikki usuldan foydalanishi mumkin. Birinchisi 
– piktogrammalarni ishga tushurish orqali tavsiya etilgan holatlardan biror variantini 
tanlaydi. Ikkinchisi - ma’lum tugmacha bosilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yuzaga 
keladi. Muayyan bir holatda o‘quvchiga berilayotgan topshiriq, uni bajarish uchun 
o‘quvchi faoliyatining tarkibi hamda kompyuterning texnik xususiyatlaridan kelib 
chiqib o‘quvchining kompyuter bilan muloqot turi tanlanadi.
6. O‘quvchi uchun ortiqcha ma’lumotlarning berkitilishi. Masofali 
oʻqitishning dasturiy vositalarida o‘quv materialini o‘zlashtirishga yordam 
bermaydigan barcha ma’lumotlarni o‘quvchidan pinhon tutish maqsadga muvofiq. 


15 
Bunday ma’lumotlarga, asosan, bayon qilinayotgan o‘quv materiali mazmunidagi 
mavzuga tegishli bo‘lmagan fikrlar va operatsion tizimning foydalanuvchiga 
beradigan xabarlari kiradi. Birinchi kamchilik o‘quv materialiga pedagogik ishlov 
berishni takomillashtirish asosida bartaraf qilinsa, ikkinchi kamchilik dasturlash 
jarayonida turli holatlarni inobatga olish va dasturni qayta-qayta tajribadan o‘tkazish 
asosida bartaraf qilinadi.
7. Masofali oʻqitishning dasturiy vositalarining hissiy ta’sirchanligi. Masofali 
oʻqitishning dasturiy vositalari ta’lim jarayonida o‘quvchiga ijobiy ta’sir qila olishi 
lozim. Bu jarayonning qiziqarli, samarali kechishi uchun juda muhimdir. Mazkur 
talabning bajarilishi esa ko‘pgina parametrlarga bog‘liq. Ularga tasvir va matnlarning 
o‘lchami, shakli, rangidan tortib turli tovushlarning yoqimliligi, harakatlarning 
jozibadorligi, muloqotning samimiyligi, aniq va hozirjavobligi kabi qator xususiyatlar 
misol bo‘ladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling