Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги
Bolalarda duduqlanishni kelib chiqish sabablari turlari
Download 467.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Lagapet
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB yuzasidan xulosa
- 2.3. Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni tekshirish natijalari
1.2.Bolalarda duduqlanishni kelib chiqish sabablari turlari. Duduqlanish - nutq buzilishlarining murakkab va kо‗p uchraydigan turlaridan biridir. Bu nutq kamchiligida nutq a‘zolari muskullarining tortishishi natijasida nutqning sur‘at va ohangi buziladi, kommunikativ aloqa vositasi izdan chiqadi. Nutq a‘zolari muskullarining ravon ishlay olmasligi, paylarni, muskul tolalarining tortishib qolishi duduqlanishga sabab bо‗ladi. Xorijiy va mamlakatimiz olimlarning ta‘kidlashicha, dunyo bolalarining 2 % ida tutilib gapirish nuqsoni kuzatiladi. Buyuk rus psixiatri I.A.Sikorskiy duduqlanishni ―bolalar kasalligi‖ deb atagan edi, chunki bu kamchilik 2 yosh bilan 5 yosh orasidagi bolalarda nisbatan kо‗proq uchraydi. Bu davrda bolada nutq jarayoni juda shiddat bilan shakllanadi. Hozirgi davrda duduqlanish belgilari bir biriga bogliq bо‗lgan 2 ta guruhga ya‘ni fiziologik va psixik guruhga ajratiladi. Fiziologik belgilarga: nutqning hosil bо‗lishida ishtirok etuvchi a‘zolarning tortishishi, markaziy nerv sistema va jismoniy salomatlikning bо‗shligi, zaifligi, umumiy gavda va nutq harakatlarining buzilishi kiradi. Psixik belgilarga: nutqda tutilish, his xayajon buzilishi, logofobiyalar, hayajonlanish, vohima, alamzadalik, umumiy zо‗riqish, uyquda chо‗chib ketish, yuzaki uyqu yuz beradi. Nutq xosil bо‗lishida muskul tortishishi duduqlanishning tashqi belgisi hisoblanadi. Aslida muskul tortishishi 3 xil bо‗ladi: klonik, tonik va aralash. Klonik muskul tortishish vaqtida tovush, bо‗g‗in yoki sо‗z bir necha marotaba takrorlanadi (a-a-asal , qa-qa-qa-qalam, tosh-tosh-tosh) Tonik muskul tortishish vaqtida esa sо‗z boshida tо‗xtalish rо‗y beradi va tutilib gapiruvchi bir
tovushdan,bо‗g‗indan va sо‗zdan 2chi tovushga, bо‗g‗inga va sо‗zga о‗tolmaydi, uzoq tо‗xtalib qoladi (….a....sal, q….alam, ….t….osh). Uchinchi turi aralash klonotonik yoki tonoklonik muskul tortishishi kuzatiladi. Tortishish nutqning u yoki bu organlari: nafas olish, ovoz paychalari yoki artikulyatsion apparatda rо‗y beradi. Nafas olish buzilishi bilan bog‗liq duduqlaniish 3 ta shaklga ajraladi: ekspirator , insperator va resperator. Ekspirator shakli (nafas chiqarish jarayonida tortishish); Insperator shakli (nafas olish jarayonida tortishish,ba‘zida xirillash bilan); Resperator shakli (nafas olish va nafas chiqarish vaqtida sо‗zlarning bо‗linishi bilan). Ovoz paychalaridagi tortishishning bolalarga xos belgisi: sukut saqlash; shivirlash; unlilarni chо‗zib talaffuz qilishi. Artikulyatsion apparatdagi tortishish о‗rni ( lab, til, yumshoq tanglay ). Ular kо‗pincha portlovchi undosh tovushlar ( k,q,p,b,t,d,g,g‗ ) ni talaffuz qilishda yaqqol seziladi. Tovushning fonetik xususiyati, grammatik qurilishning xususiyati, grammatik qurilishning buzilishi ham tortishishga sabab bо‗ladi. Tortishishga kayfiyat, atrofdagi muhitning ham ta‘siri katta. Bola о‗ziga tanish bо‗lgan she‘rni aytishda ,tanigan odamlari orasida kamroq tutiladi. Duduqlanadigan bolalarning hayajonli nutqida fonetik - fonematik va leksik grammatik buzilishlar kо‗zga tashlanadi. Chunonchi, duduqlanadigan bolalardagi fonetik-fonematik buzilishlar 66,7%ni tashkil qiladi, 34%ni lug‗at boyligi kam, grammatik tuzilishi shakllanmagan bolalar tashkil etadi. Nutq asoslanmagan pauzalar, qaytariqlar bilan uzilib - uzilib chiqadi, jarangdorlik,talaffuz sur‘ati, tovush balandligi duduqlanuvchining emotsional holati bilan bog‗liqligi tadqiqotchilar tomonidan kо‗rsatib о‗tilgan, shuningdek,
о‗z nuqsoniga bо‗lgan e‘tibori nuqsonni kuchaytirishda omil bо‗lishini qayd qilishgan. Nutqida bolalarda zaiflik, qо‗rqoqlik, tortinchoqlik, ta‘sirchanlik va shu kabilar vujudga keladi. Bola о‗sadigan va tarbiyalanadigan ijtimoiy muhitning yaxshi va yomonligiga bog‗liq holda ruhiy kо‗rinishlar turli darajalarda bо‗lishi, shaxsning ruhiy holatiga о‗tishi, mustahkamlanishi mumkin.
Nutqdagi qiyinchiliklarni niqoblashga bо‗lgan urunishlar duduqlanadigan kishilarda turli xil hiylalar ( qо‗l, oyoq , tana , bosh bilan harakat qilish , til uchi , pastki labni tishlash ,chapillatish , tovushlarni ovoz chiqarmay artikulyatsiyalash )ni qо‗llash bilan namoyon bо‗ladi. Duduqlanishning kechish og‗ir yengilligiga qarab 3 darajaga bо‗linadi: Yengil daraja tez gapirishda, asabiy xolatda duduqlanadi, tezda о‗tib ketadi; О‗rta daraja tinch, vazmin xolatda ham duduqlanadi, his hayajonli vaqtda kuchli duduqlanadi; Og‗ir daraja butun nutqi davomida duduqlanadi. Bolalarda uchraydigan duduqlanish belgilari, ularning kechishi - bu nutq nuqsonini keltirib chiqaruvchi sabablarga bog‗liqdir. Tadqiqotlarda duduqlanish markaziy nerv sistemaning jarohatlanishi natijasida kelib chiqadigan nevroz holatidir degan fikrlar ilgari surilgan. Tibbiyot sohasida duduqlanishni logonevroz atamasi bilan ifodalanadi. Hozirgi vaqtda duduqlanish sabablarni 2 guruhga: moyillik sabab (negizga) va keltirib chiqaruvchi sabab (turtkiga) ajratish mumkin . Moyillik sabablariga quyidagilar kiradi: Ota – onalarning nevropatik kasallanishi; Duduqlanuvchining о‗zidagi nevropatik xususiyatlar (tunggi qо‗rquv, enurez, kuchli qо‗zgaluvchanlik, xis hayajonli zо‗riqish); Konstitusional moyillik (oliy nerv faoliyagining juda ham nozikligi,
vegetativ nerv sistemasining juda ham nozikligi); Nasliy buzilish (nutq apparatining tug‗ma zaifligi); Bosh miyaning ona qornida va tug‗ilish vaqtidagi jarohatlanishi, asfiksiya, yuqumli kasalliklar hamda boshqa jarohatli buzilishlar. Ushbu kо‗rsatilgan sabablar bolaning jismoniy va ruhiy tomondan rivojlanishida turli xil nuqsonlarni keltirib chiqarishga, nutq rivojlanishining zaiflashuviga va duduqlanishni kelib chiqishiga imkon beradi. Duduqlanishni keltirib chiqaruvchi sabablarga: Anatomik fiziologik sabablar (ensefalit, miyaning chayqalishi, zaharlanish, qizamiq, kо‗kyо‗tal, nutq apparatining tо‗liq rivojlanmaganligi); Ruhiy va ijtimoiy sabablar, birlahzalik ruhiy shikast (qо‗rquv, vahimaga tushish), notо‗g‗ri tarbiya (tantiqlik, qattiqqо‗llik, tez gapirish, ota onalarning notekis nutqi, kichik yoshli bolalarni haddan ortiq nutq materiallari bilan zо‗riqtirish).
Duduqlanish muammosini nutq buzulishlari haqidagi ta‘limotning rivojlanishi tarixida eng qadimiylaridan biri hisoblanadi. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish fanning rivojlanishi va mualliflarning nutq buzilishlariga qanday nuqtai nazardan yondashganliklari darajasi bilan bog‗liqdir. Qadimgi davrlarda duduqlanishni kо‗proq bosh miyada namlikning tо‗planib qolishi (Gippokrat) yoki artikulyatsion apparat qismlarining о‗zaro notо‗g‗ri munosabati (Aristolel) bilan bog‗liq holdagi kasallik deb qarashgan. Duduqlanish paytida nutq apparatining markaziy yoki periferik (sirtqi) bо‗limlarida buzilish bо‗lishi mumkinligini Galen, Sels va Ibn Sino e‘tirof etdilar. Duduqlanish - nutq nuqsoni bо‗lib, asosan nutq apparati muskullarining ravon ishlay olmasligi paylari, tolalarining tortishib qolishi natijasida kelib chiqadi. Chet el va о‗zbek olimlarining ta‘kidlashicha dunyo bolalarining 2 % ida
duduqlanish ya‘ni tutilib gapirish kuzatiladi. Yuqoridagi olimlarning fikrlaridan kelib chiqqan holda, turli xil sababalar natijasida namoyon bо‗lishi aniqlangan. Hozirgi davrga qadar tadqiqotchilar duduqlanish mexanizmini na faqat tibbiy na fiziologik jihatdan, balki neyrofiziologik, psixologik, psixolingvistik nutqtai nazarlardan ham о‗rganishga о‗rinishmoqda. Nutq faoliyatini tashkil etishda duduqlanishni neyrofiziologik jihatdan tekshirilishi qiziqish uyg‗otayotir. Olimlar duduqlanishni kelib chiqish sababalarini turli omillar natijasidan deb о‗rganishmoqda.
II BOB. Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirish usullari. 2.1. Duduqlanuvchi bolalarni kо„rikdan о„tkazish. Logopedik nuqtai nazaridan xulosa chiqarish jarayonida quyidagilar hisobga olinadi: duduqlanish shakli (tonik, klonik, aralash), tortishish turlari (nafas olish va chiqarishdagi, tovushli, talaffuzli, aralash), duduqlanish darajasi (yengil, о‗rtacha, og‗ir), nutq sur‘ati (sekinlashgan, jadallashgan, tez gapirish, taxilaliyaning borligi), duduqlanish bilan birga keladigan dislaliya, dizartriyaning yengil shakli, nutqning umumiy rivojlanmay qolishi, harakatlantiruvchi vositalar faoliyatining holati, duduqlanish ruhiy alomatlarinint bor-yо‗qligi va ifodaliligi: nutqdan chuchish (logofobiya), harakatlantiruvchi kuch va nutqdagi xiylalar, embolofraziya, nutq uslubining о‗zgarishi va boshqalar, duduqlanish jarayonidagi hayajonlanishning bor- yо‗qligi, hayajonlanishga nisbatan munosabat. Nutq jarayoniga e‘tiborni jalb etish va uning duduqlanishga ta‘siri, murakkab nutq jarayonining duduqlanishga ta‘siri, duduqlanuvchining xususiy-ruxiy jihatlari, о‗yinli faoliyatning xususiyati, о‗quv faoliyatiga munosabat, duduqlanishini keltirib chiqaradigan vaziyatlar doirasi. Logopedik xulosa tabaqalashtirib aniqlashni amalga oshirishga va duduqlanishni boshqa nutqiy zaiflashuvlardan (taxilaliya, dizartriya, fiziologii xarakterdagi nuqsondan) ajratib olishga, shuningdek duduqlanishning turli shakllarini bir-biridan farqlashga imkoniyat yaratadi. Duduqlanuvchiniat atroflicha о‗rganish ma‘lumotlari uning tabiatini aniqlashga imkon beradi. Duduqlanishning turlicha kо‗rinishlari, uning ruhiy xususiyatlarining mavjudligi va har bir duduqlanuvchining xulq-atvori barcha guruh bilan bosqichma- bosqich logopedni ish olib borish sharoitida har bir duduqlanuvchi bilan alohida logopedik ish olib borishning vositalari, usullari va yо‗nalishlaridagi muhim jihatlarni ham belgilaydi.
Duduqlanishni bartaraf qilishni oldindan aytish kо‗pgina shart-sharoitlarga, birinchi navbatda uning mexanizmlariga, atroflicha ta‘sir kо‗rsatishning boshlanish muddati va undan tо‗liq qо‗llanilishiga, yosh xususiyati va hokazolarga borliqdir. Yosh qanchalik kichik bо‗lsa, umumiy xatti-harakat qanchalik faol va dadil bо‗lsa, nutq a‘zolarining qanchalik ham bо‗limlari tortishgan va tortishishning о‗zi ham nechog‗li zaif bо‗lsa, ruhiy buzilishlar qanchalik kam bо‗lsa, oldindan aniqlash shunchalik ijobiy bо‗ladi. Tug‗ma xastalik yoki neyropatiya oqibatida rivojlanadigan, shuningdek tashqi ta‘sirlarsiz paydo bо‗lgan duduqlanishni oldindan aytish yaxshi samara beravermaydi. Bu yerda aksariyat hollarda qaytalanish bо‗ladi. Tovush tortishishlaridan kо‗ra nafas olishdagi tortishishlar tezroq о‗tib ketadi, tonik shaklga nisbatan klonik shakl yengil bartaraf bо‗ladi chunki klonik tortishishlar miya qobig‗ini qо‗zg‗atish uchun xosdir. Binobarin, tonik tortishishga nisbatan ularga II signal sistemasi orqali ta‘sir etish yengil kechadi, tonik tortishishlarda ham miya kobig‗ini qо‗zg‗atuvchilari bо‗ladi, ularga ta‘sir kо‗rsatish qiyin kechadi. Oldindan aytish ma‘lum miqdorda bolaning shaxsiga, logopedning shaxsi va uning mahoratiga bog‗liq bо‗ladi. 2—4 yosh juda qulay hisoblanadi (qulay shart-sharoitlarni yaratish oson ketadi, bunda duduqlanishning hosil bо‗lgan muddati ham kam bо‗ladi). 10—16 yosh, pubertat bosqichi eng qulay muddat hisoblanadi (ruhiy jihatdan kо‗ngilning nozikligi, erkinlikka, mustaqillikka intilish, odamovilik va shaxsning boshqa salbiy xususiyatlari). Yо‗qolib ketgan duduqlanishlar kо‗pincha yashirin holda saqlanadi va noxush shart-sharoitlarning yuzaga kelish paytida qaytalanishga tayyor turadi. Kо‗p hollarda duduqlanuvchilarning yaxshi sotsial sharoitdagi nuqsonlarini oldindan aytish mumkin bо‗ladi. Bizning mamlakatimizda duduqlanishning oldini olish yuzasidan keng va har tomonlama ishlar olib boriladi. Dastlab bunday ish bola tug‗ilishidan oldin ota-onalar bilan olib boriladi. Bunda bola tug‗ilganidan sо‗ng unga salbiy ta‘sir kо‗rsatishi mumkin bо‗lgan omillardan ogohlantirishni (boshni lat yeyishidan saqlash, burun-
halqumni tartibli saqlash og‗iz bо‗shlig‗iga zarar yetkazmaslik, surunkali kasalliklarga yо‗l qо‗ymaslik, о‗z vaqtida davolanish, adenoidlar kо‗payishini bartaraf etishni) maqsad qilib qо‗yiladi. Og‗zaki nutq taqlid qilish orqali rivojlanishi sababli bola uchun duduqlanuvchi, taxilaliyali, gap orasida tug‗iladigan va boshqa nutqiy nuksonli shaxslar yomon ta‘syr kо‗rsatishi mumkin. Bolalarning muloqotga bо‗lgan о‗rinishlarini rag‗batlantirish, lekin haddan ortiq og‗ir nutqdan saqlash tavsiya etiladi. Asabiylanishga moyil bо‗lgan bolalar uchun juda tinch sharoig yaratish: nutqiy muloqot va shovqinln о‗yinlarni cheklash, yangi о‗yinchoqlar berib о‗rgatmaslik, ular atrofida kо‗pchilikning tо‗planishiga yо‗l qо‗ymaslik zarur. Bola maktabga borgan paytda duduqlanish paydo bо‗lishi yoki uning yangidan qaytalanishi mumkin. Shuning uchun maktabda о‗qish yillarida ham duduqlanishni oldini olish zarur. Bolalarni tо‗satdan chaqirmaslik va ularni tezda javob qaytarishga majbur qilmaslik sinfda, duduqlanuvchi atrofida yaxshi muhitni tashkil etish; ota- onalar, muallimlar va boshqalarga logopedik bilimlar berish tavsiya etiladi. Lubertat davrida о‗smirning asab sistemasi holatiga, uning atrofdagilar bilan о‗zaro munosabatiga; о‗zini shaxe sifatida namoyon etishdagi о‗xshash usullar va hokazolarga e‘tibor beriladi. О‗smirning asab-ruhiy holatidagi turli xil chetga chiqishlar, asab faoliyatidagi, hisobiy-irodaviy sohada zо‗riqish, о‗ziga notо‗g‗ri baho berish, shaxsda salbiy xususiyatlarning kо‗payib ketishi duduqlanish paydo bо‗lishi yoki uning qaytalanishiga sabab bо‗lishi mumkin. Ana shu sabablardan kelib chiqib, duduqlanishning qaytalanishini oldini olishga alohida e‘tibor berish maqsadga muvofiqdir. Duduqlanishning qaytalanishida quyidagi sabablarni kо‗rsatish mumkin: yomon sotsial-maishiy shart-sharoitlar (asabiylashish holati, bola bilan qо‗pol muomalada bо‗lish, о‗qish, qо‗shimcha mashg‗ulot va ish bilan asab sistemasini haddan ortiq charchatib qо‗yish, ruhiy zо‗riqish); logopedik mashg‗ulotlar jarayonida muvaffaqiyatlarni yetarlicha puxta mustahkamlamaslik, shifoxonaga joylab davolashning yо‗lga qо‗yilmagani, duduqlanuvchining shaxsi qayta tarbiyalanmasligi; duduqlanish paydo bо‗lgan
zaminni yetarlicha tо‗liq bartaraf etmaslik, bunga misol qilib asabiylashish, his- hayajonlarni bostirish, atrofdagilar bilan asabiy munosabatda bо‗lish, sekin о‗tib ketadigan surunkali kasalliklar va boshqalarni keltirish mumkin; asab sistemasini ishdan chiqaradigan kasalliklar; ruhiy shikastlanish, duduqlanishi yо‗qolgan bolaga atrofdagilarning befarq munosabatda bо‗lishi; faoliyat tartibining, shuningdek uxlash, ovqatlanish, dam olish tartiblarining buzilishi; bartaraf etilmagan, jarohatlantiruvchi, doimiy ta‘sir kо‗rsatuvchi omil, masalan, ota yoki onaning duduqlanishi va hokazolar. Duduqlanish qaytalanishining yuqoridagi va boshqa sabablarini bilgan holda, logoped logopedik mashg‗ulotlar jarayonida ham, ular tugaganidan keyin ham doimiy profilaktik ishlarni olib boradi.
Muloqot kattalar va kattaning ishtirokidagi aniq vaziyat bois yuzaga keladi. U yoki bu harakatlar va predmetlar bois aniq vaziyatda muloqot etish vaziyatli nutq yordamida amalga oshadi. Mazkur nutq biron- bir faoliyat bilan bog‗liq ravishda yoki yangi predmetlar yoki voqea- hodisalar bilan tanishish davomida yuzaga keluvchi savollarni, savollarga javoblarni, ma‘lum talabalarni ifodalaydi. Bolalarda ichki va tashqi nutqning yaxshi rivojlanishi va nutq komponentlarining о‗z vaqtida rivojlanishi bolaning savod о‗rganishida ahamiyati kattadir. Nutq nuqsonlarini tadqiq qilishda nutq rivojlanishini о‗rganishga izchil yondashish qoidalari qо‗llanildi. Bu esa nutqi rivojlanmagan bolalarni maktabga tayyorlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqqan R.YE. Levina, G.V. Chirkina, L.F. Spirova, N.S. Jukova, YE.M. Mastyukovalar ishlarini о‗rganishga imkon berdi. Bu ishlarda nutq muomalasi bolaning tо‗liq ruhiy rivojlanishidagi zarur shartidir. Nutq nuqsoniga ega bо‗lgan bolalarni maxsus ta‘limga tayyorlamay turib, ularda butun til tizimlarini shakllantirish juda qiyin kechadi. Nutq nuqsoniga ega bо‗lgan bolalar nutqini tuzatish, tarbiyalash ishlarini boshlaganda ularni til omillarini, ruhiy faoliyatlarini e‘tiborga olib, bolalarni о‗qitishni ularda mustaqil nutqga ega bо‗lishi
uchun diqqat, xotira, о‗zlarini tuta bilish kо‗nikmalarini tarbiyalash bilan uzviy bog‗lashni nazarda tutadi. Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutni tarbiyalashdan avval bolani kompleks ravishda davolash ishlari olib boriladi. Shundan sо‗ng korreksion ishlar tizimi ketma- ketlikda bola uchun oson, qiyin yoki xayiqib ketmaydigan sо‗zlar orqali muloqotga kirishiladi. Shuningdek duduqlanuvchi bolalarni о‗z о‗rtoqlari, ota-onalari bilan yengil muloqatga kirishib ketishlari logopedik mashg‗ulotlarda mustaqil javob berishlari kuzatiladi. Maxsus maktabgacha ta‘lim muassasasi uchun mо‗ljallangan L.R. Muminovaning ―Tutilib gapiruvchi bolalar‖ uchun metodik qо‗llanmasi asosida duduqlanuvchi bolalar mustaqil nutqini va Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar muloqatini tekshirish metodikasidan foydalangan holda tekshirdik. Tekshirishda biz Chilonzor tumanidagi 368- Maxsus maktabgacha ta‘lim muassasasining duduqlanuvchi 5-6 yoshdagi bolalar guruhida tekshirish ishlarini olib bordik. Quyidagi savollarorqali bolalarda mustaqil nutqini rivojlanganlik darajasi aniqlandi. 1.
―Bizning oilamiz‖ mazusida gapirib ber!. Bunda bolaga ―Bizning oilamiz‖ haqidagi rasm kо‗rsatildi, rasmga qarab bola о‗z oila azolarini gapirib berish sо‗raldi. 2.
О‗zing bilgan sherni aytib ber!. Boladan bog‗chada va uyda о‗rgangan sherlarini aytib berish taklif qilindi. 3. Bolaga telefonda ota-onasi yoki о‗rtog‗i, yaqinlari bilan mustaqil suhbatlashish taklif qilindi. Boladan eng yaqin о‗rtog‗ing kim?, о‗rtog‗ingdan nima sо‗raysan?, uning oti nima?, telefonda qanday gaplashasan?, kimlar bilan hozir gaplashishni hoxlaysan? kabi savollarga duduqlanuvchi bolaning mustaqil javob berishi sо‗raldi. 4. Mashg‗ulotlarda bolaning logoped savollariga mustaqil javob berishlari har kungi uy vazifalarini qanday bajarib kelishi, mashg‗ulotlarda nimalarni о‗rganganligi sо‗raldi.
5. О‗zi bilgan ertaklarni aytib berish taklif qilindi. Boladan avval qaysi ertaklarni bilishi sо‗raldi. (―Sholg‗om‖, ―Bо‗g‗irsoq‖, ―Echki bolalari‖ ertaklari). Bolalarga shu xaqda ertaklar kitobi kо‗rsatildi, kitoblarni rasmiga qarab mustaqil gapirib berish sо‗raldi. 6. Bolaning ota-onasi bilan bо‗lgan muloqoti yani ota-onaga vazifalar berildi, shu vazifalar bо‗yicha bolaga savol berdilar, berilgan vazifaga ota-ona bilan bо‗lgan muloqati, yani mustaqil nutqi tekshirib borildi. Yuqoridagi vazifalarni bajarishda bolaning mustaqil nutqini tо‗g‗ridan tо‗g‗ri ikkilanmasdan javob berishlari va muloqatning kechishiga qarab quyidagi mezonlar asosida mustaqil nutqning rivojlanganlik darajasi aniqlandi va baholandi. 1. Mustaqil javob berdi – 5 ball. 2. Logoped yordamida javob berdi – 4 ball 3. Javob berishdan voz kechdi – 3 ball
Biz duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqini logopedik tekshirish orqali kamchilikni bartaraf etish uchun ularning nutqini tekshirib bо‗lgandan sо‗ng quyidagi savolnomalarda tekshirish natijalarga erishdik. Tekshirish III bosqichda olib borildi. 1.Bosqichda bolalar tarbiyalanayotgan guruh logopedlari tarbiyachi, ota onalar bilan suxbatni olib bordik. Biz bolalarni rivojlanishini va xujjatlarini о‗rgandik. 2.Bosqichda duduqlanuvchi bolalarning mustaqil nutqini oldindan tayyorlangan vazifalari orqali tekshirdik. 3.Bosqichda tekshirish natijalarini jadvallarda ifodaladik (tavsiyalar berdik). Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlanganlik darajasini tekshirish natijalari orqali quyidagilarni aniqladik: 1-vazifa bо‗yicha 10 ta (100%) bolalardan ―Bizning oilamiz‖ haqida mustaqil sо‗zlab berishda, mustaqil javob bergan 3 ta (30%) bolalar bо‗ldi, logoped
yordamiga tayangan holda 5 ta (50%) bolani tashkil etdi, javob berishdan voz kechgan bolalar 2 ta (20%) bо‗ldi. 2-vazifa bо‗yicha 10 ta (100%) bolalardan mustaqil 4 ta (40%) bola javob berdi, 6 ta (60%) bola logoped yordamida javob bergan bо‗lsa, 2 ta (20%) bola javob berishdan voz kechdi. 3- vazifa bо‗yicha 10 ta (100%) boladan mustaqil 5 ta (50%) bola telefon orqali mustaqil muloqot qila oldi, logoped yordamida 4 ta (40%) bola telefonda gaplasha oldi, 1 ta (10%) bola mustaqil muloqotdan bajarishdan voz kechdi. 4-vazifa bо‗yicha 10 ta (100%) boladan 3ta (30%) bola mashg‗ulotlarda logoped vazifalariga mustaqil javob berdi, logoped yordamida 6 ta (60%) bola mustaqil nutqdan foydalandi. 2 ta (20%) bola mashg‗ulotda mustaqil gapirib berishdan voz kechdi. 5-vazifa bо‗yicha 10 ta (100%) boladan 4 ta (40%) bola о‗zi bilgan ertakni mustaqil aytib berdi. Logoped yordamida 4 ta (40%) bola о‗z ertagini aytib bera oldi, 2 ta (20%) bola ertak aytishdan voz kechdi. 6-vazifa bо‗yicha 10 ta (100%) duduqlanuvchi bola о‗z ota- onasi bilan muloqatda berilgan savollarga mustaqil 5 ta (50%) bola javob berdi, 3 ta (30%) bola ota-onalar bilan bо‗lgan duduqlanuvchi bolaning suhbatida ishtirok etganda logoped yordamida muloqat qildi. 2 ta (20%) bola ota- onalari bilan mustaqil muloqatdan voz kechdi.
Download 467.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling